Ogohlantirish muddati oʻtish davriga toʻgʻri kelsa, ishdan boʻshatish nafaqasi qaysi kodeks boʻyicha toʻlanadi

Ogohlantirish muddati oʻtish davriga toʻgʻri kelsa, ishdan boʻshatish nafaqasi qaysi kodeks boʻyicha toʻlanadi

ogohlantirish muddati ocabbtish davriga tocabbgcabbri kelsa ishdan bocabbshatish nafaqasi qaysi kodeks bocabbyicha tocabblanadi 660b7ab29e4ee

«Xodimga 2023  yil 10 mart kuni «qisqartirish» munosabati bilan ishdan boʻshatish toʻgʻrisida ogohlantirish berildi. Ogohlantirish muddati 10 may kuni tugaydi. Bu paytda allaqachon хodimning ish stajidan kelib chiqib ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlashda yangi yondashuvni oʻrnatadigan yangi Myehnat kodeksi amal qiladi. Tegishincha, ba’zi хodimlar uchun nafaqa miqdori hozirgisidan  ikki baravar yuqori boʻladi. Biz «qisqartirilayotgan» хodimga ishdan boʻshatish nafaqasini qaysi MK – ogohlantirish paytidagi amaldagi yoki yangisi boʻyicha toʻlashimiz kerakmi? Xodimning tashkilotdagi ish staji 15 yildan koʻp».

 

Savolga «Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

– Yangi Mehnat kodeksi 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradi. Shu sanadan boshlab barcha ish beruvchilar uning qoidalariga rioya qilishlari shart.

 

Yangi Mehnat kodeksining 173-moddasiga muvofiq, ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bogʻliq boʻladi va u:

  • uch yilgacha ish stajiga ega boʻlgan хodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan;
  • uch yildan besh yilgacha ish stajiga ega boʻlgan хodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan;
  • besh yildan oʻn yilgacha ish stajiga ega boʻlgan хodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining yuz foizidan;
  • oʻn yildan oʻn besh yilgacha ish stajiga ega boʻlgan хodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining bir yuz ellik foizidan;
  • oʻn besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan хodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining ikki yuz foizidan kam boʻlishi mumkin emas.

Davomini kadrovik.uz da oʻqing.

 

 

Savollarga javoblar
ishdan boʻshatish nafaqasi qaysi kodeks boʻyicha toʻlanadi, Ogohlantirish muddati oʻtish davriga toʻgʻri kelsa

manba:norma.uz