Og‘iz bo‘shlig‘idan noxush hid kelmasin, desangiz… haqida malumot

Og‘iz bo‘shlig‘idan noxush hid kelmasin, desangiz… haqida malumot

Ba’zan og‘izdan noxush hid keladi. Buning sababini turlicha izohlaymiz. Kimdir ertalab tishning yuvilmagani uchun desa, yana birov ovqatdan so‘ng shunaqa bo‘ladi, deydi. Aslida, nega og‘izdan noxush hid keladi?
Yaxshi davolanmagan kariyes noxush hidni keltirib chiqaradi. Parodontit va gingivit (milklar qonashi, shishi) kasalliklari ham og‘izdan noxush hid taralishiga olib keladi.

ogiz hidlanishi

Og‘izdan noxush hid kelishining yana bir sababi noto‘g‘ri tayyorlangan tish koronkasi (tishning milkdan chiqib turgan qismi, qoplama tish) bo‘lishi ham mumkin. Koronka va milk orasidagi joyda xiltlar to‘planishi oqibatida hid paydo bo‘ladi. Shuningdek, gastrit, oshqozon-yara kasalliklari, yuqori nafas yo‘llari, tanglay bodomchalarining yallig‘lanishi, faringit kabilar ham sababchi  bo‘ladi.

Og‘iz noxush hidini yo‘qotish usullari

Tishingizni yaxshilab tozalang. Ertalab va yotishdan oldin tozalab, tish cho‘tkasini yuvib tanglay, til va lunjlarning ichki qismini arting. Bu bilan og‘iz bo‘shlig‘idagi bakteriyalar ko‘payishining oldini olgan bo‘lasiz.

Tarkibida xlorgeksidin moddasi mavjud tish pastalaridan foydalaning. Chunki u antiseptik ta’sirga ega. Moychechak damlamasida og‘izni chayish ham yaxshi natija beradi.

Ovqat qoldiqlari tish orasiga kirib qolib noxush hid taratmasligi uchun ovqatdan keyin tishni tozalang. Bunda ertalab va kechki paytdagi tish tozalashdan farqli ravishda tish pastasisiz, cho‘tkani suvda ho‘llab tozalasa ham bo‘ladi.

Gastroenterologik kasalliklarda eng kop qo’llaniladigan dori vositalardan biri REBAGITdir:

https://apteka.uz/uz/product/rebagit

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Gastroenterologik kasalliklarda eng kop qo’llaniladigan dori vositalardan biri REBAGITdir:

https://apteka.uz/uz/product/rebagit

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Kasalliklar
desangiz…, Og‘iz bo‘shlig‘idan noxush hid kelmasin