O‘git va nasihatlar haqida
O‘git va nasihatlar haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Biz hech narsani nasihatchalik saxiylik bilan aytib tashlayvermaymiz.
F. LAROShFUKOChavandozlikdan xabari yo‘q odam otni qanday minish haqida maslahat bermaydi. Ammo axloq masalasida biz boshqacharoq ish tutamiz. Bu yerda biz o‘zimizni hamma narsani biladigan va istagan odamga nasihat qilishga qodirmiz, deb hisoblaymiz.
K. GELVESIYO‘zgalarning ishi xususida donolik qilish o‘z shaxsiy ishi-ii eplashga qaraganda ancha osondir.
F. LAROShFUKOAql o‘rgatish va aqlli bo‘lish mutlaqo boshqa-boshqa narsalardir.
G. LIXTENBERGEng qiyini — o‘z ishini anglab yetish, eng osoni — o‘zgalarga nasihat aytish.
FALESBiz chelaklab nasihat aytamizu, ammo o‘zimiz tomchilab qabul qilamiz.
U. OLJEROdamlar hech narsani nasihatdek nafratlanib qabul qilmaydilar.
J. ADDISONNasihat xuddi kunjut yog‘idek yoqimsiz: uni birovga ichirish osonu, ammo o‘zimiz ichishimiz koni azob.
V. ShOUMaslahat so‘rash — bu bir kishi ikkinchisiga ko‘rsatadigan eng yuksak ishonchdir.
F. BEKONBoshga kulfat tushganda kimki noto‘g‘ri maslahat bersa, maslahat berishni istamagani.
SENEKAQuruq javoblar odilona savollarni mahv etadi va aqlni o‘tmaslaydi.
A. I. GERSENSizdan nuqul pul so‘ragan odamga hech qachon maslahat bermang.
P. KALDERONBaxtsizga nasihat berish baxtli odam uchun oson.
ESXILSizdan iltimos qilinmagan ishni o‘zingizdan-o‘zingiz bajarmang.
O. BALZAKO‘zing istagan narsani birovga tirkama; did har kimda har xil.
B. ShOUBarchani o‘z gazi bilan o‘lchash tor aql ko‘chasiga kirishdir.
D. I. PISAREVO‘zgalar oldida berilgan nasihat ta’nadek botadi.
QOBUSYoqimli maslahat berma, yaxshi maslahat ber.
SOLONOsonlik bilan foydalansa bo‘ladigan maslahatgina naflidir.
L. VOVENARGYaxshi maslahat hech qachon kechikib aytilmaydi.
B. JONSONO‘z ustidan g‘olib chiqa oladiganlardangina maslahat so‘ra.
LEONARDO da VINChIBirortasi bilan o‘z ishing yuzasidan maslahatlashmoqchi bo‘lsang, eng avvalo, o‘z ishlarini qanday yo‘lga qo‘yib olganiga e’tibor qil.
ISOKRATYaxshi maslahat kimdan chiqqanining ahamiyati yo‘q.
T. FULLERDushmandan ham o‘rganish mumkin.
M. MONTENDono odam dushmandan ham ko‘p narsa o‘rganadi.
ARISTOFANG‘anim so‘ziga kirish — xatolik, ammo unga teskari ish tutmoq uchun uni tinglamoq darkor. Bu chinakam haq yo‘ldir.
SA’DIYYaxshi maslahatni qabul qilmoq — shaxsiy imkoniyatlarni yanada oshirmoq, degani.
I. GYoTEO‘zini dono hisoblagan odamga aql o‘rgatmoqchi bo‘lgan kishi vaqtini bekor ketkazadi.
DEMOKRITOdamlarning maslahatlashmoqchi bo‘lish odatlarida qanchalar riyokorlik bor! Maslahat so‘rayotgan kishi o‘z do‘stining fikrlariga o‘zini hurmat bilan quloq tutayotgandek ko‘rsatadi, vaholanki, aslida unga kimningdir e’tibori kerak, kimdir uning ishini ma’qullab,o‘sha ishi uchun javobgarlikni ham o‘z zimmasiga olishi kerak.
F. LAROShFUKOOdamning o‘zi istamasa, hech qanday o‘git-nasihatlar unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatolmaydi.
R. ROLLANQaysarga nasihat qilgan kishining o‘zi nasihatga muhtojdir.
SA’DIYAhmoq bilan munozara qish — ko‘rga chiroq yoqqan bilan barobar.
P. BUASTSen aytgan o‘rinli gapning ahmoq qulogiga yetmay qolib ketishi hamma narsadan ham achinarli.
Sh. MONTESKEMaslahatga kirmaydigan odamga yordam bermaslik kerak.
B. FRANKLINTentaklarning ustozi so‘z emas, baxtsizlikdir.
DEMOKRITShunday odamlar borki, ularning qulog‘ini kesib tashlama-guningcha eshitishni istashmaydi.
G. LIXTENBERGTentakka maslahat berish — ko‘rga ko‘zgu tutish bilan baravar.
I. MYuLLERSo‘z ta’sir qilmagan odamga kaltak ham o‘tmaydi.
SUQROTNodon qulog‘iga pand, xuddi qafasda shamol,
Olamning nasihati g‘alvirdagi suv misol.
SA’DIYHar qanday kishi ham o‘zi tushunadigan narsaga quloq soldi.
I. GYoTEBirovga maslahat berish mumkin, ammo uni yaxshi xulqqa o‘rgatib bo‘lmaydi.
F. LAROShFUKOMaslahat beradilaru, ammo uni ishlatish uchun aql berolmaydilar.
F. LAROShFUKOAhmoq beixtiyor yaxshi maslahat berib qolsa, aqlli odam uni bajarishi kerak.
G. LESSINGziyouz.uz
O‘git va nasihatlar haqida