O‘g‘il uchun qisqa ismlar

O‘g‘il uchun qisqa ismlar
ogil uchun qisqa ismlar 65ca8d1aed585

maxresdefault 3

O‘g‘il uchun qisqa ismlar

Mundarija скрыть
O‘g‘il uchun qisqa ismlar
DO`STLARGA ULASHING:
Asad — Asad oyida tug‘ilgan bola yoki Sherdek qudratli, qo‘rqmas, dovyurak bo‘lsin. Arabcha. Anas — do‘st, yo‘ldosh, hamroh yoki shodlik, quvonch. Arabcha. Amir — hokim, hukmron, yo‘lboshchi yoki Amr — hayot, tiriklik. Arabcha. Ali — yuksak, ulug‘, oliy, yuqori martabali. Bu nom Muhammad(s.a.v.) payg‘ambarimizning kuyovi, to‘rtinchi xalifaning ismidir. Arabcha. Afif — pokiza, sahovatli. Arabcha. Avaz — o‘rnini bosuvchi, almashtiruvchi. Arabcha. Akif — g‘ayratli, tirishqoq yoki zohid, darvesh, tarkidunyochi. Ba’zi adabiyotlarda “turg‘un barqaror, mahkam“ deb izohlangani ham uchraydi. Arabcha. Anis — yaqin do‘st, ulfat, hamdam, hamsuhbat. Arabcha. Atif — mehribon, oqko‘ngil; muruvvatli, shafqatli. Arabcha. Vafo — vafoli, sadoqatli, sodiq, ishonchli; ota-onasini qadrlaydigan, hurmat-izzatini o‘rniga qo‘yadigan solih farzand. Arabcha. G‘iyos — yordam, ko‘mak, suyanch; yordamchi, suyanchiq, ishongan tog‘, qo‘llovchi, ko‘maklashuvchi. Arabcha. Diyor — o‘lka, ona yurt, vatan farzandi, diyoriga, eliga vafodor. Vatani uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lsin. Arabcha. Yoqub — izidan boruvchi, sabr-toqatli, dovyurak, jasur. Yahudiycha. Zayd — tuhfa, in’om yoki ko‘payish, qo‘shilish. Arabcha. Ziyo — nurli, yorqin yoki baxtli, tolei baland. Shakillari (Ziyovuddin, Ziyoali, Ziyodulloh). Arabcha. Ilyos — Allohning kuchi, qudrati yoki xalqlarning sevimligi, kishilarni qadrlovchi, e’zozlovchi odam. Obihayot ichib, Hizr kabi mangu tirik deb faraz qilinadigan payg‘ambarning nomi. Quruqda Hizr bo‘lsa, suvda Ilyos kishilarning madadkori, hamrohi deb hisoblangan. Arabcha. Obid — toat-ibodat qiluvchi, taqvodor, dindor, Allohga sig‘inuvchi, unga ibodat qiluvchi, osiy bo‘lmagan mo‘min banda. Arabcha. Odil — haqgo‘y, adolatli, insofli, to‘g‘ri, halol, pokdomon, egrilikni bilmaydigan, odil. Arabcha. Ozod — erkin, hur, ozod, xursand, baxtiyor yoki ulug‘, salobatli; kasalliklardan holi. Fors-tojikcha. Olim — bilimli, aqlli, donishmand, ziyoli, farosatli, dono, bilguvchi, xabardor, ilm sohibi. Arabcha. Orif — ma’rifatli, dono, ilmli, ziyoli, Allohni tanigan xudojo‘y, taqvodor, itoatgo‘y mo‘min. Arabcha. Oqil — aqlli, fahm-farosatli, zukko, dono bola. Shakllari: Oqiljon, Oqilxon, Oqilbek. Arabcha. Omad — omadli, baxt-saodatli, tol’ei, mavqei baland, yuqori martabali bo‘lsin ma’nosida qo‘yiladi. Arabcha. Raif — mehribon, shafqatli, rahmdil. Arabcha. Rauf — rahmdil, yumshoq ko‘ngilli; oliyhimmat, saxiy. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir. Sol: Abdurauf. Arabcha. Safo — tiniq, pokiza, ozoda yoki beg‘am, osoyishta; baxtiyor, rohat-farog‘atli; Ka’batullohdagi Safo — Marva tog‘i sharafiga ham qo‘yilgan. Arabcha. Said — baxtli, saodatli, omadli, intiluvchan, iqboli porloq, kamolga yetuvchi. Arabcha. Umid — orzu qilingan, umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan bola. Arabcha. Umar — mangu barhayot, yashaydigan. Bu nom Umar ibn Hattobning ismi bo‘lib, “choryorlar“ deb ataluvchi 4 halifaning ikkinchisidir. Bu ism ba’zi manbalarda “ziyoratchi, hoji“ deb ham talqin etiladi. Arabcha. Xoji — ziyoratchi, sig‘inuvchi, Hajga borgan, Ka’bani (Makkada) ziyorat qilgan shaxs. Arabcha. Elyor — elning dusti, hamdami, vatanparvar. O‘zbekcha, fors-tojikcha. Yunus — Iona, Ionis — kabutar. Shuningdek, Yunus payg‘ambarning ismlari. Yahudiycha. Yusuf — qadimiy yahudiycha nom Iosifning (Yaqub payg‘ambar o‘g‘li) arabcha shakli. Ma’nosi: o‘sgan, ko‘paygan. Yusuf nomi sharqda go‘zallik, hushro‘ylik timsolidir. Yusuf payg‘ambarning ismlari. Arabcha, yahudiycha. Yaxyo — sahiy, muruvvatli, ochiq qo‘l, bag‘ri keng; yashovchi, barhayot, hayotiy yoki hushxulq, insonga do‘st. Payg‘ambarlardan birining ismi. Yahudiycha.

DO`STLARGA ULASHING:

O‘g‘il uchun
(Xarflar soni 4 dan ko‘p bo‘lmagan ismlar tuplami)
Asad — Asad oyida tug‘ilgan bola yoki Sherdek qudratli, qo‘rqmas, dovyurak bo‘lsin. Arabcha.
Anas — do‘st, yo‘ldosh, hamroh yoki shodlik, quvonch. Arabcha.
Amir — hokim, hukmron, yo‘lboshchi yoki Amr — hayot, tiriklik. Arabcha.
Ali — yuksak, ulug‘, oliy, yuqori martabali. Bu nom Muhammad(s.a.v.) payg‘ambarimizning kuyovi, to‘rtinchi xalifaning ismidir. Arabcha.
Afif — pokiza, sahovatli. Arabcha.
Avaz — o‘rnini bosuvchi, almashtiruvchi. Arabcha.
Akif — g‘ayratli, tirishqoq yoki zohid, darvesh, tarkidunyochi. Ba’zi adabiyotlarda “turg‘un barqaror, mahkam“ deb izohlangani ham uchraydi. Arabcha.
Anis — yaqin do‘st, ulfat, hamdam, hamsuhbat. Arabcha.
Atif — mehribon, oqko‘ngil; muruvvatli, shafqatli. Arabcha.
Vafo — vafoli, sadoqatli, sodiq, ishonchli; ota-onasini qadrlaydigan, hurmat-izzatini o‘rniga qo‘yadigan solih farzand. Arabcha.
G‘iyos — yordam, ko‘mak, suyanch; yordamchi, suyanchiq, ishongan tog‘, qo‘llovchi, ko‘maklashuvchi. Arabcha.
Diyor — o‘lka, ona yurt, vatan farzandi, diyoriga, eliga vafodor. Vatani uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lsin. Arabcha.
Yoqub — izidan boruvchi, sabr-toqatli, dovyurak, jasur. Yahudiycha.
Zayd — tuhfa, in’om yoki ko‘payish, qo‘shilish. Arabcha.
Ziyo — nurli, yorqin yoki baxtli, tolei baland. Shakillari (Ziyovuddin, Ziyoali, Ziyodulloh). Arabcha.
Ilyos — Allohning kuchi, qudrati yoki xalqlarning sevimligi, kishilarni qadrlovchi, e’zozlovchi odam. Obihayot ichib, Hizr kabi mangu tirik deb faraz qilinadigan payg‘ambarning nomi. Quruqda Hizr bo‘lsa, suvda Ilyos kishilarning madadkori, hamrohi deb hisoblangan. Arabcha.
Obid — toat-ibodat qiluvchi, taqvodor, dindor, Allohga sig‘inuvchi, unga ibodat qiluvchi, osiy bo‘lmagan mo‘min banda. Arabcha.
Odil — haqgo‘y, adolatli, insofli, to‘g‘ri, halol, pokdomon, egrilikni bilmaydigan, odil. Arabcha.
Ozod — erkin, hur, ozod, xursand, baxtiyor yoki ulug‘, salobatli; kasalliklardan holi. Fors-tojikcha.
Olim — bilimli, aqlli, donishmand, ziyoli, farosatli, dono, bilguvchi, xabardor, ilm sohibi. Arabcha.
Orif — ma’rifatli, dono, ilmli, ziyoli, Allohni tanigan xudojo‘y, taqvodor, itoatgo‘y mo‘min. Arabcha.
Oqil — aqlli, fahm-farosatli, zukko, dono bola. Shakllari: Oqiljon, Oqilxon, Oqilbek. Arabcha.
Omad — omadli, baxt-saodatli, tol’ei, mavqei baland, yuqori martabali bo‘lsin ma’nosida qo‘yiladi. Arabcha.
Raif — mehribon, shafqatli, rahmdil. Arabcha.
Rauf — rahmdil, yumshoq ko‘ngilli; oliyhimmat, saxiy. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir. Sol: Abdurauf. Arabcha.
Safo — tiniq, pokiza, ozoda yoki beg‘am, osoyishta; baxtiyor, rohat-farog‘atli; Ka’batullohdagi Safo — Marva tog‘i sharafiga ham qo‘yilgan. Arabcha.
Said — baxtli, saodatli, omadli, intiluvchan, iqboli porloq, kamolga yetuvchi. Arabcha.
Umid — orzu qilingan, umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan bola. Arabcha.
Umar — mangu barhayot, yashaydigan. Bu nom Umar ibn Hattobning ismi bo‘lib, “choryorlar“ deb ataluvchi 4 halifaning ikkinchisidir. Bu ism ba’zi manbalarda “ziyoratchi, hoji“ deb ham talqin etiladi. Arabcha.
Xoji — ziyoratchi, sig‘inuvchi, Hajga borgan, Ka’bani (Makkada) ziyorat qilgan shaxs. Arabcha.
Elyor — elning dusti, hamdami, vatanparvar. O‘zbekcha, fors-tojikcha.
Yunus — Iona, Ionis — kabutar. Shuningdek, Yunus payg‘ambarning ismlari. Yahudiycha.
Yusuf — qadimiy yahudiycha nom Iosifning (Yaqub payg‘ambar o‘g‘li) arabcha shakli. Ma’nosi: o‘sgan, ko‘paygan. Yusuf nomi sharqda go‘zallik, hushro‘ylik timsolidir. Yusuf payg‘ambarning ismlari. Arabcha, yahudiycha.
Yaxyo — sahiy, muruvvatli, ochiq qo‘l, bag‘ri keng; yashovchi, barhayot, hayotiy yoki hushxulq, insonga do‘st. Payg‘ambarlardan birining ismi. Yahudiycha.

O‘g‘il uchun qisqa ismlar