O’g’il homila belgilari to’liq malumot oling
Ota-onalar ko’pincha homila o’g’ilmi qizmi oldindan bilishni yoki taxmin qilishni istaydilar.
Homila o’g’il yoki qizligini bilish uchun eng oson, zarasiz, ishonchli, lekin shunda ham 100% bo’lmagan usul Ultra Tovushli Diagnostikadir(UTD). U homiladorlikning kamida 12 haftasidan so’ng amalga oshirilsa, homilani jinsini nisbatan aniqroq ko’rsatishi mumkin. Lekin amaliyotda Ultra tovushli diagnostika (UZD, UTD) ham adashgan holatlari yo’q emas.
Qanday qilib homilani jinsini vaqtli bilish mumkin? Bu borada, ayollar kasalliklari, psixologiyasi, endokrinologiya va menopauza bo’yicha mutaxassi Anna Klepchukova javoblarini taqdim etamiz.
1. Ultra tovushli diagnostika.
Ushbu apparat suratlari orqali shifokorlar quyidagi belgilarga qarab homilani o’g’il yoki qizligini aniqlaydilar:
Suratda o’g’il bolaning jisniy a’zosi-penisi yaqqol namoyon bo’ladi;
Gamburger siri, bunda UTD suratida homilaning jinsiy a’zolari 3 chiziq (gamburger shaklida) bilan namoyon bo’ladi;
Tashbaqa omili, bunda homilaning tuxumlari ortidan kichik boshcha chiqib turgandek ko’rinadi. Bu o’g’il bola rivojlanayotganidan dalolat beradi.
2. Homila oldi suvi tekshiruvi.
Homila oldi suvini tahlil qilgan holda qilinadigan analiz. Bunda homila oldi suvining bir parchasi tekshiriladi. Bu jiddiy tekshiruv homilani jinsini bilish uchun emas, balki tug’ma nuqsonlar va irsiy kasalliklarni aniqlash uchun qo’llaniladi. Unda talab etilsa bolaning jinsi ham aniqlanishi mumkin. Ba’zi irsiy kasalliklar faqat bir jinsga o’tishini inobatga olib, homila o’g’il yoki qiz ekanligini bilish uni oldirish yoki qoldirish bo’yicha qaror qilishda kerak bo’ladi. Homila oldi suvi orqali qilinadigan analiz homilaga xavf tug’diradi. Faqatgina jinsni aniqlash uchun bo’ yo’l qo’llanilmaydi.
3. Genetik tahlil.
Ba’zi irsiy kasalliklarni rivojlanishini va avloddan avlodga o’tishini oldini olish maqsadida qilinadigan analiz. Bu analiz ayolda xromosom nuqsonlar mavjud bo’lganida amalga oshiriladi. Unda ham bolaning jinsini(homiladorlikning 10-chi haftasida) aniqlash mumkin.
Homilani jinsini aniqlashning ba’zi usullarini bunga tibbiy ehtiyoj mavjud bo’lmaganida qo’llash qonuniy tarzda ta’qiqlangan.
4. Ramzi usuli.
Bu usulga ko’ra homiladorlikning 6-haftasidanoq homila o’g’ilmi qizmi bilish mumkin. Buning uchun yo’ldoshning joylashuvi tekshiriladi. Agar yo’ldosh o’ng tarafda bo’lsa, homila o’g’il bo’ladi, chap tarafda bo’lsa, qiz bo’lishi ta’kidlanadi.
Internetda keng tarqalgan homilani jinsini aniqlash testlarini o’yin sifatidagina qabul qilinishi mumkin. Ularning natijasi 50/50 ehtimollikni ko’rsatadi.
Homilani jinsini aniqlash qanchalik ishonchli?
Hozirgi kunga qadar homilani jinsini oldindan aniqlashning 100% ishonchli va shu bilan bir qatorda xavfsiz va oson uslubi mavjud emas. Haligacha xato natijalar yuz beradi.
Eng ko’p xato egizaklarning jinsini aniqlashda namoyon bo’ladi.
https://salomatlik.net/
Boshqa mavzular
O’g’il homila belgilari