O‘g‘il bolalar salomatligiga doir 3 muhim qoida! haqida to’liq ma’lumot oling
O‘g‘il bolalar salomatligiga doir 3 muhim qoida!
🔥 Jinsiy a’zolarni isib ketishdan asrang. Farzandlarimiz tug‘ilganidan to 2 yoshga to‘lguniga qadar kun-u tun pampersda yurishadi. Onalar uchun qanchalik qulay bo‘lmasin, vaqtida almashtirilmagan taglik jinsiy a’zolarning qizishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa balanopostit (moyaklarning yallig‘lanishi) va enurez (siyg‘oqlik)ga sabab bo‘ladi.
🧼 Gigiyenaga rioya qiling. Agar ona bolaning a’zosini bir kunda 3-4 martagacha iliq suvda sovunlab yuvmasa, jinsiy a’zo uchini yopib turuvchi teri ostida zararli bakteriyalar yig‘ilib, u yerda kuchli yallig‘lanish ro‘y beradi. Bu esa bir qator siydik yo‘llari kasalliklariga turtki bo‘ladi hamda kelajakda bolaning nasl qoldirish qobiliyatiga ta’sir qiladi.
🩳 Tor kiyimlar kiydirmang. Bu, ayniqsa, ichki kiyimlarga tegishli. Ular jinsiy a’zoni siqib, moyaklarning yaxshi rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada jinsiy a’zoda qon aylanishi buziladi.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
Malumotlar
O‘g‘il bolalar salomatligiga doir 3 muhim qoida!