O’g’il bolalar Ismlar manosi / TOP 5000 ismlar to’plami
A harifiga ismlar manosi kitobi Abbos — jiddiy, vazmin; dovyurak, jasoratli. Abdolniyoz — bu ismning 2ta mannosi bor avliyo; darvesh. Abdulaziz — abdu — qul, abu ota manosida. Qudratli, donolik. Abror — a’lo xulqli, Yaxshi tarbiyali, samimiy. Avliyo — tabaruk, muqadas. Adham — qora belgi, dog‘ bilan tug‘ulgan chaqaloqa aytiladi. Azamat — martabali, qo‘rqmas. Aziz — qadri qimmat, hurmatli. Azim — ulug‘vorlik, kotta, kuchli. Ayniddin — din mazmuni, hulqli, ibratli. Ayyub — o‘kinuvchilik, pushaymonlik Akbar va Akobir — birlik, ikkinchisi ko‘plik; ulug‘lik, ulkanlik; Akmal — mukammallik, benuqsonlik. Akram — Ko‘rkam, oktam, jomard. Alimardon — martaba, mardlik, Mardona. Alisher — yuksaklik martabalilik sher; Arslondek qo‘rqmas. Alouddin — ogohlik, usti. Ismning dinustuni. Amin — ishonchlilik, sokin, xavfsizlik. Amir — hukmronlik, yo‘lboshchilik. Anvar — yorug‘lik, nurlilik. Anis — dost, ulfat, hamdamlik, hamsuhbatlik. Anortoy — badanida qizil belgi yoki xol bilan tugilgan chaqaloqlarga qo‘yiladi. Ansoriddin — din yordamchisi, madadkorilik. Anqoboy — ko‘zga ko‘rinmas qush ismi manosi topilmas, nodir. Ardasher — arda- iymonli — iymon kuchi. Asad — 5 chi oyning nomi. Asaf — Hudo ma’qullaganlardan. Aslam — sog‘lomlik, baquvvatlik, chidamlilik. Asil — aslzodalardan, oli toifa insonlar. Asomiddin — dinga tayanchi bo‘lish. Asror — sirlilik, yashirin, maxfiylik, Asfandiyor — isiriq bolasa kasal bo‘lmasin deb qo‘yiladigan ism. Asqad — baxtiyorlik, saodatmandlik. Asqar — oxirgi bolaga qo‘yiladigan ism. Atoulla — Hudo hadiyasi. Afandixon — domls, ustoz, o‘qituvchi. Afzal — ustunlik, yaxshilik, yuqori bo‘lish. Afridin — jasur, dovyurak, engilmas. Bu ismning Faridun shakli ham bor. Qadimiy Eron podshohlaridan birining ismi ham shunday. Aflotun — Platonning nomidan. Qadimiy olimni shunday ham atashgan. Axbor — ma’lumot, bilim egasi. Afridin — juda qudratli. Ashraf — sharaflilik, hurmatlilik, aslzodalik. Ashur — hijriyning 10 chi oyi shunday ataladi. A’zam — ulug‘lik, buyuklik. Ahmad — maqtovga sazovar. Ahror — olijanoblik, muruvvatlilik, himmatli bo‘lish. Ahtam — Adham ismining o‘zgargan shakli. Ismlar manosi -B- harifiga ismlar manosi bolalar Badal — bolasi ko‘p nobut bo‘ladigan oilalar tirik qolgan farzandiga beri Badiuzzamon — zamonasida eng zo‘ri. Badriddin — din to‘lin oyi; din mashali. Bakir — o‘rganuvchi, tadqiqotchi. Bakr — bo‘taloq. Baraka — mo‘llik, farovon. Barot — barot kuni shabon oyining o‘rta- larida keladigan diniy bayram. Baxir — nurli, shulador, jilvakorlik. Baxtiyor — baxt, hursandchilik, istiqbol yor bo‘lgan. Baxshi — mualim, o‘qituvchi. Bashar — odam, insonilik, kishi. Bashir — hushxabar keltiruvchi, bahtsaodat elchisi. Baqo — doimiylik, mangulik, abadiylik. Bahman — sham’siya yilining o‘n birinchi oyi bahman deyiladi. Bahouvdin — dinning ko‘rki, qimmati. Bahriddin — din dan bahra oluvchi. Bahrom — Mirix yulduzining nomi. Bahruz — juda yaxshi, juda qutlug‘; ro‘za kunida tug‘ilganlarga aytiladi. Berdimavlon — Xudo bergan bola. Berun — chet, begonalik, yotlik. Behbud — tinchlik, osoyishtalik, farog‘atlik. Behzod — aslzoda ma’nosida. Biymirza — Biy — xo‘jayin, rahbarlik, sardor ma’nolarida keladi. Bilol — 3 kunlik oy. Birodar — do‘st, o‘rtoq. Juda noyob ismlarga kiradi. Bobak — tarbiyachilik, homiylik. Bobir — Ko‘p holda Bobur shaklida ham yoziladi. yo‘lbars deb talqin qiladilar. Boboxon — Bu ismning ma’nosi qadimiy qaliq o‘yini bilan bog‘liq. Bozor — bozor kunida tug‘ilgan bolalar shunday ismga ega bo‘lishgan. Boriy — yaratuvchilik, bunyodga keltiruvchilik. Bosit — ruh beruvchilik, ruhato etuvchilik, ya’ni jon ato etuvchilik. Botiy — noyob tosh, nodirlik deb ham aytishadi. Boxir — nurlilik, ravshanlik, porlovchilik. Boqi — Farzandi ko‘p yillar yashasi deb qo‘yiladigan ism. Bunyod — asos ma’nosida keladi. Burhon — hujjat, dalillik. Ismlar manosi -v- ismlar manosi skachat Vadiuddin — dinni omonati; din qadrlovchi. Vadud — shafqatlilik, mehribonlik, g‘amxo‘r, sevuvchi, do‘st. Vajiullo — Hudoning ko‘rkami, sharaflilik, hurmatlilik. Vays — ishonchlilik, kuch, qudratlilik. Vakil — kafillik, ishonchlilik. Vali — avliyo, do‘st, taqvodorlik. Valid — naslli, avlod, o‘g‘il. Vallamat — Katta, etakchi degani. Vasih — ogir, vazminlik, bosiqlik. Vasliddin — diniy maqsadga intiluvchi. Vassof — g‘alaba qozanuvchi. Vafo — sadoqatlilik. Vaqqos — itoatkorlik, bo‘ysunuvchilik, tobelik. Vagiz — va’z aytadigan. Vahhob — saxiylik, jo‘mardlik. Vozid — oshkorlik, ravshanlik, nurlilik. Vomiq — oshiqlik, shaydolik. Vosi — kenglik, yoyiqlik. Vosil — erishilgan degan ma’noda keladi. Vosim — Chiroyli, ko‘rkam. Vosif — ta’rif qiluvchi. Vosiq — umid qilish, orzu qilish. Vofi — vafolilik, sadoqatli. Vofir — boylik, badavlatlik. Voqi — Bo‘lgan narsa. Voqif — xabardorlik, ogohlik. Vohib — in’om, sovg‘a. Vohid — yagonalik, ajralib turish, beqiyos ma’nosida keladi. -g- Gado — Juda ko‘p kutilgan farzandlarga qo‘yiladigan ism Gazanfar — arslon, sher, jasur, qorqmas. Ganay — turshak, quritilgan o‘rik. Gandum — bug‘doy o‘rog‘ida tug‘ilgan bola. Ganja — boylik degani oxirgi farzandga aytiladi. Garzan — podshoh boshiga qo‘ndiriladigan toj. Garon — og‘ir, vazminli, mo‘l, ko‘p miqdordagi, qimmatlilik, qimmat baho. Govdil — jasurlik, dovyuraklik. Guzar — yo‘l degani. Gurtboy — o‘zbek tilidagi Bo‘riboy ismining “forscha” shakli. Go‘ro‘g‘li – botir, qo‘rqmas, jasur. Ismlar manosi -D- islomiy ismlar Dabir — kotib, mirza. Davlat — boylik, saodatli ma’nosida. Davrboy — davr farzandi ma’nosida. Davron — umri quvonchda o‘tsin ma’nosida. Dayyor — turuvchilik, yashovchilik, uy egasi. Dalir — Daler; qo‘rqmas, botirlik, dovyuraklik. Damin — bilimli, quntlilik. Darvesh — zohidlik, qalandarlik ma’nosida. Darxon — erkinlik, ozodlik, daxlsizlik. Devloh — dalada yoki cho‘lda dunyoga kelgan bolalarga qo‘yiladigan ism. Dehqon — qishloq rahbari. Diyor — yurt farzandi. Dilbashir — yaxshi yangilik olib kelgan farzand. Dilmurod — niyati amalga oshgan ota-onalar qo‘yadigan ism. Dilshod — ko‘ngillarga quvonch keltirgan bola. Dinor — tilla ma’nosida. Dovar — podshohlik, hokimlik. Dovud — mehrlilik, sevuvchilik, suyuklilik, chin do‘st; Dolim — o‘suvchi, ulg‘ayuvchi, ko‘payuvchi. Doni — uquvlilik, epchillik. Donish — bilimlilik, donolik, olimlik. Donomurod — aqllilik, ziyrak o‘g‘il bo‘lsin degan niyatda berilgan ism. Dorob — dor — daraxt; ob — suv. Doston — ovoza, shuhratli, dovrug‘. Duvlon — Sovuq qishda t.ug‘ilgan farzandga beriladigan ism. Durbek — inju, marvarid. Dushan — dushanba kunida tug‘ilgan chaqaloq. Do‘lob — adashtirilgan, o‘zga. Do‘nan — to‘rt yashar ot. Do‘sim — “do‘st”, do‘stlik. —E— Ettinazar — yettinchi farzand. Yevar — yordam, ko‘makdosh. Yovon — saxroda tug‘ilgan farzandga qoyiladigan ism. Yodgor — tug‘ilishdan oldin yoki tug‘ilgandan keyin otasi yoki onasi qazo qilgan bolalarga qo‘yiladigan ism. Yozdonqul — mo‘g‘ullar Tangrini Yozdon deb atashgan. Yozi — dashtda, cho‘lda tug‘ilgan bolaga shunday ism qo‘yish odati bo‘lgan. Yorboy — ulfatli, do‘stli, hamdamlik, eshlik. -j- Jabin — peshona, manglay. Jabroil — Payg‘ambarlarga Hudo vahiy keltiradigan farishta nomi. Javdat — muruvvatli, himmatli, saxiy; mehr-shafqatli. Javdon — mangu, doimiylik; Javlon — chiroyli shaxdam qadam tashlovchi. Javod — ehson, karamlilik, saxiylik, qo‘li ochiq. Javonsher — sher yigit. Javohir — bebaholik, qimmat. Javhar — qimmat tosh, mohiyat. Jayhun — Amudaryoning qadimiy nomi; Jalid — puxtalik, jangovarlik, shijoatlilik. Jaloliddin — din ulug‘ligi, azamatligi, din masalasida azamat, kuchli bo‘lsin. Jambul — qo‘rg‘on, qal’a. Jamoliddin — din jamoli; din barkamolligi, ravnaqi. Janobiddin — ostona, bo‘sag‘a, dargoh, Jarullo — e’lon, bildirish, ovoza qilish, Jasur — mard, jasoratli. Ja’far — go‘dak, farzand, farishta. Jahongir — dunyoni zapt etuvchi, g‘olib, muzafar. Jobir — siniqchi, ya’ni singan chiqanlarni davolavchi. Jovid — abadiy, mangu; tug‘ilgan go‘dak uzoq yashasin degan niyatda shunday ism berilgan. Jonibek —yoqimtoy, bek bola. Jonxo‘roz — qizil xoli bilan tug‘ilgan go‘dak. Johid — harakatchanlik, tirishqoqlik. Jumaboy — juma kuni tug‘ilgan. Junaydullo — Bag‘dodda yashagan avliyolar birining nomi. Jur’at — jasorat, shijoat. Jo‘ji — kutilgan bola, mehmon. Jo‘ybor — katta daryodek to‘lib oqsin degan ma’noda. Jo‘ra — do‘st, hamrohlik. -z- Zabiy — ohun erkagi. Zabir — mahkamlik, mustahkamlik; Zabihullo — Hudoga atalgan, sadaqa qilingan, qurbonlik. Zabur — yozilgan, bitilgan. Zavqiddin — zavqli, lazzatli. Zayd — tuhfa, in’om yoki ko‘payish, qo‘shilish Zaynobiddin — zayni (ko‘rkam, zo‘zal, ziynat) so‘zi bilan bog‘liq. Zayfullo — zayf — qalbaki tanga; mehmon, musofir. Zakariyo — Hudoni esda tutuvchi. Zaki — aql, zukkolik, tezfahmlik, sezgirlik, ziyraklik. Zadriddin — din yuragi. Zamon — o‘z davrining farzandi ma’nosida. Zarif — poklik, tozalik; nozikfahmlik, ziyraklik, Zafar — g‘olib. Muzaffar qilish. Zahiriddin — bemorlik, ranj, azob, mashaqqat, panoh, posbon, iqbol. Ziyo — nurlilik, ravshanlik, yorqinlik. Ziyod — umr ziyoda, uzoq bo‘lsin degan niyatda shunday ism beriladi. Ziynatullo — Hudo ziynati. Zinnat — ziynat so‘zining boshqacha talafuzi. Ziyoriddin — Dinga sig‘inuvchi ma’nosida. Zinnat — bezangan, orolangan. Zikir — yodlash, xotirlash. Zobir — chidamlilik, toqatli; kuchli; Zobit — zabt etuvchi, boshqaruvchi. Zoid — ortiq, ziyoda. Zoir — ziyoratchi. Zokir — Zikir ismi o‘zgargan shakli. Zohid — tarkidunyo qilgan taqvodor. Zohir — ko‘ringan, ko‘rimlilik, ochiqlik, ravshanlik. Zubayr — kuchlilik, qudratlilik. Zulfiddin — dindagi jingalak sochli shaydosi. Zulfiqor — teshib o‘tuvchi. Qilich. Zunnun — baliq egasi. Zufar — Zafar ismining shaklan o‘zgargani. Zuhriddin — Zohir ismining o‘zgargan shakli; dinning ko‘rinishi, oshkoraligi. -i- Ibod — qullar, bandalar; Ibrohim — xalqlar otasi ma’nosida. Idibek — hayit kuni tug‘ilgan bolash Idris — o‘quvchi, o‘rganuvchi. Tikuvchilik, to‘quvchilik, xat ilmi singari. Izom — ko‘plikda: ulug‘lar, buyuklar. Izohiddin — din sharhlovchi, tushuntiruvchi, talqin etuvchi. Izhoriddin — din oshkor qiluvchi. Ikmol — Kamol ismining shakli. Ikrom — izzatli, hurmatli, ehtiromli, obro‘ yoki tuxfa. Ilyos — Hudoning kuchi, qudrati yoki xalqlarning sevimlisi. Ilim — ilm, bilimdon bo‘lsin degan niyatda. Ilhom — ruhlanishlik, jo‘sh urish; intilish. Imod — tayanchli, suyanchli, tirgakli; madadli, yordamlik. Imom — boshlovchi, etakchilik, oldinda turuvchi Imron — tirik, barhayot. Inobiddin — din marhamati, himmati. Inoyat — xayrixoh, ko‘mak, ehson. Inog‘om — sovg‘a, hadya ma’nosida. Insof — yaxshi niyatda berilgan ism. In’om — Inog‘om ismining imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilishi. Iris — nasiba, ota-onasining nasibasi. Iskandar — jasurlik, mardlik, qo‘rqmaliks, dovyurak yoki muhofaza qiluvchi. Islomiddin — dinning ko‘rki, naqshi, husni. Islom — musulmon din nomi. Ismat — pok, begunoh, ma’sumlik. Ismoil — Xudo eshitdi. Iyeo — Iisus ismining arabcha shakli; bo‘yalgan. Isomiddin — din tutqichi, madali, ko‘magi. Isroil — Hudo yo‘lida kurashuvchi. Isrofil — olovlanuvchi, shu’la sochuvchi. Istad — umri uzoq bo‘lsin degan ma’noda izohlangan. Istam — Ehtimol ko‘p qiyinchiliklar evaziga dunyoga kelgan bola shunday nomlashadi. Isfan — isiriq, shamsiya yilining ikkinchi oyi. Isfahon — qilich. Iftixor — faxrli, g‘ururli. Iffatullo — Hudoning pokdomon bandasi. degan ma’noda. Ismning boshqa shakli uch- ramaydi. Ixlosiddin — dinga ixlosmand ma’no- sida. Ixtiyoriddin — din irodasi. Iqboliddin — din iqboli. Iqroriddin — dinni tan oluvchi. — Y — Yo‘ldoshmuhammad — bo‘lsin degan niyatda. -K- Kabir — ulug‘, ulkan. Kalimullo — Hudo bilan so‘zlashgan. Kamol — etuk, mukamal, nuqsonsiz. Kamtar — odobli. Karimullo — Hudoning muruvvati. Karom — saxovatli, himmatli, olijanobli. Kashshof — ochuvchi, kashfiyotchi. Keldiyor — oilaga do‘st, hamdam keldi. Kibor — ulug‘ kishilar. Kiromiddin — din saxovati, karomi. Kishvar — mamlakat, o‘lka, viloyat. Kozim — sabrlilik, chidamlilik, vazmin; Komyor — baxtiyorlik. Komil — mukammallik, benuqsonlik, etuklik Komron — baxt, saodat; maqsadga erishuvchi; hokimlik, hukmronlik. Koshif — kashf-etuvchi, yaratuvchi. Kubro — ulug‘lik, ulug‘vorlik; mag‘rurlik. Kushanboy — harakatchanlik, tirishqoqlik, sobitqadamlik. -L- Laziz — yoqimtoylik, shirin bola. Latif — muloyimlik, poklik, pokizalik; muloyimlik, mehribonlik. Lashkar — aynan: qo‘shin. Lutfiddin — din iltifoti, marhamati. Luqmon — bilimdonlik, donolik. -m- Mavlaviy — olim, bilimdonlik, donishmandlik. Mavlon — ustoz, valene’mat. Mavriddin — dinga mos fursatda, xosiyatli kunda tug‘ilgan bola. Madad — ota onasiga madad, ko‘makdosh. Madazim — aslida Muhammadazim. Shu- ningdek, Madayyub, Madali, Madalim, Madamin, Madahmad, Madboy, Madariq, Madvali, Madyor, Madziyo, Madzokir, Madiyor, Madziyo, Madzokir, Madi (Mahdi yoki Muhammadi), Madikrom, Madismon, Madusmon, Madisroil, Madkomil, Madnazar yoki Matnazar, Madniyoz yoki Matniyoz, Madolim, Madomon, Madraso, Madrasul, Madrahim, Madal — ong, aql, fikr. Mador — quvvat, yordam berish. Majdud — xushbaxt, saodatmand. Majid — atoqli, shuhratlilik, dongdorlik. Mazbut — mahkamlik, mustahkamlik, himoya ostiga olinganlik. Mazda — yaratuvchilik, bunyod etuvchilik. Mazid — Majid ismining talaffuzda o‘zgargani. Mazhar — yuzaga chiqish, namoyon bo‘lish, erishishlik, etishishlik. Makorim — yaxshilik, go‘zallik. Malik — podshoh, hokimlik, qirollik. Malhamiddin — dining malhami. Mamad — Muhammad. Shu tarzdagi qisqartma otlar quyidagilardir: Mamadazim, Mamadaziz, Mamadali, Mamadamin, Mamadbek, Mamadbergan, Mamadberdi, Mamadvali, Mamaddavlat, Mamatmuso yoki Matmuso, Mamatolib, Mamatosh va hokazo. Mamdud — uzoq umr. Manzar — yuz, chehra. Mansur — ustun turuvchi, g‘olib, muzaffarlik. Mardi — botirlik, mardlik, dovyuraklik. Marzbon — chegara soqchisi, elining posboni. Marhabiddin — dinning muruvati, saxovatli. Masar — viqor, odillik. Mas’ud — baxt , baxtiyorlik, saodatmandlik. Matlab — istalgan, orzu qilingan. Matmirza — Muhammadmirza. Maxdum — din yo‘lida xizmat qiluvchi; martaba, obro‘. Maxsum — poklik, pokizalik, soflik, gunohsizlik. Maxtum — muhrlangan, mustahkam. Ma’di — to‘g‘ri yo‘lda turuvchi, adolatli. Ma’mun — omonda, himoya ostidagi, himoyaga olingan. Ma’mur — 1. Biron ishga buyurilgan kishi. 2. Obod. Ma’ruf — 1. Taniqlilik, bilingan, mashhurlik, atoqli. 2. Aqlga muvofiq, sharoitga mos va maqbul hisoblangan fe’l-harakat. Ma’qul — arziydigan, ma’qul bo‘lgan, orzu qilingan. Mashrab — xosiyatli, tabiatli, xulqli, odatli, xislatli, maylli, ravishlik. Maqsad — istalgan, orzu qilingan. Maqsum — berilgan, tuhfa qilingan. Maqsur — xudojo‘y, muqaddas, ruhan osoyishga. Mahan — go‘zal, suluv, husn sohibi. Mahdi — to‘g‘ri yo‘l. Mahdum — janob, xo‘ja, aslzoda, diniy peshvo Mahkam — mustahkamlik, qattiqlik. Joni qattiq ma’nosida. Mahmud — maqtalgan, maqtovga sazovor. Mahram — sirdoshlik, hamdamlik, mehribon do‘st. Mahsud — Maqsadli, irodali. Mahsun — mustahkam, mahkamlangan, berk, himoyalangan. Mengazim — Hudo bergan xoldor bola. Mergan — o‘qchi yoki qo‘ng‘irot urug‘ining mergancha qabilasiga mansub. Merosiddin — dinning merosi; boyligi, davlati. Mehmon — yangi farzand ma’nosida bo‘lsa kerak. Mehriddin — din sharofati bilan erishilgan bola deb izohlash mumkin. Mehtar — boshliq, mansabdorlik. Miad — va’daga vafo deb izohlash mumkin. Midhad — maqtashlik, madh qilish. Miyon — o‘rta, o‘rtaliq, bel. Mizrob — noxun, qobilyatli bilimli. Minobiddin — aslida miyno. Dinning naqshi. Minhojiddin — dinning ravshan, yorug‘ yo‘li. Miraziz — izzatli mansabdor, amir. Mirza — kotib; ilmli. Miftohiddin — dinning kaliti, ochqichi; ya’ni sharhlovchisi. Miqroziddin — din qaychisi. Muayyid — quvvatlovchi, madad beruvchi; madad. Mugashshir — bashoratchi. Mubin — ochiq, ravshan. Muborakullo — Hudo muborak qilgan. Muboriz — polvon; jangchi, kurashchi. Muboshir — yo‘lboshchi, yo‘l ko‘rsatuvchi. Mudarris — domla, muallim, ustoz. Mudrik — fahmli, farosatli, ziyrak. Mujiriddin — dinning tayanchi, madadkori. Mujohid — din yo‘lida kurashuvchi. Muzaffar — g‘olib. Zafar qozonish. Muzohir — himoyachilik, qo‘riqlovchi, asrovchi. Muzrob — Mizrob ism o‘zgargani. Muiz — izzat, hurmat ko‘rsatuvchi. Muin — yordamchilik, ko‘makchilik. Mukdadil — kuchli, dovyurak. Mulla — bilimdonlik, o‘qimishli. Mumtoz — tanlangan, saralangan. Munzir — ogohlantiruvchidir. Munib — to‘g‘ri yo‘ldan yuruvchi Munim — muruvvatli, rahmdillik. Muntajibiddin — din saylangani. Mun’im — ne’mat, rizq-ro‘z beruvchi, sovg‘alar ulashuvchi. Murod — maqsad, talab. Murtazo — tanlanganlik, saylanganlik, suyukli, qadrli. Murtoz — nafsini tiyganlik, o‘zini tuta oluvchi, azobu-mashaqqatlarga chidamli. Murshid — rahbar, yo‘lboshchi, to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi, Musaddin — din va shariat yo‘lida maxkam turadigan. Musayyab — ehtiyotkorlik, hushyorlik. Musallim — kamtarlik yoki xudojo‘ylik. Musammo — ismi bilan tug‘ilgan. Musin — piri badavlat ma’nosida. Musir — qat’iy so‘zli, lafzida turuvchi. Musif — ta’riflovchi, madh etuvchi. Muslim — islom diniga bo‘ysungan, musulmon, taqvodor. Muslihiddin — dinni isloh qiluvchi, yangilovchi. Muso — yahudiylar payg‘ambari Mustafo — tanlanganlik, saralab olingan. Mustaqim — to‘g‘ri yo‘l. Musulmon — islom diniga bo‘ysungan, e’tiqod qilgan, Mutavakkal — umidli, orzu qilingan. Mutal — Mutallib ismining qisqar gani; izlovchi, axtaruvchi. Mutasim — Hudoning panohida. Mufaddal — suyukli, qadrli. Mufid — yaxshilik, yaxshilik. Mufiz — fayzli, barakali. Muflih — so‘zga usta. Mufti — shariat qoidalarini yaxshi biladigan. Muxlisiddin — din ixlosmandi, dinga sodiq; Muxtor — mustaqillik, erkinlik. Mgid Rassekrecheni dokumenti o Gorbacheve: nevozmojno poverit Lyudi, kotorie ne stesnyayutsya na plyaje: 50 foto, porvavshix Set So dna Volgi dostali mashinu. Otkriv yee, lyudi zakrichali ot straxa Udivitelniy vivod medikov: kak onkologiya svyazana so svekloy Mu’in — yordamchilik, ko‘makchi. Mushirboy — ishora qiluvchi, miyig‘ida kuluvchi, maslahatchi. Mushrif — shov-shuvli voqea, balandlik, balanddan qaraydigan; Mushfiq — shafqat , mehribonlik, marhamatli. Muqanna — niqobdor. Ma’lum belgi yoki parda bilan tug‘ilgan bolaga shunday ism qo‘yish. Muqbil — baxt , iqbol , saodat. Muqim — turg‘un. Muqrim — muruvvat, yaxshilik, saxiylik, qo‘li ochiq. Muqtazo — Murtazo ismining boshqa shakli. Muhammad — maqtovga loyiq. Payg‘am- barimizning ismi. Muhib — do‘st, yo‘ldosh. Muhiddin — dinni qo‘llovchi, jonlantiruvchi, dinga go‘zallik, nafosat bahsh etuvchy Muhriz — o‘z maqsadiga intiluvchi, sobitqadam, g‘olib, engilmas. Muhsin — marhamatli, mehribonli. Mo‘min — dinni til va dil bilan iqror qiluvchi. -n- Nabi — paygambar, Hudoning elchisi. Nabih — hushyorlik, sezgirlik. Nabot — shirin, yoqimtoylik. Navvot — amaldorlik, mansabdorlik; o‘rinbosarlik. Navdor — noyob tuxfa. Navid — sevinch, xushxabarlik. Navkar — do‘st, o‘rtoq yoki qo‘riqchi, askar, xizmatkor. Navoiy — ziyoli oilalarda hazrat Alisher Navoiyning nomini yangi tug‘ilgan go‘dakka qo‘yish odati bor. Navol — sovg‘a, ehson qilish. Navro‘z — qadimiy ismlardan biri. Navro‘z kunida tug‘ilgan go‘daklarga shunday ism qo‘yish odati bor. Navfal — tortiqlik, sovg‘a, ehsonlik. Navqon — bug‘doy boshog‘i. Nadim — yaqin do‘st, suhbatdosh, sirdoshlik. Najab -hazrati Aliy dafn etilgan shahar nomidan olingan. Najdat — jasur, qo‘rqmas, mard. Najib — olijanoblik, oliyhimmatlik; poklik, vijdonlilik; Najim — yulduz. Nazar — Hudo yoki avliyolar nazari bilan tug‘ilgan bola. Nazifullo — Hudoning beg‘ubor, pokiza bandasi. Nazihullo — Nazifullo ismining ma’nosida yoki shu ismning o‘zgargan shakli bo‘lishi mumkin. Nazrullo — Hudoga nazir qilingan, sadaqa qilingan bola. Naim — baxt, omad, saodatmandlik. Naymai — o‘zbeklarning nayman urug‘iga mansub bola. Namoz — ehtimol ibodat paytida tug‘ilgan bolaga shunday ism qo‘yilgan. Narimon — ehtimol nuriiymon bo‘lishi mumkin. Narmin — muloyimlik, yumshoqlik, halim. Nasibullo — Hudoning nasibasi. Nasim — engil shabada, tong shamoli. Nasriddin — dinning g‘olibligi, dinning zafari. Nafig‘ullo — Hudoning yaxshiliklar qiluvchi bandasi. Naqib — oqsoqollik, boshliqlik, yo‘lboshchilik; Nahan — ulkanlik, ulug‘lik, botirlik, g‘oliblik, bahodirlik. Nahriddin — dinning bulog‘i deb izohlash mumkin. Nekbaxt — tolei baland Ne’mat — nasibali, rizq-ro‘zli Niyoz — 1. Hudodan iltijo qilib olingan bola Nizom — tartibli, intizomli. Nishon — badanida biron belgi bilan tug‘ilgan. Niyat — orzu, maqsad. Novqat — navqiron, navjuvon. Nodim — hamdamlik, hamsuhbatlik, do‘stlik. Nodir — kamyoblik, noyoblik, bebaholik, tengsizlik. Noib — o‘rinbosarlik, ko‘makchilik, yordamchilik. Nor — badanida qizil xol yoki qizil belgisi bilan tug‘ilgan. Norin — mo‘g‘ul qabilasining norin urugiga mansub bola. Nosir — ko‘makchilik, yorlamchilik yoki g‘olib, muzaffar. Noshir — aynan: kitob chiqaruvchi. Nohid — yorug‘ yulduz, Zuhro sayorasi Nur — yog‘du, ziyolik, ravshanlik Nusrat — g‘oliblik, muzaffarlik. Nuh — aslida Nuho — aql, xirad, zehn. No‘g‘ay — no‘g‘ay xalqi nomidan. -o- Obid — toat-ibodat qiluvchi, taqvodor. Obirahmat — shifobaxshlik, muqaddaslik, xosiyatli suv. Obod — kam-ko‘stsiz, farovon. Ovsharboy — o‘g‘uz urug‘ini forslar afshar deydilar. Ogah — bilag‘on, aqlli, ziyrakli. Odam — qizilrang tuproq. Odil — haqgo‘y, adolatli, insofli, to‘g‘ri, halol. Odina — juma kuni tug‘ilgan bolaga shunday ism qo‘yish rasm bo‘lgan. Ozar — olov. Ozod — erkinlik, hurlik, holilik. Oyazim — ulug‘. Olim — bilimli, bilimdonlik, donishmandlik. Olloyor — Hudoga do‘st, Hudo qo‘llasin degan ma’nolarda. Oltiyor — oldingi farzandlarga esh bo‘lib tug‘ilgan bola. Oltoy — ulug‘, yuksak, baland. Omad — tolei baland. Omon — omon bo‘luvchi, najot topuvchi. Orif — bilimdonlik, aqlli, dono yoki xudojo‘y. Osim — qo‘riqlangan, himoyalangan, muhofaza qilingan, xavfsiz. Osif — shiddatli bo‘ron. Osmon — bu osmondek tiniq va baland bo‘lsin. Oston — ostona, bo‘sag‘a. Otavali — valiy bir mo‘ysafidning duosidan keyin tug‘ilgan bola. Ofiyatullo — sog‘lik, sog‘ayish; tinchlik. Oshiq — hayotni sevuvchi. Oqdavlat — pok, toza. oiladagi ikkinchi bolaga shunday ism qo‘yish odati bo‘lgan. Oqlimirza — aqlli mirza yigit. -p- Payom -xabar, darak; Payshanba — xalq o‘rtasida payshanba kuni xosiyatli degan tushuncha bor. Panji — oiladagi beshinchi bolaga berilgan ism. Panohiddin — dinning panohida, din najot beruvchi. Parvez — g‘olib, muzaffarlik, engilmaslik. Parda — o‘z pardasi (ko‘ylagi) bilan tug‘ilgan bola. Parpi — aslida farfi — nafis, muloyim, yumshoq tabiatli. Partov — aslida “partav”; nurli, nur sochuvchi. Pahlavon — yon, biqin, qanot. zo‘r, kuchli, qudratli; Peshavor — hunarmandlar sardori. Peshdod — odil, o‘tmishdan darakchi, xabarchi, oldindan. Pirnazar — pirlar nazar qilsin degan. Poyon — qator qiz tugilgandan keyin tugilgan o‘gilga berilgan ism. Polvon — kuchli, qudratli, bahodir. Poliyor — pokiza do‘st, pokizalikka moyil. Porso — o‘zini tiyuvchi, taqvodorlik, xudojo‘ylik. Purdil — mardlik, botirlik, dovyuraklik. Po‘lat — mustahkam ma’dan. -R- Rabbimqul — Hudoning quli, bandasi. Rabi — to‘rtinchi bolaga beriladigan ism. Rabib — o‘gay, yot. Ravziddin — dinning bog‘i, bo‘stoni. Ravnaq — jilolangan, tarovatli; gullab-yashnagan. Ravshan — yorug‘, shu’lali; tiniq, beg‘ubor; g‘amsiz. Radi — saylangan, tanlab olingan. Rajab — hijriy yilning to‘r- tinchi oyida tug‘ilgan bola. Raji — umid, tilak. Razzoq — rizq beruvchi. Razin — mahkam, mustahkam, qat’iy; muhim; mu’tabar. Razmin — urush, jang, g‘avg‘o. “ Rais — boshliq, rahbarlik, sardorlik, etakchilik. Raif — mehribonlik, shafqatlilik, rahmdillik. Ramazon — qamariy yil hisobining to‘qqizinchi oyida tug‘ilgan bolaga shunday ism beriladi. Ramal — mumtoz she’riyatdagi aruz vaznining bir ko‘rinishi; Ramz — belgi, ishora; timsol. Rami — o‘qchi, merganlik. Ramil — tilsim egasi, sirlarni ochuvchi folbin. Rasim — yo‘l-yo‘riqqa, qoidalar rioya qiluvchi yoki rassom. Rasif — chidamli, mahkamlik, mustahkamlik. Rasix — mustahkamlik, mahkamlik, pishiqlik, chidamlilik. Raso — mukammal, kamolga erishgan. Rasul — elchi. Ratib — beg‘uborlik, tarovatli. Rauf — muloyimlik, shafqatlilik, rahmdillik. Rafayel — yuksaklik, oliylik, ulug‘lik, taniqli, mashhurlik. Rafi — Rafayel ismining arab tilidagi ko‘rinishi. Rafid — yordamchilik, ko‘makchilik. Rafiq — do‘stlik, hamdamlik. Raf’at — ulug‘lik, yuksaklik, buyuklik. Rafqat — do‘stlik, hamrohlik, hamsafarlik; Raxshon — porloqlik, nurlilik. Rashid — to‘g‘ri yo‘ldan yuruvchi. Rashodat — mard, jasur, jasoratli. Rashshod — Rashid ismining aynan ma’nosi. Raqoqul — ozod bo‘lgan qul. Rag‘ib — tilab olingan bola. Rahib — muruvvatlik, marhamatlik, olijanoblik. Rahim — mehribonlik, marhamatlilik Rahmat — mehribonlik, marhamatlik. Rahmon — o‘ta mehribonlik. Rivojiddin — din rivoji, din ravnaqi. Riyoziddin — din bo‘stoni, din bog‘i deb atash mumkin. Rizo — rozilik, ma’qullik; tobe. Rizqiddin — dinning rizq-nasibasi bolasi. Rif’at — ulug‘, yuksak. Rixsitilla — tilladek qimmat, qadrli. Robiddin — diniy taqvimning to‘rtinchi oyida tug‘ilgan bola. Roji — aslida rojih — ortiq, ziyoda, Roiz — tarbiya qiluvchi, o‘rgatuvchi; Royiq — latiflik, zebo. Roqib — posbonlik, himoyachilik. Roqiy — olg‘a intiluvchi, o‘suvch. Roqim — xat yozuvchi; savodxon, bilimdon. Rohatali — huzur-halovatda yashasin. Rubiddin — din quroli. Ruknoyiddin — ustun, tayanchli; din tayanchi. Ruslan — arslon sher. Rustam — ulkan gavdali, qudratli, dovyuraklik, bahodirlik. Ruxsat — Hudo roziligi bilan dunyoga kelgan bola. Rushdi — o‘suvchi, ulg‘ayuvchi, kamolga etuvchi; Ruhiddin — dinning ruhi. Ro‘zatilla — ro‘za oyida tug‘ilgan bola. Ro‘zbeh — baxt, tolei baland. Ro‘zbon — podshohni qo‘riqlovchi posbon; lashkarboshi, sarkarda. Ro‘zim — rizq. -s- Sabohiddin — din tongi. Sabriddin — dinning sabr-toqatli kishisi. Savron — shamsiya yil hisobining ikkinchi oyi aprel da tug‘ilgan bola. Sadaddin — dinning to‘g‘riligi. Sadar — to‘gri, adolatli. Sadiboy — soddalik, pokizali. Sadid — mahkamlik, mustahkam, irodali. Sadomat — zarbali, savlatli. Sadr — baland martabali, mansabdor. Said — baxtli, saodatli. Sain — eng a’lo, shuhratli, shavkatli. Sanr — otashli, olovli. Sayid — aynan: ega, xo‘ja; boshliq, rahbar. Sayim — ro‘zador. Sayfi — qilich, shamshir. Salavatullo — Hudoning muruvvati. Salim — sog‘lom. Salmon — beozorlik, muloyimlik, yuvoshlik. Salom — tinchlik, sog‘liq, omonlik. Salor — yo‘lboshchi, sarkarda. Saloh — rost, to‘g‘ri, halol; haqgo‘y. Samandar — o‘tda yonmaydigan. Samar — hosil, natijali, mevali. Sami — eshituvchilik, tinglovchilik, Samim — samimiylik, oqko‘ngillik, sofdillik. Samin — qadrli, qimmat, aziz. Samir — suhbatdosh. Samit — sokinlik, osoyishtalik, osudalik. Sangin — toshdek mustahkam. Sanjar — sanchmoq. shiddatli, o‘tkir. Sanoqul — madh aytuvchi, maqtovchi banda. San’at — chiroyli hunarlar egasi. Sarvar — yo‘lboshchi, boshliq, rahnamolik. Sarvat — boy. Sardor — etakchilik, boshliq. Safar — safar oyi (musulmonlar taqvimining ikkinchi oyi)da tug‘ilgan. Safiullo — Hudoning tanlagani, saylagani. Safo — tiniqlik, pokizalik Saxiboy — qo‘li ochiq, jo‘mard. Sa’di — baxt, saodat, omad. Sahmon — rizq-ro‘zli, nasibali. Sahobiddin — hamfikr dindoshlar; sahobiy so‘zidan. Sib’atullo — Hudoning xohishi bilan dunyoga kelgan bola. Siddiq — to‘g‘ri so‘z, sofdil, rostgo‘y. Sindor — yoshlik, navqironlik, bo‘z bola. Sino — donishmandlik, hakimlik. Siroj — yorug‘, nurli, chiroqli. Sifatullo — Hudo sifatlarining namoyon bo‘lishi deb izohlash mumkin. Soat — yaxshilik, xosiyatli vaqtda tug‘ilgan. Sobir — sabr, toqat. Sobit — mustahkamlik, mahkamlik. Sodir — asli sadr so‘zidan. Boshliq, rahbar. Sodiq — chin do‘st. Soib — Ega, xo‘jayin. Solih — pok, halol, pokiza. Sotir — xaloskorlik, himoya qiluvchi yoki xalos qilingan. Soqi — sog‘, sog‘lom, sezgir, ziyrak. Sohib — to‘gri talaffuzi. Suvon — egov. Sulaymon —himoyalangan, berk, muhofazaga olingan, Sulton — hukmdor. Sunnat — yo‘l, odat, udum, taomil yoki sunnati o‘zi bilan tug‘ilgan bola. Surxob — la’l toshi. Surxon — to‘y, bazm, shodlik; qo‘rg‘on, qal’a. Sur’at — chaqqon, epchil. Sug‘ro — kenjagoy bola. Suhrob — qizil yog‘du; la’l, yoqut. So‘fi — qavmni namozga chorlovchi taqvodor. -t- Tabibullo — aynan: Hudoning tabibi. Tavakkal — taqdiri Hudoga topshirilgan bola. Tavallo — Hudodan iltijo qilib olingan bola. Tavsan — arg‘umoq, to‘pichoq. Tavfiq — yomon ishlar va odatlardan o‘zini saqlaydigan bola. Tavhid — birlik, yagonal. Hudoga sig‘inish. Tavhir — ehtirom, hurmatga sazovor. Takmil — mukammal, benuqson. Tal’at — chiroyli, sohibjamol ma’no- sida. Tansiq — noyoblik, nodirlik; yoki bolaga tashna oilada tug‘ilgan chaqaloqqa shunday ism qo‘yilgan. Tarzabon — gapdonlik, suxandonlik, notiqlik. Tarxon — turli majburiyatlardan (soliqlardan) ozod qilingan. Tilla — oltindek qimmatli. Toji — biron xol bilan tug‘ilgan bola. Toib — tavba qiluvchi, istitfor aytuvchi banda. Toir — qush; parvoz qiluvchi, yuksaklikka ko‘tariluvchi. Toyib — pokizalik, ozodalik. Tolib — bilim izlovchi, bilim ixlosmandi. Toqiddin — din tayanchi, din mustahkamlovchi. Tohir — tahoratli, pokizalik; beg‘uborlik. Tuman — ming, ko‘paysin. Turob — xok, tuproq. Tuhfat — sovg‘a, ehson. To‘fon — kuchli suv toshqini paytida tug‘ilgan bolaga shunday ism berilgan. -u- Ubay — qul, qul bola. Ugur — baxt, saodatmandlik, iqboli baland. Uzayr — kuch, qudrat, ko‘makchilik. Ulfat — barchaga do‘st bo‘lsin degan niyatda. Umar — barhayot, yashovchi. Umid — orzu qilingan, kutilgan. Umir — umri bilan bergan bo‘lsin. Ummat — xalq, jamoa, toifa. Umron — obodlik, farovonlik, ma’murlik. Urfon — aslida Irfon; bilimli, ma’rifatli. Usmon — singan-chiqqanlarni davolovchi tabib. -F- Favzi — g‘olib, muzaffar, engilmas. Fadl — olijanob, oliyhimmat. Fazli — marhamat, inobat, himmat, or- tiqlik, ustunlik, etuklik. Fayz — yoqimli, muloyim; jozibali, •1 ko‘rkam. Fayyoz — oliyhimmat, mehribon. Faraj — najot topgan. Farbud — taqvodorlik. Farvardin — aynan: bahor. Fardis — nursimon, nurmonand. Faryob — baxt, iqboli baland. Farziddin — din farz deb biluvchi. Farid — yakkalik, yolg‘iz, yagona; Farmon — buyruq, amr. Hudoning irodasi. Farodis — jannat bog‘lari, jannat farzandi. Farohiddin — din rivoji, iqboli yoki ma’murligi. Farroh — shukuhli, shon-shavkatli, dongdor. Farrux — baxtli, baxtiyor. Faruq — yaxshi-yomonni farqlovchi. Farxiddin — din ato qilgan shodlik. Farhid — ziyraklik, zukkolik, farosatli, sezgir. Fasih — xushsuxan, so‘z ustasi, notiq. Fasl — vaqt, zamon, davr. Fattoh — g‘olib, muzaffar. Fath — dinning g‘olibligi, ustunligi. Faxri — g‘urur, iftixor. Fahmiddin — dinni fahmlovchi. Fikrat — idrokli, aqlli. Firdavs — sakkizinchi jannatning nomi; bog‘, ko‘kalamzor. Firuz — qimmatbaho ma’dan tosh. Fitrat — aqlu farosatli, dono. Fozil — bilimdon, dono, donishmand. Foiq — ulug‘vor, yuksak. Forobiy — ziyoli oilalarda ulug‘ olim Forobiy nomiga nisbat berilgan. Fotiq — shifo oladigan. Fotih — engilmas, muzaffar, g‘olib. Fuad — dil, qalbli, aqlli, farosatli. Fuzail — odobli, yaxshi xislatdi; insofli, adolatli; Fuzul — aynan: sergap. Istilohiy ma’noda notiq -X- Xabir — xabar beruvchi; biluvchi, bilimli, dono. Xazin — aynan: xazina; boy, badavlat. Xazorboy — olijanob, aslzoda. Xazri — shaharlik, shaharda tug‘ilgan. Xayyom — chodir tikuvchi, chodir yasovchi usta. Xayri — yaxshilik qiluvchi. Xalil — do‘st, suyukli. Xalif — o‘rinbosar, merosxo‘r. Xanjar — xanjardek o‘tkir bo‘lsin degan ma’noda. Xarros — haqgo‘y, adolatli. Xarrot — o‘ymakor usta, naqqosh. Xaspo‘lat — a’lo navli po‘lat. Xatib — va’zgo‘y, va’zxon. Xafs — arslon, yo‘lbars. Xidir — asli Xizr yoki Xizir, yashil degani. Xirmon — g‘alla xirmonlangan paytda tugilgan bola. Xirojiddin — din haqi. Xislat — yaxshi fazilatli, xosiyatli. Xovar — kunchiqish, sharq. Xoja — hurmatli, e’tiborli yoki xo‘jayin. Xol — badanida xol bilan tugilgan bola. Xolid — abadiy yashaydigan; umri uzoq. Xolis — samimiy, beg‘araz, sofko‘ngil. Xoliq — bunyodkor, ijodkor. Xonazim — buyuk xon. Xubbim — yoqimtoy, yaxshi. Xurdak — hunarmand degani. Xurdod — Eronda iste’molda bo‘lgan qamariy yilning ikkinchi oyi Xurram — shod, shodmon, xursand, xush- kayfiyat. Xursand — shod, baxtiyor. Xurshid — quyosh. Xushbaxt — saodatmand. Xo‘ja — sohib, janob. -ch- Cherikboy — askar, qo‘shin, lashkar. Chehrazod — go‘zal, zebo, aslzoda. Chilton — qirqta ajralmas ruh. Chingiz — buyuk, qudratli. Chinor — umri chinordek uzun bo‘lsin. Chori — oiladagi to‘rtinchi farzand yoki Choriyorlarga nisbat berilgan. Chust — chaqqon, mohir. Cho‘lpon — tong yulduzi, yorug‘ yulduz. Cho‘pon — qo‘ychuvon. -Sh- Shavvoz — azamatlik, jasurlik, dovyurak. Shavkat — sharaf, shonli, kuch. Shavqiddin — din zavqi, din baxsh etadigan zavq. Shayx — aslida qari, keksa, oqsoqol. Shamsi — quyosh. Shamshir — tig‘. Qilichdek keskir va o‘tkir yigit bo‘lsin. Shamshod — daraxt nomi. Sharaf — or, nomus, obro‘, iftixor, faxr. Sharif — muqaddas, aziz. Shafqatullo — Hudo rahmati bilan dunyoga kelgan bola. Shahar — shaharga kelganda tug‘ilgan bolaga shunday ism berilgan. Shahboz — shunqor, lochin. Shahvor — shohona, shohlarcha. Shahir — ma’lum, taniqli. Shahob — nurli yulduz. Shahsuvor — chavandoz. Sher — sherdek qudratli, jasur, qaytmas. Shiddat — tezkor, gayratli. Shijoat — g‘ayrat, jasur. Shior — maqsad, orzu, g‘oya. Shihob — shahob so‘zining o‘zgargani. Sho — aslida shoh, hukmdor. Shoddil — quvnoq, baxtiyor. Shoir — she’r yozuvchi; Shoif — ko‘ruvchi, tanuvchi, ziyrak, sezgir. Shoiq — juda yaxshi, a’lo; Shoybek — kuchli, qudratli. Shokir — farzand berganiga Hudoga shukrona ma’nosida. Shokuh — savlatli, ko‘rkamlik, hashamatli. Shomi — chiroq, sham. Shomil — Xudo eshitgan. Shohid — guvoh; Shuayb — shox, butoq. Shujo — mardlik, qo‘rqmaslik, jasur. Shukur — Xudodan minnatdorlik. Shuhrat — mashhurlik; shon-shavkat. Sho‘ra — janob, boshliq. Ezid — Hudo, Tangri, Xudo. Eldor — qabila, elat boshlig‘i; Emin — tinch, osoyishta. Eran — mard, jasur; er, o‘g‘lon. Eshon — aynan: u kishi; katta odam. -yu- Yunus — kaptar degani. Yusuf — o‘sgan, ko‘paygan. -ya- Yazdon — Hudo, Tangri. Yamin — o‘ng qo‘l, o‘ng tomon. Yatim — tanho ma’nosida. Yahyo — muruvvatli, ochiqqo‘l; xushxulq. -u- O‘rda — uy, panajoy; hukm- dor saroyi; lashkargoh; ko‘pchilik, to‘p, to‘da. O‘rxon — ulg‘ayish, o‘sish. O‘g‘lon — botirlik, mardlik, shahzoda. -q- Qavomiddin — ustun, ustivor. Qaviy — kuch, quvvat. Qavs -shamsiya yilining qavs oyida tug‘ilgan bola. Qadam — qadami qutlug‘ bo‘lsin degan ma’noda. Qadim — qadimiyat qadriyatlarini qadrlasin degan niyatda. Qadr — dinni qadrlovchi. Qays — muqoyasa qilish, chog‘ishtirish. Qaysar — Bu ismning kelib chiqishi kezar nomi bilan bog‘liq. Qayyum — abadiy mavjud. Qalandar — tarkidunyo qilgan odam. Qalmoq — o‘zbeklarning qalmoq urug‘i- ga mansub bola. Qamar — oy. Qambar — to‘rg‘ay. Qahramon — o‘zbeklarda qaramon urug‘i ham bor. Qiyom — etilish, oftobning tikkaga kelgan payti. Qiyos — bu ism yolg‘iz aytilmaydi; Qobil — iste’dodli, qobiliyatli; kuchli, qudratli; Qozi — hakam. Qozoq — qozoqlar ornsida tug‘ilgan yoki ko‘rinishi qozoqbashara bolaga shunday ism berilgan. Qoim — turg‘un, qoim, mustahkam; Qora — kuchli, qudratli, polmoi. Qori — qiroat qiluvchi. Qosid — xabar etkazuvchi. Qosim — taqsimlovchi. Qohir — zabardast, kuchli; Qubod — hukmdor, podshoh. Quvvat — kuchli, chidamli. Quvomiddin — dinning haqiqatgo‘y, adolatli kishisi bo‘lsin degan niyatda. Quddus — pok, pokiza, begunoh, muqaddas, aziz. Qudrat — quvvatli, kuchli, qodir. Qul — arab tilidagi “qul” so‘zi “ayt” degan ma’noni bildiradi, Qulfiddin — dinning ma’nolarini sharhlovchi olim. Qurbat — yaqinlashish, etishish. Qurbon — qurbon hayiti kunida tug‘ilgan bola. Qurbug‘a — kuchli, qudratli, jasur; Quron — oiladagi uchinchi bolaga beriladigan ism. Qutbiddin — dinning asosi, tayanchi. -g‘- G‘aybiddin — aynan: dinning pinhoniyligi, yashirin siri; G‘ayni — ko‘p degan ma’noda. G‘ayrat — mehnatsevar deb izohlash mumkin. G‘alil — orziqib kutilgan bola. G‘ani — boy, badavlat. G‘arib — g‘aribona iltijo bilan tilab olingan bola deb izohlash mumkin. G‘afur — gunohlarni kechiruvchi, rahmdil, marhamatli, mag‘firatli. G‘iyos — faryod, ovoza, kuch, tayanch. G‘ozi — g‘olib, muzaffar. G‘oyib — ko‘rinmaydigan, yashirin, maxfiy. G‘olib — engilmas, muzaffar, enguvchi. G‘ulom — 1. Qul. 2. Farzand, o‘g‘il. G‘ufron — kechirilgan, gunohsiz bola. G‘o‘non — ikki-uch yoshli toy. Habib — suyukli, qadrdon, do‘st. Habil — shamol, el. Odam alayhissalomning o‘ldirilgan o‘g‘li ham Habil Hadis — hikoya, rivoyat; Hayot — tiriklik, umr, barhayotlik; sog‘lik, omonlik. Hazrat — yuqori darajadagi, martabali. Haybat — buyuklik, shukuhli, viqorli. Haydar — arslon; jasur, dovyurak, qudratli. Hayit — hayit kuni tug‘ilgan bolaga shunday ism berilgan. Hayrat — aynan: hayratlanish, taajjub. Hakim — bilimdon, aqlli, dono, donishmand. Halim — muloyim, mehribon. Hamdam — do‘st, o‘rtoq. Hamza — o‘tkir, achchiq, kuydiruvchi, Hamid — maqtovchi, madh etuvchi. Hammod — ulug‘lovchi, madh etuvchi yoki hurmatga loyiq. Hamro — yo‘ldosh, esh, hamdam yoki qirmizirang. Hanjar — aslida Hanjor; yo‘l, qoida, rasmrusum, ravish. Haris — o‘ta berilgan, maftun, mahliyo bo‘lgan. Hasan — yaxshi, tuzuk; chiroyli, sohib- jamol. Hafiz — himochi, qo‘riqlovchi, o‘z panohida asrovchi. Hashmat — izzat-hurmatli, shonu shavkatli. Haq — haqiqat, rost, adolat. Hidoyat — to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi, to‘g‘ri yo‘l topuvchi. Hiloliddin — dinning yangi, ko‘rkam oyi. Himmat — olijanob, saxovat. Hisom — qilich, shamshir, tig‘. Hifziddin — dinni asrovchi, dinni muhofaza qiluvchi. Hodi — to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi. Hoji — ziyoratchi, sig‘inuvchi. Hoziq — mohir, bilimdon; itoatkor, yovvosh. Hokim — hukmron, boshliq, yo‘lboshchi, rahbar. Homid — shukur qiluvchi, qanoat qiluvchi, sabr-toqatli. Homil — aynan: ko‘tarib yuruvchi, eltuvchi. Horun — yahudiycha Aoron ismidan olingan va arab talaffuzida Horun. Hosil — meva, samara, natija. Hotam— saxiy, qo‘li ochiq, oliyhimmat. Hoshim — maydalovchi, ushatuvchi; non sindiruvchi. Hubbim — “xub” — chiroyli, yoqimli so‘zidan. Huvaydo — belgili, oshkora, ravshan, aniq. Hujjat — ishonchli qog‘oz. Huzur — osoyishtalik, osudalik, rohat, farog‘at. Humoyiddin — din ato qilgan baxt, din saodati. Humom — qavm yoki biron urug‘ning boshlig‘i. Humoyun — qutlug‘, muborak, noyob, tengsiz. Hunar — istilohiy ma’noda yoki yaxshi niyat bilan hunar egasi. Hurmat — izzat. ma’nosida. Hurullo — Hudoning erkin bandasi. Husayn — Hasan ismi bilan bir xil ma’noda. Husn — chiroy, go‘zallik.
O’g’il bolalar Ismlar manosi / TOP 5000 ismlar to’plami
DO`STLARGA ULASHING:
runewslenta
stylefocus
prgazeta
runewslenta
O’g’il bolalar Ismlar manosi / TOP 5000 ismlar to’plami