OGAHIY
OGAHIY (taxallusi; toʻliq ismsharifi Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli) (1809.17.12, Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi — 1874.14.12) — shoir, tarixchi, tarjimon. Mirob oilasida tugʻilgan. Xiva madrasalarida tahsil koʻrgan. Arab, fors, turk tillarini puxta egallagan. Xorazmning mashhur shoir va olimlari, adabiyot muxlislariningsuhbatlarida ishtirok etgan. Sharq klassiklari asarlari, ayniqsa, Navoiy ijodini qunt bilan oʻrgangan. 1829-y. da amakisi va ustozi Munis vafot etgach, Xiva xoni Olloqulixon (1825—42) Ogahiyni Munisning oʻrniga mirob etib tayinlagan. Shu davrdan eʼtiboran Ogahiy xalq hayoti va saroy ishlari bilan shugʻullangan. Qizgʻin ijtimoiy-siyosiy meh-nat bilan mashgʻul bir paytda otdan yi-qilib, oyogʻi «shakarlang» (shol) boʻlib qolgan (1845). 1857-y. dan miroblik va-zifasidan isteʼfo bergan. Umrining oxirigacha moddiy muhtoj, gʻamgin, kasalmand ahvolda kun kechirgan.
Ensiklopediya.uz
OGAHIY