OGʻIR SANOAT
OGʻIR SANOAT — i. ch. vositalari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoklari guruhi. Ogʻir sanoat undirma sanoat tarmoqlarining barchasini va ishlov beruvchi sanoatnint bir qismini oʻz ichiga oladi. Unga elektroenergetika, yoqilgʻi sa-noati, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, kimyo, neft kimyosi, yogʻochsozlik, qogʻoz-sellyuloza, qurilish materiallari sanoati va b. kiradi. Ogʻir sanoat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi, xalq xoʻjaligini kengaytirilgan i. ch., texnika bilan qurollantirish, mamlakat mudofaa qudratini yuksaltirish, xalq farovonligini oʻstirishning negizi hisoblanadi.
Ensiklopediya.uz
OGʻIR SANOAT