OGʻA MIRAK
OGʻA MIRAK Isfahoniy (16-a.) — naqqosh, musavvir; Tabriz miniatyura maktabining yirik vakili, Kamoliddin Behzodntg shogirdi. Ogʻa Mirak yaratgan moʻjaz asarlar mujassamotining uygʻunligi, nafisligi, qismlarining nozik ishlanishi bilan ajralib turadi. Asarlari Rossiya milliy kutubxonasi («Ikki ajdar olishuvi»), Londondagi Britaniya muzeyi («Majnun hayvonlar orasida») va b. toʻplamlarda saklanadi. Nizomiyning «Xamsa» asarining 1520-y. da koʻchirilgan qoʻlyozmasiga 5 ta hamda 1539 —43 y. larda koʻchirilgan qoʻlyozma-siga moʻjaz rasmlar ishlagan.
Ensiklopediya.uz
OGʻA MIRAK