ODOB

ODOB

ODOB (arab. — adab soʻzining koʻpligi) — jamiyatda eʼtirof etilgan xulq normasi. Shaxs maʼnaviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va oʻzgalar b-n munosabat (oila, mehnat ja-moasi, turli marosimlar)da namoyon boʻladi. Odob negizida axloqning baʼzi tamoyil va meʼyorlari, shuningdek, maqsadga muvofikdik va goʻzallik (estetika) talablari yotadi. Odob kishining jamoat orasida oʻzini qanday tutishi, odamlar bilan qay yoʻsinda muomala qilishi, oʻz turmushi, boʻsh vaqtini qanday tashkil etishi, inson tashqi qiyofasi qanday boʻlishi lozimligiga tegishli qoidalar (mas, sharm-xayo, kamtarlik, xushmuomalalik, ozodalik singarilar)ni oʻz ichiga oladi. Insonning diniy eʼtiqodi uning Odob li boʻlib kamol topishiga samarali taʼsir koʻrsatadi. Odob taʼlimtarbiya, amaliy tajriba jarayonida shakllanadi.

Ensiklopediya.uz
ODOB