ODESTON tabletka
Odeston tabletka #Одестон таблетка ?DORI SHAKLI : ? Tabletka ?TARKIBI : ? Gimekromon — 200 mg dozada. ?TA’SIRIGA KO’RA ? O’t haydovchi va spazmolitik ta’sirga ega vosita. ?QO’LLANILISHI ? — O’t suyuqligini ajralishini normallashtiradi. — O’t yo’llari torayib qolganda , kengaytirib o’t ajralishini ta’minlaydi. — Surunkali xolesistitda , xolangitda va xolelitiazda buyuriladi. — O’t yo’llari va o’t qopida o’tkazilgan operatsiyalardan keyingi davrlarda buyuriladi. — Ishtaha susayganda , ko’ngil aynish va qusishda o’t qopi va suyuqligi funksiyasi buzilishi sabab bo’lgan holatlarda buyuriladi. — O’t safro suyuqligini hosil bo’lishini oshiradi va uni o’t yo’llari orqali ajralishini yaxshilaydi. — O’t qopida safroni dimlanishini kamaytiradi. — Xolesterinning to’planishini va o’t toshlarining hosil bo’lishini kamaytiradi. — O’t suyuqligi ajralmaslik oqibatidagi qabziyatlarda buyuriladi. ?QO’LLASH USULI VA DOZASI ? Ovqatdan yarim soat oldin qabul qilinadi. Kattalarga kuniga 1 tabletkadan 3 mahal buyuriladi. Davolanish kursi — 2 — 3 hafta . 7 yosh va undan kattalarga kuniga 1 tabletkadan 1 — 3 mahal buyuriladi. Davolanish kursi 2 — 3 hafta. ?NOJO’YA TA’SIRI ? — Diareya ( ich ketishi ). — Meteorizm ( qorinda dam bo’lishi ). — Qorinda og’riq kuzatilishi mumkin. — Bosh og’rigi va allergik reaksiyalar ham kuzatilishi mumkin. ❌QO’LLASH MUMKINMAS ? — Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda. — Buyrak va jigar yetishmovchiligida mumkin emas. — Yarali kolitda va kron kasalligi kabi ichak kasalligida . — Me’da ichak va 12 barmoq ichak yara kasalligida mumkin emas. — Gemofiliyada ( qon ketganda to’xtovsiz ketishi ) kabi xolatlarda mumkin emas. — 7 yoshdan kichik bolalarda mumkin emas. ▶Homiladorlik davrida shifokor bilan maslahat qiling . ▶Tabletkalarni ikkiga bo’lish mumkin emas. ?NARXI ? ? 50 taligi — 84 000 so’m ?Qo’llash — retsept bilan ?Ishlab chiqaruvchi — Polsha @FARMAKOLOGIYA_TTA @KANAL_MUNDARIJASI ,, ТАБЛЕТКА » kanaliODESTON tabletka
DO`STLARGA ULASHING:
?ADMIN MASLAHATI ?
ODESTON tabletka