Odamlardagi gijja — turlari, yuqishi, ulardan qutulish, gijja mavjudligi belgilari, davolash
Zamonaviy jamiyatda gijjalar hali ham keng tarqalgan. Gijjalar ayniqsa bolalar, ovchilar, baliqchilar va ularning oilalarida, shuningdek, qishloq joylarda yashovchi kishilarda ko’p uchraydi.
Gijjalar — bu bir qator parazit chuvalchanglar bo’lib, hayvon va o’simliklar hisobiga yashaydi, ularning ichida rivojlanadi va ko’payadi. Insonlar ham bundan istisno emas. Faqat bizning mamlakatimiz hududida parazitlarning 60 dan ortiq turli mavjud. Statistikaga ko’ra, yer sayyorasining har uchinchi insoni qurt-parazitlar tomonidan zararlangan. Taxmin qilinishicha, dunyoda hayoti davomida biron marta gijjasi bo’lmagan kishi yo’q, har bir kishi hech bo’lmaganda bir marta zararlanadi.
Ota-onalar farzandlari sog’lig’iga qanchalik e’tibor qaratishmasin, qo’llari tozaligini qancha nazorat qilishmasin, ularni gijjalardan (ostritsalardan) himoya qilish deyarli imkonsiz. Bolalar tashqi muhitni o’rganishadi, tabiat ularda qiziqish uyg’otadi. Ular hamma narsaga teginib, uni tatib ko’rishni istaydilar. Baliq va yovvoyi hayvonlar va qushlarning go’shtini yeydiganlar, xonaki sut ichidaginalarda trixinellyoz va difillobotrioz bilan kasallanish xavfi mavjud.
Zamonaviy tibbiyot ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, ko’plab kasalliklar gijjalar mavjudligi bilan bog’liq. Masalan, parazitlar bilan uzoq vaqt davomida kasallanganlik bilan onkologiya o’rtasidagi aloqa klinik jihatdan isbotlangan. Insonlarda gijjalar borligini ko’rsatadigan belgilar ko’pincha shifokorlar va bemorlar tomonidan noto’g’ri talqin qilinadi. Ular oshqozon-ichak tizimining mavjud bo’lmagan kasalliklarini davolashga kirishadilar. Bemorlar holsizlikdan shikoyat qilib, uzoq vaqt davomida shifokorma-shifokor yurishlari mumkin. Ular keraksiz dori-darmonlarni qabul qilish orqali vaqt, pul va hatto sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatadilar. Natijada, shifo faqat alomatlar sababini bartaraf etish bilan keladi. Tegishli davolanishdan so’ng, barcha simptomlar bemorni tashvishga solmaydi.
Ushbu maqolada siz quyidagi savollarga javob topasiz:
- Qanday qilib gijjalarni yuqtirib olasiz?
- Gijjalar bilan zararlanganlikni qanday belgilar orqali bilib olish mumkin?
- Insonlarda gijja mavjudligining qanday belgilari bor?
- Gijjalar tananing qayerida yashaydi?
- Insondagi gijjalar alomatlari qanday?
- Gijja tuxumlarini aniqlash uchun qanday tekshiruvlardan o’tish kerak?
- Gijjalardan qanday qutulish mumkin?
Gijjalar qanday yuqadi
O’zingizni himoya qilish uchun siz gijjalar tuxumi qanday tarqalishi va yuqishining 4 usulini bilishingiz kerak:
- Tuproq va suv orqali — geogelmintoz. Ular qum, tuproq va suvda rivojlanadi, so’ngra inson tanasiga kiradi va u yerda tuxum qo’ya boshlaydi. So’ngra gijja tuxumlari najas bilan tashqi muhitga ajralib chiqadi va yangi insonni kasallash uchun o’z vaqtini kutadi. Yaxshi yuvilmagan meva va sabzavotlarni iste’mol qilish, iflos qo’llar, taomga chang tushishi insonga geogelmintlar yuqishiga olib kelishi mumkin. Parazitlarning ayrim tuxumlari inson organizmiga oyoq va tovon terisi orqali kiradi.
- To’g’ridan-to’g’ri aloqa orqali. Uy hayvonlari va odamlardagi gijjalar qo’llar, o’yin davomida, qo’shma faoliyat orqali yuqadi.
- Zararlangan hayvonot manbalaridan olingan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish — biogelmintoz. Xom va yomon ishlov berilgan go’shtni iste’mol qilish (shashlik, cho’chqa go’shti, go’sht konservalari, uy sharoitida ovlangan va tayyorlangan hayvonlar) va baliq (sushi, quritilgan baliq, baliq konservalari) potentsial xavflidir. Ichak infektsiyasi va biogelmintlar bilan kasallanish ehtimoli mavjud.
- Hasharot chaqishi bilan. Bunday yuqish kam uchraydi. Bunga ichak miazi, kantariaz va skolekiyaz kiradi. Shuningdek, gijja tuxumlari va hasharotlarning lichinkalarini adashtirmaslik kerak, hasharotlar ham shuningdek hayvonlar va inson terisining tagiga lichinka qo’yadi (masalan, gadfly larva).
Gijja tarqalishining asosiy mexanizmlari
Tuproq, qum va boshqa turdagi zamin gijja tuxumlari uchun eng xos yashash muhitidir. Mevali o’simliklar doimo yer bilan aloqa qiladi. Ko’katlar, meva va sabzavotlar terib olinish jarayonida ishchilar qo’llari, sabzavot do’konlarining changli rastalari, yuk tashish transportlari bilan aloqa qiladi. Bunday hollarda parazit tuxumlari bilan mahsulotni zararlanishi ehtimoli juda yuqori bo’ladi. Shuning uchun, o’simlik mahsulotlarni oqar suv ostida yaxshilab yuvish, keyin qaynoq suv bilan yuvish kerak.
Ayniqsa uy hayvonlari avval ko’chada yurib, keyin uyga kiradigan qishloq sharoitida hushyor bo’lish kerak. Bir kecha sayrdan keyin mushuk yoki it uyga qancha rasvolik kiritish mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Chivinlar va suvaraklar ham gelmint tuxumlarini tashuvchilardir. Oziq-ovqat mahsulotiga o’tirib, hasharotlar sizning ovqatingizni zararlashi mumkin. Tuproq va qum bilan har qanday aloqa qilish inson tanasiga gijja tushishiga olib kelishi ehtimolli. Shuning uchun qo’llarni yaxshilab, ayniqsa tirnoqlar osti bilan yuvish kerak. Xususan, bu bolalar uchun qo’llaniladi.
- Odamdan odamga. Parazit yuqishining bu mexanizmi yuqori samaradorlikka ega. Misol uchun, ostritsalar kechki payt anus atrofida tuxum qo’yadi. Bola uyqu holatida, tuxum qo’yilgan joyni qashiy boshlaydi, chunki bu yerda qichish boshlanadi. Minglab tuxumlar kiyimga, to’shakka, ertalab esa bola yuz-qo’lini yuvguniga qadar tegingan barcha narsaga tushadi, masalan eshik dastasiga. Natijada, butun oila infektsiya tahdidiga duchor bo’ladi.
- Suv bilan aloqa qilish. Ochiq suv havzalarida ko’plab gijjalar mavjud. Cho’milish va tasodifan suvni yutib yuborish zararlanish ehtimolini tug’diradi.
Bolalarga gijja yuqishi ehtimoli kattalarga qaraganda ancha yuqori. Buning sababi bolalar tanasi yaxshi himoyalanmaganligi (himoya mexanizmlari shakllanish bosqichida bo’ladi) va bolaning tashqi muhit bilan aloqa qilishda faol ishtirok etishi. Ota-onalar farzandlarini shaxsiy gigiena qoidalariga o’rgatish uchun ancha harakat qilishlari kerak. 6 yoshgacha bo’lgan bolada zararlanishning yuqori xavfi mavjud. Statistikaga ko’ra, 4-5 yoshdagi bo’lgan bolalarning 95 foizga yaqini gijjalar bilan kasallanadi. Shuning uchun profilaktikaga alohida e’tibor berilishi kerak.
Ko’p turdagi gijjalar tananing ichida yashaydi, faqat u yerda tuxum qo’yadi va ma’lum bir muddatdan so’ng ular nobud bo’ladi. Misol uchun, ostritsalar 6-8 hafta, askaridalar 1 yilgacha yashaydi. Tanadagi parazitlar soni tashqaridan yangi tuxum tushishi bilan ortib boraveradi. Davolash qurtlardan tezroq qutulish va ichaklarda tuxum qo’yishni to’xtatish imkonini beradi. Gijjalar bilan ishg’ol qilingan bolalarni dori-darmonlarsiz davolash deyarli imkonsiz. Yangi gijja tuxumlari doimo og’izga tushib, bolaning tanasidagi shundoq ham k’p bolgan gijjalar safini to’ldirib boraveradi.
Qanday belgilarga ko’ra gijja mavjudligini aniqlash mumkin?
Insonlarda gijja paydo bo’lishining alomatlari aniq va yashiringan bo’ladi. Aniq belgilarga «sababsiz» vazn yo’qotish, teri rangining ochligi (teri anemiyasi), surunkali charchash, anal teshigi atrofidagi kechki qichishish misol bo’la oladi. Ushbu alomatlar hammaga yaxshi ma’lum va zararlanganlikni ko’rsatadi.
Bir qator hollarda gijja yuqishi oqibatdia ichki a’zolar kasalliklari kuchayishi, ilgari namoyon bo’lmagan kasalliklarning paydo bo’lishi kuzatiladi. Bu yashirin alomatlar hisoblanadi. Kishi turli xil kasalliklarni davolashga kirishadi, ammo asosiy sababga e’tibor bermaydi. Davolash esa natijasiz bo’ladi. Bunday holatlarga misollar:
- Yuqumli kasalliklar immunitet darajasining pasayishi natijasida yuzaga keladi. Parazitlar inson tanasida ko’p miqdorda oziqa moddalarini iste’mol qiladi, toksik moddalar chiqaradi. Bunday holatlar bemorning immunitetini sezilarli darajada kamaytiradi. Surunkali kasalliklarning kuchayishi, burun-halqumda turli xil yallig’lanish jarayonlari boshlanishi mumkin. Gaymorit yoki stomatitni standart usulda davolash samarasiz bo’lishi qayd qilinadi. Kasalliklarning asosiy sababini bartaraf qilish muhimdir. Qizlar va ayollarda bachadon tanasining yallig’lanish jarayonlari, vulvovaginit, vaginozlar boshlanishi mumkin. Xalq udumlari ta’kidlaydi: agar kishi tushida tishini g’ijirlatsa yoki xurrak otsa, uni gijjalardan davolash kerak. Ammo bu ma’lumot tibbiyot fanlari tomonidan tasdiqlanmagan.
- Tananing umumiy zaharlanishidan kelib chiqqan holsizlik.Kishida gijjalar qancha ko’p bo’lsa, ular shunchalik ko’p zararli moddalar ishlab chiqaradi. Bu kattalar va bolalar salomatligi va asab tizimiga salbiy ta’sir qiladi. Bunga misol, bosh og’rig’i, bosh aylanishi, bo’g’imlardagi og’riq. Ko’ngil aynishini yengib o’tib, odam og’riq qoldiruvchi dori ichadi, ammo og’riq qisqa vaqt ichida yana qaytadi: chunki kasallikning sababiga e’tibor berilmayapti. Bolalarda asab tizimidagi faoliyatning buzilishi bezovtalik, befarqlik, agressiya bilan birga kechadi. Farzandingiz yomon yotsa, tushida gapirsa, qo’rqinchli tushlar ko’rsa, fanlarni o’zlashtirishi tushib ketsa, demak, gelmintozning oldini olish vaqti kelibdi.
- Allergik reaktsiyalar, teri patologiyasi.Gijjalarning hayotiy faoliyati mahsulotlari allergenlar sifatida qabul qilinadi. Teri reaktsiyalari (toshma, qichima, donachalar, terining quruqlashishi) — bu allergiya boshlanishi bilan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan eng minimal alomatlar. Tananing boshqa umumiy reaktsiyalari boshlanishi mumkin: astma, rinit, yo’talning kuchayishi. Ba’zida gijjalarni yuqtirish sochlarning to’kilishiga va mo’rt bo’lishiga, tovondagi terining yorilishiga, tirnoqlarning qavatlashishiga olib keladi.
- Oshqozon-ichak buzilishlari.Zararlanganlik jiddiyligiga qarab alomatlar buzilishlarning yengil va og’ir shakllarida kechishi mumkin. Biroz ko’ngil aynishi va ich ketishdan tortib, surunkali meteorizm, qabziyat (ich qotishi), qayt qilish, qovurg’a osti va kindik atrofidagi og’riqlarga qadar. To’qimalardagi gijjalar ichak parazitlari kabi ovqat hazm qilish tizimiga ta’sir qilmaydi.
Parazitlar qaysi organlarda yashashi mumkin?
Gijja parazitlari donor tanasining qay sohasida faolligiga qarab ikki toifaga bo’lingan.
- Gastrointestinal — me’da-ichak tizimning turli bo’linmalarida yashovchi gijjalar. Ichak parazitlarining 100 ga yaqin turi va ichakning har bir qismi uchun o’nlab tur mavjud. Ingichka ichakda askaridlar, antilostlar, keng tasmalilar va boshqa ularning «qarindoshlar»i yashaydi. Ingichka ichak kichik tasmali ostritsalar va boshqalar bilan «yashash joyini bo’lishadi». Tibbiy adabiyotda bir kishi turli xil parazit turlari bilan bir vaqtning o’zida zararlanganligi hollari ham bayon qilingan.
- To’qimalar — gijjalar a’zolarda, to’qimalarda va hatto qonda joylashgan. Zamonaviy tibbiyot paragonimoz (o’pka), sistitserkoz (miya), exinokokkoz (jigar) va filyarioz (limfatik tomirlar) bilan muvaffaqiyatli kurashib kelmoqda. Ba’zi gijjalarning lichinkalari qon tizimi orqali organizm bo’ylab harakatlanib, har qanday a’zoga tasodifiy birikishi mumkin. Agar tuxumlar ko’p bo’lsa, butun organizmni zararlashi mumkin.
Parazitlar turiga qarab gijjalar belgilari
Odamlarda turli xil gijjalar bilan kasallanganda yuzaga keladigan alomatlar farq qiladi. Parazit infektsiyaning davomiyligi va kuchini, bemorning infektsiyadan oldingi holatini hisobga olish kerak. Quyidagi jadvalda odamlarda gijjalar turi mavjudligiga qarab asosiy belgilari tahlil qilinadi.
Parazit turi (kasallik) | Yuqish yo’li | Alomatlari | Alomatlar paydo bo’lish vaqti |
Ostritsa (enterobioz) | O’simlik mahsulotlari iste’moli orqali. | Orqa chiqaruv teshigi atrofida kechki qichishish, najasda parazitlar mavjudligi, kindik sohasida keskin, qisqa muddatli og’riqlar. | Yuqganidan 2-3 kun o’tib |
Qilbosh gijja (trixotsefalyoz) | Antisanitariya sharoitlarida tayyorlangan oziq-ovqatlar orqali. | Alomatlar faqat jiddiy zararlanganlikda seziladi: ich ketishi, qorindagi og’riqlar, ishtahaning buzilishi, appendiksning yallig’lanishi. Bolalar o’sishdan to’xtab qolishi, to’g’ri ichak tushib qolishi mumkin. | Bir necha hafta |
Keng tasmasimon (difillobotrioz) | Zararlangan baliqni yeyish. | Ushbu parazit bemor ichida 25 yilgacha yashashi mumkin. Ichakning mexanik jarohatlari, avitaminoz, ichak o’tkazmasligi, organizmning intoksikatsiyasi, allergiya. | Bir necha hafta |
Yumaloq chuvalchang (ankilostomidoz) | Zararlangan tuproqda yalangoyoq yurganda. | Parazit kirgan sohada qichishish, shish va qizarish. Yo’tal, balg’am ajralishi, bronxlar va o’pka shikastlanishi . Holsizlik, bosh aylanishi. Ayollarda hayz sikli buziladi. Erkaklarda – impotentsiya. | Bir necha kun |
Askarida (askaridoz) | O’simlik mahsulotlari iste’moli orqali. | Ichaklardagi og’riq, peritonit, bronxit, pnevmoniya, jigar, me’da osti bezi kasalliklari. Oshqozon-ichak traktidan qizilo’ngach yoki nafas yo’llariga o’tib, bo’g’ilishga sabab bo’lishi mumkin. | 3 oy atrofida |
Trixinella (Trixinellyoz) | Yaxshi ishlov berilmagan go’sht orqali. | Ko’ngil aynishi, jig’ildon qaynashi, ich ketishi. | 2 kun |
Fastsiola (fastsiollez) | O’simliklar va suv. | Isitma, quruq yo’tal, ishtahaning pasayishi, qorindagi og’riqlar. | 2-4 hafta |
Organizmda gijja borligini bilish uchun qanday sinovdan o’tish kerak?
Gijja borligini aniqlashning bir necha yo’li mavjud. Poliklinikada sizga so’lak, najas va qon tahlili topshirish tavsiya etiladi. Yuqumli parazitlar bilan infektsionist va parazitologga murojaat qilinadi. Ularga yo’llanmani terapevtdan olish mumkin. Bolalarga pediatr tomonidan beriladi. Uyingizda o’z sog’lig’ingizga tayangan holda hulosa chiqaring. Quyida zararlanganlik omillari ro’yxati keltirilgan, u shunday tuzib chiqilganki, agar sizda ushbu belgilarning 7 ta va undan ko’pi mavjud bo’lsa, gijja yuqganligi ehtimoli yuqori bo’ladi. Sizning holatingizga mos keladigan belgilarni hisoblang:
- Ko’pincha orqa chiqaruv teshigida qichishish paydo bo’lishi;
- Teri ustida donachalar va dog’larning paydo bo’lishi;
- Bosh og’rig’i, bosh aylanishi hollari tez-tez uchraydi;
- Kutilmaganda tez-tez ko’ngil aynishi. Zaharlanishsiz qusish;
- Ichaklar tartibda emas (gazlar, og’riq, ich ketishi, ich qotishi);
- Uyquning buzilishi, uyqusizlik;
- Oyoqlarning to’satdan shishishi;
- Yo’tal, bronxit, astmatik xurujlar, teri reaktsiyasi kabi allergiya;
- Limfa tugunlarining yallig’langan yoki kengayganligi;
- Tezda o’tib ketadigan og’riqlar;
- Ovqatlanishlar orasida og’izda achchiq ta’m sezish;
- Zaiflik, ma’lum sabablarsiz charchash;
- Siz maktabgacha yoshdagi bolalar bilan aloqada bo’lasiz, siz bolalar muassasalariga tashrif buyurasiz;
- Kasalliksiz tana haroratining ko’tarilishi;
- Teri va shilliq to’qimalar odatdagidan ko’ra sariqroq ko’rinishi;
- Siz doimiy aloqa qilib turadigan uy hayvoni mavjudligi;
- Zo’riqish bo’lmaganida ham mushaklar va bo’g’imlarda og’riq;
- Kechki xurrak otish va tishlarni g’ijirlatish;
- Oxirgi bir necha oy ichida siz quritilgan baliq, cho’chqa go’shti va boshqa yaxshi ishlov berilmagan go’sht mahsulotlarini tanovul qilganligingiz;
- Siz parhezsiz va turmush tarzingizda hech qanday o’zgarishsiz vazn yo’qotishingiz;
- Ba’zan sabzavot va mevalarni to’g’ridan-to’g’ri bog’dan yoki do’kondan olib yeysiz va ularni qaynoq suv bilan yuvmaysiz.
Agar sizda gijja bilan kasallanish ehtimoli mavjud bo’lsa, profilaktik parvarish qilish va davolanishni boshlash kerak. Bu haqida quyida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Gijjalardan qanday qutulish mumkin?
Mustaqil davolanishni boshlash tavsiya etilmaydi. Mamlakatimizda 60 ga yaqin gijja turlari keng tarqalgan va ularning har biri uchun tegishli dorilarni tanlash kerak. Odatda shifokorlar gelmintlarning turiga qarab 10 turdagi dori va ularning analoglarini qo’llashadi. Ushbu dorilar bemorning tanasiga yengil detoksikatsiya qilish xususiyatiga ega.
Asosiy dori (ta’sir qiluvchi modda) | Chiqarilish shakli | Analogi | Chiqarilish shakli |
Piperazin (Piperazin adipat) | Tabletka | Piperazin-Darnitsa | Ichish uchun eritma [bolalar uchun], tabletkalar |
Pirantel | Ichish uchun suspenziya, qobiq bilan o’ralgan tabletka | (1) Gelmintoks,(2) Kombantrin,(3) Nemotsid | (1) Ichish uchun suspenziya, qobiq bilan o’ralgan tabletka.(2) Ichish uchun suspenziya, qobiq bilan o’ralgan tabletka.(3) Ichish uchun suspenziya, qobiq bilan o’ralgan tabletka. |
Mebendazol | Tabletka, suspenziya, bolalar siropi | Vermoks, Vermakar, Mebeks, Vero-Mebendazol, Termoks, Vormin | Tabletka, Suspenziya, Bolalar siropi |
Albendazol | Tabletka | Nemozol, Gelmodol-VM, Vormil | Tabletka, Suspenziya, Bolalar siropi |
Levamizol | Tabletka | Dekaris | Tabletka |
Karbendatsim | Tabletka | Medamin | Tabletka |
Shu sababli, dori-darmonlarni qo’llash, barcha tahlillar amalga oshirilganda va parazitlar turi aniqlanganda boshlanishi kerak. Gijja tuxumlariga ta’sir qiluvchi ba’zi dorilar katta gijjalarga ta’sir qilmaydi va aksincha. Shuning uchun, mustaqil davolash bilan shug’ullanganda, dori vositasi ko’rsatmalarini diqqat bilan o’qib chiqing.
Odatda gelmintik kasallanishlarda 2-3 marta takroriy davolanish kursi tayinlanadi. Buning sababi infektsiyani qaytalanish ehtimoli yuqoriligidir.
Gijjaga qarshi dorilar→
Inson parazitlari haqida qiziqarli ma’lumotlar
- JSST ma’lumotlariga ko’ra, har yili taxminan 3 milliard odam gijjalar bilan zararlanadi. Enterobiozdan 1,2 milliard, ankilostomozdan 0,9 milliard, trixotsefalyozdan (qilbosh gijjadan) 0,7 milliard odam aziyat chekadi, bu esa rasmiy statistikadir!
- Yevropa mamlakatlarida har uchinchi fuqaro tanadagi ichak parazitiga ega;
- Rossiyada insonlar gripp va parazitlardan teng miqdorda aziyat chekadi;
- Parazitlar mavjudligining jiddiy bosqichlarida bir kishi kuniga 500 ml qon yo’qotadi. Shu sababli holsizlik va surunkali charchoq boshlanadi;
- Ba’zi parazitlar miya, ko’z qovoqlari, suyak iligiga kirib borib, u yerda 30 yilgacha yashashi mumkin. Masalan, sistiserk;
- Ayol askaridalar kuniga 240 000 ta tuxum qo’yadi. Doimiy qayta zararlanish odamni birinchi martayoq davolanishda tuzalib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Davolashning takroriy kurslari kerak;
- Parazitlarning hayotiy faoliyati — zahar va toksinlar inson sog’lig’iga kuniga 24 soat zarar keltiradi;
- Ba’zi turdagi tasmasimon chuvalchanglar 12 metrgacha uzun bo’lishi mumkin. Ba’zan u inson ichaklarining to’silib qolishiga sabab bo’ladi;
- Qovoq urug’lari dorilarga murojaat qilmasdan gijjalarni davolashga yordam beradigan kukurbitinlarni o’z ichiga oladi. Bolalarga ko’pincha gijja bilan zararlanishni oldini olish uchun qovoq urug’i beriladi;
- Har 3 oyda uy hayvonlarini davolash kerak. Shunda siz o’zingizni va bolalaringizni parazitlardan himoya qilasiz.
- Eshik dastalarida gijja tuxumlari 6 oygacha saqlanib turishi mumkin;
- Zararlangan it parazit tuxumlarini 5 metr radiusda nafas chiqarish yo’li bilan tarqatadi;
- Oshqozon va ichakda erib, hazm bo’lib ketmasligi uchun, gijjalar va ularning tuxumlarini himoya uchun antienzimlar ishlab chiqaradi;
- Trixinella tuxum qo’ymaydi, u tayyor qurtlarni hosil qiladi. Shuning uchun, laboratoriyada ushbu parazit mavjudligini aniqlash mumkin emas;
- Zararlanganlikni aniqlash uchun eng samarali tahlil immunofermentiv tahlildir. Axlatni tahlil qilish ishonchli ma’lumot bera olmaydi.
Xulosa qilish kerakki, gijja infektsiyalarining muntazam profilaktikasi, hatto arzon dorilar bilan ham, butun oilani himoya qilishga yordam beradi. Qo’llar va tananing gigiyenasiga mas’uliyatli bo’ling, iste’mol uchun oziq-ovqatni hushyorlik bilan tayyorlang. Bolalar va chorva hayvonlarini parazitlar uchun doimiy tekshirtirish kerak.
Kasalliklar
davolash, gijja mavjudligi belgilari, Odamlardagi gijja — turlari, ulardan qutulish, yuqishi