Odam va uning salomatligi 8 sinf

Odam va uning salomatligi 8 sinf

Ushbu video darslikda siz tayanch-harakatlanish sistemasi a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi bilan tanishib chiqishingiz .

Homila jinsini aniqlash kalendari. Xitoy taqvimi va boshqa usullar

Homila jinsini aniqlash kalendari. Bo’lg’usi onalar har doim ham farzandlari qiz yoki o’g’il tug’ilishini oldindan bilishga harakat qilishgan. Homila jinsini aniqlash zamonaviy tibbiyot uchun murakkab narsa emas. Ultratovush (UZI) aparati bolaning jinsini homiladorlikning 15-17 haftalaridan boshlab aytib berishi mumkin. Lekin bu davrda homila endi rivojlanayotgan bo’ladi, jinsiy a’zolarini aparat ekranida aniq ajratib va tanib olish qiyin vazifa. O’zingiz ekranga ko’z tashlaganingizda hech narsani ajrata olmasdingiz. Shuning uchun ham bazida hattoki, ultratovush aparati ham noto’g’ri natija beradi. Bu UZI aparatining aybi emas balki, mutaxassis adashganini bildiradi. Faqat homiladorlikning 30-haftalariga kelibgina bo’lg’usi farzandning kim bo’ib tug’ilishini ultratovush yordamida katta aniqlik bilan aytish mumkin.

Yuqorida usul tibbiyotdagi eng ishonchlisi bo’lsa ham ko’pchilik, bo’lg’usi onalarni qoniqtirmaydi. Bunga eng katta sabab ultratovush homila jinsini oldindan aytib bera olmasligidir.

Homila jinsi nimaga bog’liq?

Zamonaviy tibbiyot tan olgan hech qanday usul yolki fan bilgan biron bir bilim farzandning kim bo’lib tug’ilishini oldindan aytishga ojizdir. Qolaversa, ilmiy qarashlarga ko’ra, o’g’il yoki qiz tug’ilishi umuman ayol kishiga bog’liq emas. Faqat erkak kishi urug’ suyuqlikidagi spermatozoidalarga bog’liq bo’lar ekan. Maktabda biologiya darsligidan eslasangiz kerak, ayollarning tuxum hujayralarida faqat bir xil «X » xromosomalar bo’ladi. Erkaklarda esa 2 xil «X» va «Y» xromosomali spermatozoidlar, urug’ hujayralari mavjud. Yangi hayot paydo qilish paytida erkakdan ayol tuxum hujayrasiga shu ikki xromosomadan biri o’tadi. Natijada «XX» bo’lsa qiz, «XY» kombinatsiya hosil bo’lsa o’g’il farzand tug’iladi. Albatta, qaysi xromosomali urug’ni berish ham erkak kishi ixtiyoriga bog’liq emas. Hammasi tasodifga bog’liq.

Homila jinsini aniqlash usullari

Tibbiyot homilaning jinsini oldindan aniqlashni iloji yo’q deb hisoblaydi. Lekin qadim zamonlardan beri shu maqsadlar bir necha usullar qo’llanilib keliniladi. Bular orasida xitoy taqvimi, yapon kalendari, qon yangilanish metodi kabi bir necha an’anaviy usullar bor. Ular turli xil manbalarga asoslangan va 100% to’g’ri natija bermaydi. Lekin ko’p ayollar bunday metodlarga ishonishadi. Nafaqat ishonishadi, balki unga qarab farzand jinsini rejalashtirishadi ham. Quyida bunday yo’llardan bir nechtasini ko’rib chiqamiz.

Bola jinsini aniqlash uchun Xitoy kalendari

Qadimgi Xitoyliklar turli xil narsalarga usta bo’lishgan, to’g’ri hozirgilari ham qadimgilaridan qolishmaydi. Rivoyat qilishlaricha ushbu kalendardan Xitoyliklar imperator oilasida o’g’il yoki qiz farzand tug’ilishini rejalashtirishda foydalanishgan ekan. Chunki hukmron dinastiyani davom ettirish uchun albatta o’g’il farzand kerak bo’lgan.

Bu kalendarga ko’ra homila jinsi ayol farzandga homilador bo’lgan vaqtidagi yoshi va bolaning tug’ilish oyiga bog’liq ekan. Quyidagi kalendarga e’tibor bering. Vertikal kataklarda bola tug’ilish oyini, gorizontal qatorlarda esa homilador bo’lish vaqtidagi ayol yoshini belgilang. Ular kesishgan nuqtada bolaning jinsi aniqlanadi. M bo’lsa o’g’il bola, D esa qiz bola.

Xalq an’analarida belgilar

Qadim zamonlardan beri xalq tabobatida va buvilar tajribasiga tayanib ham bolaning jinsini oldindan taxmin qilish mumkin. Masalan quyidagi alomatlarga asoslanib

  • O’g’il bolalar faolroq va ona qornida ko’proq harakat qilishadi.
  • Yosh ayollar ko’proq o’g’il farzand tug’ishadi
  • Bazida qorin shakliga ham e’tibor berishadi. Yumaloq qorin qiz bolani bildirar ekan
  • O’g’il farzand kutayotgan onalarda ishtaxa ancha yuqori bo’ladi
  • Ota-onalar yoshi 30 dan yuqori bo’lsa, qiz farzand tug’ilish ehtimoli ko’proq bo’ladi
  • Homiladorlik muddatlari orasida kichik farq bo’lsa, ya’ni ayol qisqq vaqt ichida 2 marta farzand ko’rsa har xil jinsli bolalar tug’ilish ehtimoli katta bo’ladi
  • Qiz bolalar onalaridan go’zallik olishi mumkin. Ko’pincha qiz farzandni ko’tarib yurish og’irroq, ayol yuzida xusnbuzarlar paydo bo’ladi. Toksikozni boshidan kechiradi.

Qon yangilanish usuli

Bu usul ham homila jinsini aniqlash kalendariga o’xshash. Faqat oylarga emas balki qon yangilanish, almashinish vaqtiga asoslangan.

Bu usulga ko’ra ota-onlardan kimning qoni «yangiroq» bo’lsa tug’iladigan farzand uning jinsida bo’ladi. Demak homiladorlik boshlanish paytida kimning erkakni yoki ayolni qoni yangiroq ekanligini xisoblab topish zarur.

Buning uchun quyidagilarni bilish zarur. Erkaklarda qon har 4 yilda, ayollarda esa har 3 yilda almashinadi. Xullas ayollar qoni 3, 6, 9 …. 18, 21, 24… yoshlarda (har 3 yoshda yangilanadi). Erilariniki esa sal uzoqroq 4, 8 …. 16, 20, 24 … yoshlarda yangilanadi. Shunga ko’ra hisoblash mumkin. Deylik ayol 21 yoshda erkak esa 25 yoshda. Unda ayol qoni aynan shu 21 yoshda yangilangan bo’sa turmush o’rtog’iniki esa oxirgi marta 24 yoshda yangilangan. Ayol qoni «yangiroq» xulosa qiz tug’iladi.

Unutmang inson qoni ko’p qon yo’qotishlardan keyin ham yangilanadi. Masalan og’ir operatsiya, katta jarohat oqibatida, 1 litrdan ko’p suyuqlik yo’qotish natijasida ham.

Xisob kitoblarga yo’q bo’lsangiz bu onlayn servisdan foydalanishingiz mumkin. Hamma hisob kitoblarni o’zi bajaradi, siz faqat tug’ilgan yillar va agar bo’lsa katta qon yo’qotish sanalarini kiritasiz.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak ushbu metodlarga qattiq ishonish kerak emas.

Odam va uning salomatligi 8-sinf 1-bilet

2. Ovqat hazm qilishning nerv va gumoral boshqarilishini tushuntiring?

3. Venadan qоn ketganda birinchi yordam ko’rsatish

1. Vatandоshlarimizni tibbiyot fanining rivоjlanishiga qo‘shgan hissalari nimadan iborat?

2. Yurak va qon tomir kasalliklari haqida ma’lumot bering?

3. Jadvalni to’ldiring.

Qon guruhlari

Qon berishi mumkin

Qon qabul qilishi mumkin

1. Nafas olishning nerv va gumoral boshqarilishini tushuntirib bering?

2. Odamda qad- qomatning shakillanishi va uning turlari.

3. Suyak singanda birinchi yordam ko’rsatish.

1. Yurakning tuzilishini tushuntirib bering

2. Shartli va shartsiz reflekslarga ta’rif bering va ularni farqini misollar asosida tushuntiring?

3. Rasmda qaysi organ tasvirlangan uning odam organizmidagi vazifasini ayting?

1. Suyaklarning tuzilishi va o’sishi.

2. Uyqu va uning ahamiyati haqida ma’lumot bering.

3. Bir dona tuxumda 12.5 gr oqsil, 12.1 gr yog’ va 0.55 gr uglevod bo’lsa, bir dona tuxumda

necha kkal energiya abo’ladi?

1. Katta va kichik qоn aylanish dоirasining mоhiyati nimadan iborat?

2. Xotira va uning turlari haqida tushintirib bering?

3. Rasmdagi raqamlarga mos ravishda eshitish organi qismlarini ketma-ketligini ayting?

1. Ko‘zning tuzilishini tushuntirib bering?

2. Oshqozonosti bezi va uning funksiyasi nimalardan iborat?

3. Teri kuyganida birinchi yordam ko’rsatish

1.Eritrositlarning tuzilishi va funksiyasi

2. Organizmda yog’lar almashinuvining o’ziga xos xususiyatlari

3. Berilgan jadval asosida musbat va manfiy hissiyotlarni aniqlang?

Hissiyot turlari

1. Orqa miyaning tuzilishi va funksiyasi

2. Immunitet va unung turlari

3. 70 kg li sog’lom odamda buyrak tana vaznining necha foizini tashkil qiladi?

1. Tibbiyot fanlarining rivojlanish tarixi

2. Leykositlarning tuzilishi va funksiyasi

3. Bir kech-kunduzgi ovqat ratsionini tuzish.

1. Odam skeletining tuzilishi

2. Organizmda korbonsuv (uglevod)lar almashinuvining o’ziga xos xususiyatlari

3.O’pkaning tiriklik sig’imini tashkil etuvchi havo miqdorini yozing?

O’pkaning tiriklik sig’imi

1. Buyrakda siydikning hosil bo’lishini tushuntirib bering?

2. Hissiyot va uning turlarini hamda sodir bo’lishini tushuntiring?

3. Quyidagi rasmda qanday hujayra tasvirlangan? Uning qismlari hamda vazifasi haqida

1. Qon va uning vazifasi

2. Qalqonsimon bez garmоnlari va ularning оrganizmga ta’siri

3. Bir daqiqada odam atmosferadan 250-300 ml kislorod qabul qiladi. Bir kecha –kunduzda

qancha kislorod qabul qilishini hisoblab toping?

1. Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi

2. Organizmda jigar qanday vazifani bajaradi?

3. Berilgan rasm yordamida terining tuzilishini tushuntirib bering?

1. Trombotsitlar. Qonning ivish jarayonini tushuntirib bering?

2. Spirtli ichimliklar va chekishning ovqat hazm qilish organlariga ta’siri

3. Raqamlar bilan belgilangan bosh miya qismlarini aniqlang ?

1. Terining tuzilishi va funksiyasi

2. Organizmda suv va mineral tuzlar almashinuvinig ahamiyati

3. Qon odamda tana massasining o’rtacha 7% ini tashkil qiladi. Agar Sardorning

og’irligi 48 kg bo’lsa, undagi qon miqdorini aniqlang ?

1. Ko’rish organlarining funksiyasi

2. Odamning nutq va fikrlash qobiliyati qanday rivojlanadi?

3. Nafas olishda ko’krak qafasining harakatini kuzatish

1.Yurak ishining nerv va gumoral boshqarilishi

2. Muvozanat saqlash organining tuzilishi va funksiyasini tushuntiring?

3. Jadvalni to’ldiring

Tashqi sekretsiya bezlari Ichki sekretsiya bezlari

Aralash sekretsiya bezlari

1. Bosh miya katta yarimsharlarining tuzilishi

2.Teri orqali sezishning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborot.

3.50 kg tana massali odam bir kecha – kunduzda ovqat hazm qilishga sarflaydigan

energiya miqdorini aniqlang?

1. Nafas olish organlarining tuzilishi

2. Ta’m bilish qanday sodir bo’ladi?

3. Tizza refleksi hosil bo’lishini kuzatish

1. O’pka va to’qimalarda gazlar almshinuvi qanday sodir bo’ladi?

2. Oshqozon- ichak kasalliklari va ularni oldini olish

3. Ko`rish o`tkirligini aniqlash.

1.Oshqozonda ovqat hazm bo’lishini o’rganish metodlari.

2. OITS haqida tushuncha bering.

3. Odam tinch turgan vaqtda bir minutda 18 marta nafas olsa o’pkaning minutlik

ventilatsiyasini aniqlang. Bir soatlik o’pka ventilatsiyasi qancha bo’ladi?

1.Buyrakning tuzilishini tushuntirib bering?

2. Organizmda oqsillar almashinuvining o’ziga xos xususiyatlari

3. Jadvalni to’ldiring?

Suvda eriydigan vitaminlar

Yog’da eriydigan vitaminlar

1.Odam gavdasi muskullari va ularning funksiyalari

2.Tishlarning tuzilishi va ahamiyati

3.Quyida keltirilgan rasm orqali katta va kichik qon aylanish doiralarini ko’rsatib

1. To‘qimalar va ularning o’ziga xos xususiyatlari

2. Nafas olish harakatlarini tushuntirib bering?

3. Jismoniy mashqlarning yurak-qon tomir sistemasiga ta`sirini aniqlash.

1. Taloqning tuzilishi va funksiyasi.

2. Qon guruhlari haqida tushuncha bering?

3. Odam tinch turganda bir minutda 16-18 marta nafas olsa, 45 minutda o’rtacha

necha marta nafas oladi?

1. Limfa sistemasining tuzilishi va vazifasini tushuntirib bering?

2. Bosh miya kasalliklari va uning kelib chiqish sabablari

3. Quyida keltirilgan rasm orqali refleks yoyi qanday hosil bo’lishini tushuntiring?

1. Sensor sistemalar (analizatorlar) va ularning funksiyalarini tushutirib bering?

2. Yassioyoqlik nima?

3. Anvar bir sutkada istemol qilgan ovqatining tarkibida 90 g uglevod bo’lsa, uning

parchalanishidan qancha kkal energiya ajraladi?

1. Buyrakda siydikning hosil bo’lishini tushuntirib bering?

2. Hiqildoqning organizmdagi ahamiyati

3. Arteriyalardan qоn ketganda birinchi yordam ko’rsatish

1. Vitaminlar va ularning odam organizmidagi ahamiyati

2. Nerv sistemasining reflektorlik funksiyasini tushuntiring

3. Qanday usullarda sun’iy nafas oldiriladi?

Fransuz tili

1. Conjuguez le verbe “naître” au passé simple.

2. La conversation sur le thème “Mon oeuvre lues”.

1. Composez quelques phrases avec les pronoms “Chaque”, et “Chacun” .

2. La conversation sur le thème “Mon rêve”.

1. Remplecez avec le pronom personnel complément indirect.

Est-ce que Louise téléphone souvent à Cristine ?

2. La conversation sur le thème “Mon jour prochain”.

1. Mettez le verbe au temps qui convient. Quand il (faire) beau et que je (être) libre,

je vais chez ma grand-mère que j’aime beaucoup.

2. La conversation sur le thème “Mon repas préféré”.

1. Expliquez l’expression Il est très malin en utilisant la comparaison comme .

2. La conversation sur le thème “Mon émission préférée” .

1. Complétez la phrase. ……. comme Crésus.

2. La conversation sur le thème “Mes opinions sur mon voyage”.

1. Utilisez les prépositions qui conviennent. . mon arrivée à Paris, je travaille

2. La conversation sur le thème “Au supermarché”.

8-BILET

1. Composez quelques phrases avec “Aucun”

2. La conversation sur le thème “Les célèbres hommes de l’Ouzbékistan”.

1. Mettez la phrase à la forme passive. Ton travail nous satisfait.

2. La conversation sur le thème “Mon métier choisi”.

1. Mettez le verbe au passé simple. Tout le monde (s’installer) et (attendre).

2. La conversation sur le thème “Mon rêve”.

1. Citez les expressions qui expriment l’interdiction.

2. La conversation sur le thème “Les célèbres sculptures”.

1. Dites la fоnction syntaxique du pronom indéfini “Chacun”. A chacun selon son

2. La conversation sur le thème “Mon écrivain (poéte) préféré”.

1. Terminez la phrase. S’il fait beau aujourd’hui . .

2. La conversation sur le thème “Dans la salle de français”.

1. Trouvez les antonyms des mots suivants. “Interdire”, “Polluer”, “Construire”.

2. La conversation sur le thème “Les fêtes de la France”.

1. Composez la phrase avec du moment que, puisque.

2. La conversation sur le thème “L’Ouzbékistan – c’est pays natal”.

1. Conjuguez le verbe vouloir au subjonctif présent.

2. La conversation sur le thème “Ma musique préférée”.

1. Utilisez les pronoms démonstratifs. C’est le problème de Nodira.

2. La conversation sur le thème “Mon hobby”.

1. Employez la conjоnction quand. Quand je (revenir) chez moi, j’ai vu man ami.

2. La conversation sur le thème “Les curiosité de l’Ouzbékistan”.

1. Terminez la phrase. Elles se ressemblent comme .

2. La conversation sur le thème “La nature et nous”.

1. Сomment passer du doute à la certitude en français ? Composer des phrases.

2. La conversation sur le thème “Le héros de mon film préféré”.

1. Finissez la phrase! Le prof sera content, si les élèves .

2. La conversation sur le thème “Les célèbres hommes de la France”.

1. Redis cette phrase à la tournure impersonnelle. Deux chevaux ont passé par ici.

2. La conversation sur le thème “Au théâtre”.

23-BILET

1. Complétez la phrase avec une proposition subordonnée. Je vous dis cela pour que

2. La conversation sur le thème “Au magasin d’alimentation ”.

1. Mettez à la voix active. Ces chansons seront interprétées par Lara Fabian.

2. La conversation sur le thème “Le monde de l’art”.

1. Continuez la phrase. Ce professeur est ennuyeux comme.

2. La conversation sur le thème “Dans la salle de français”.

1. Terminez la phrase. S’il fait beau aujourd’hui . .

2. La conversation sur le thème “Le médias”.

1. Trouvez les antonyms des mots suivants. “Interdire”, “Polluer”,

2. La conversation sur le thème “L’Ouzbékistan – c’est pays natal”.

1. Composez la phrase avec du moment que, puisque.

2. La conversation sur le thème “Les fêtes de la France”.

1. Conjuguez le verbe vouloir au subjonctif présent.

2. La conversation sur le thème “Mon hobby”.

1. Utilisez les pronoms démonstratifs. C’est le problème de Nodira.

2. La conversation sur le thème “Ma musique préférée”.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

8 sinf odam va uning salomatligi

Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz a’zolari va bilimga chanqoq do’stlarimiz! Bugundan boshlab onlayn darslarimizni .

Тарихий таом – БИҚТИРМА таоми ҳақида эшитганмисиз? | Demak-emak
Просмотров 204 45 минут назад

“Демак-емак” кўрсатуви “Маҳалла” телеканали Юртимиз қуёшли, буюк тарихий инсонлар яшаган, Буюк Ипак Йўли ўтган .

8- sinf anatomiyadan audio kitob
Просмотров 16 тыс. Год назад
8- sinf anatomiyadan audio kitob.
1-Mavzu: Odam va uning salomatligi to’g’risida umumiy tushuncha
Просмотров 85 3 месяца назад
Telegram kanalimizga ham a’zo bo’lishni unutmang: t/biosans.
Tayanch-harakatlanish sistemasi || Skelet || Suyaklar
Просмотров 108 тыс. 2 года назад

Ushbu video darslikda siz tayanch-harakatlanish sistemasi a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi bilan tanishib chiqishingiz .

BIOLOGIYA. 8-sinf biologiyasiga kirish II Odam organizmining hujayraviy tuzilishi
Просмотров 1,3 тыс. 3 месяца назад

Assalomu aleykum. Hurmatli kanal obunachilari va kuzatuvchilar videoga layk bosing, kommentariyada o’z fikringizni bildiring va .

OIV, OITS: sabablari, yuqish yo‘llari, belgilari, davolash va oldini olish

OITS (ortirilgan immun tanqisligi sindromi) – sindromi OIV (orttirilgan immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik. Kasallik inson immun tizimini o‘zgartiradi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanlikni oshiradi. Agar bu sindrom rivojlansa bu sezuvchanlik yanada oshadi.

OIV virusi odamning barcha to‘qimalarida uchraydi, zararlangan odamning organizm ichki suyuqliklari orqali yuqadi. Masalan sperma, qin ajralmasi, qon va ko‘krak suti orqali tarqalishi aniqlangan.

Bu maqolada biz sizga OIV va OITS, ularning simptomlari, sabablari va davolash haqida ma’lumot bermoqchimiz.

OIV – bu virus odamning immun hujayrasi bo‘lgan CD-4 hujayralarini zararlaydi. OITS – bu sindrom OIV virusining immun tizimiga bo‘lgan ta’siri natijasida yuzaga keladi.

OIV – bu virus.

OITS – bu organizmning immun tanqislik holati.

OITS sabablari

OIV – virusi OITS ning rivojlanishi sababidir. Ba’zi hollarda esa virus bilan zararlangan odamlarda OITS rivojlanmasligi mumkin. OITS ko‘p hollarda OIV o‘z vaqtida davolamaslik natijasida yuzaga keladi.

OIV – bu retrovirus oilasiga kiradi, organizmning muhim organlari va immun tizimi hujayralarini zararlaydi. Agar virusning rivojlanishiga qarshi antirertovirus terapiyasi olib borilmasa, virus organizmda tez rivojlanadi. Virusning rivojlanishi turli omillarga bog‘liq. Bular insonning yoshi, organizmning OIV virusdan himoya xususiyati, sog‘ligi, boshqa infeksiyalar, irsiy omillar bo‘lishi mumkin.

OIV qanday yuqishi mumkin?

Jinsiy aloqa – bu yo‘l bilan zararlangan jinsiy suyuqliklar (rektal, genital va og‘izning shilliq qavat) natijasida yuqadi. Bu holat jinsiy aloqa paytida himoya vositalaridan foydalanilmaganda, atipik jinsiy aloqa bo‘lganda, yoki ishlatiladigan ashyolar orqali sodir bo‘lishi mumkin.

Onadan bolaga – OIV bilan zararlangan ayoli farzandiga OIV virusi bilan tug‘ruq davomida, homiladorlikda, ko‘krak suti bilan oziqlantirish paytida yuqtirishi mumkin.

Qon orqali – bu yo‘l orqali yuqish rivojlangan mamlakatlarda qon quyish jarayonida ko‘proq sodir bo‘ladi. Bu holatda tomir ichiga yuboriladigan narkotik shprislarini o‘zgartirmasdan yoki zararlangan shpirslar orqali yuborilganda zararlanish kuzatiladi.

OITS belgilari

OIV ning belgilari asosan ikkilamchi infeksiyalar bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar bilan zararlanish natijasida yuzaga chiqadi. Agar odamning immun tizimi sog‘lom bo‘lsa, bu holat rivovlanmasligi ham mumkin.

OIV ning boshlang‘ich belgilari

Ba’zi OIV bilan zararlangan insonlarda kasallikning belgilari oylab, hatto yillab ham kuzatilmasligi mumkin. 80% holatda virus bilan zararlangandan so‘ng 2-6 haftadan so‘ng gripp bilan zararlangan holatdagi belgilar kuzatilishi mumkin. Buni o‘tkir retrovirus sindromi deyiladi.

OIV boshlang‘ich simptomlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Yuqori harorat;
  • Qaltirash;
  • Bo‘gimlarda og‘riq;
  • Mushaklarda og‘riq;
  • Tomoq og‘rig‘i;
  • Tunda ko‘p terlash;
  • Bezlarning kattalashuvi;
  • Tanada qizil rangli toshmalar;
  • Tez charchash;
  • Tezda vazn yo‘qotish.

Shuni yodda tutish kerakki yuqoridagi belgilar faqatgina OIV virusning o‘zi bilan emas, balki ikkilamchi viruslar bilan zararlangan keyin yuzaga keladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Shamollashmi yoki allergiya?

Belgisiz OIV

Ko‘p hollarda OIV bilan zararlangan insonlarda birinchi zararlanish belgisidan so‘ng ko‘p yillar davomida hech qanday belgilar kuzatilmasligi mumkin. Bu vaqt oraliqda virus ko‘payadi va immun tizimi va organlarni zararlaydi. Agar OIV virusini virusga qarshi dori vositalarni qo‘llanmasa, organizm immun tizimi o‘rtacha 10 yil faoliyat ko‘rsatishi aniqlangan. OIV bilan zararlangan insonda hech qanday belgilar yuzaga chiqmaydi, o‘zini yaxshi his qiladi, sog‘lig‘idan shikoyat qilmaydi.

Antiretrovirus preparatlarini har kuni qabul qiladigan insonlarda virusning ko‘payishi butunlay to‘xtashi mumkin. Antiretrovirus preparatlari immun tizimiga doim zararli ta’sir ko‘rsatib keladi.

Agar inson davolanmasa, OIV immun tizimining infeksiyalarga qarshi kurash qobilyatini butunlay to‘xtatadi. Inson jiddiy kasalliklarga uchraydi. Bu bosqich OITS holatidir.

Simptomlari

  • Ko‘z oldi xiralashishi;
  • Doimiy ich ketishi;
  • Quruq yo‘tal;
  • Haroratning hafta davomida 37 darajadan yuqori bo‘lishi;
  • Tungi vaqtda ko‘p terlash;
  • Doimiy charchoq;
  • Nafas qisishi;
  • Bezlar kattalashuvi;
  • Tezda vazn yo‘qotilishi;
  • Og‘iz bo‘shlig‘ida va tilda oq dog‘lar.

OIV va OITS haqidagi afsonalar

Ko‘pchilikda OIV hamda OITS yuqishi haqida noto‘g‘ri tushuncha mavjud. Quyida shu kabi uydirmalarning ba’zilarini sanab o‘tamiz:

  • Qo‘l berib so‘rashganda yuqushi mumkin;
  • Quchoqlashganda yuqushi mumkin;
  • O‘pishganda yuqushi mumkin;
  • Yo‘talganda yuqushi mumkin;
  • Bir hojatxonadan foydalanilganda yuqushi mumkin;
  • Sochiqdan foydalanilganda yuqushi mumkin;
  • Oshxona jihozlaridan yuqushi mumkin;
  • Reanimatsiyada yuqushi mumkin.

OITSni aniqlash (Diagnostikasi)

Ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik bilan zararlangan har 8 insondan 1 si o‘zining OIV bilan zararlangani bilmaydi. OIV virusining tashxisi umumiy qon tahlili orqali aniqlanadi. Agar OIV topilsa, musbat natija bo‘ladi. Bu analiz takror qilib ko‘riladi. Agar inson virus bilan zararlanish holatiga uchragan bo‘lsa, tezroq analiz tahlili topshirishi kerak. Qanchalik erta qo‘yilgan tashxis, shunchalik davolashning unumini oshiradi. Virus bilan zararlangandan so‘ng 3 oydan 6 oygacha test o‘tkazish kerak.

OITSni davolash

Hozirgi kunda OIV va OITS ga qarshi maxsus dori vositasi mavjud emas. Ayni mavjud bo‘lgan davolash usullari bilan insonlarni OIV virusi bilan uzoqroq muddat yashashini ta’minlash mumkin.

OIV antiretrovirusga davolashning erta boshlanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki bu orqali insoni hayoti davomiyligini uzaytirish mumkin.

Hozirgi kundagi OIV virusi bilan zararlangan odamlarga faqatgina ulardagi virusning ko‘payishini to‘xtatish orqali yordam berish mumkin. Agar inson virus bilan oxirgi 72 soat mobaynida zararlangan bo‘lsa, virusga qarshi preparatlar virusni ko‘payishini to‘xtatishi mumkin. Bu davolash kursi 4 hafta mobaynida o‘tkazilishi shart. Davolashdan OIV kuzatuvlari davom ettiriladi.

Antiretrovirus preparatlari

OIV antiretrovirus preparatlari bilan davolanadi. Davolash OIV ning organizmda tarqalishini oldini olishga qaratilgan. OIV bilan zararlangan odamlar bir necha dorilar kombinatsiyalarini qabul qilishlari shart.

Antiretrovirus preparatlar quyidagilar:

Proteaza ingibitorlari

Proteaza – bu ferment virusning o‘zidan nusxa ko‘chirish bosqichiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu dori vositalariga: Atanazavir/kobistat (Evotaz), Lopinavir/ Ritonavir (Kaletra) va Darunavir/ kobistat lar kiradi

Ushbu maqolani ham o‘qing: Grippni davolash uchun qo‘shimcha tabiiy muolajalar

Integraza ingibitorlari

OIV virusi integraza fermenti orqali organizmning T-hujayralarini zararlaydi. Bu hil dori vositalari aynan shu jarayonni to‘xtatadi. Bu preparatlar ko‘p ishlatiladi, nojo‘ya ta’sirlari kam. Bu dori vositalariga: Elvitegravir (Vitekta), Dolutegravir (Tivisay) va Raltegravir (Isentress) kiradi.

Qayta transkriptaza ingibitorlari

Bu dori vositalari virusning nusxa ko‘chirish jarayonini to‘xtatadi. Bu prepartlar: Abakavir (Ziagen), Lamuvudin/ Zidovudin (Kombivir) va emtrisitabin (Emtriva).

Komoretseptor xemokin antogonsitlari

Bu dori vositalari virusning hujayra ichiga kirishini to‘xtadi.

Yuqoridagi dori vositalarini birgalikda qo‘llash kerak. OIV ning davosi hayot davomida olib boriladi. Dori vositalari to‘xtovsiz qabul qilinadi. Har bir antiretrovirus preparatlari o‘zining nojo‘ya ta’sirlariga ega.

OITS ning oldini olish choralari

OIV ning oldini olish choralarini har bir tibbiyot xodimi bilishi zarur:

Himoya vositalarisiz jinsiy aloqa – bu yo‘l bilan inson OIV va boshqa jinsiy a’zolarning infeksion kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin. Prezervativlar har bir jinsiy aloqa uchun alohida va to‘g‘ri ishlatilishi zarur.

Narkotik vositalarni qabul qilishda – tomir ichiga qabul qilinadigan narkotik vositalari rivojlangan mamlakatlarda OIV tarqalishida asosiy o‘rinda turadi. Bu yo‘l orqali yana gepatitning C turi ham tarqaladi. Agar ignalarni ishlatish zarurati tug‘ilsa, igna steril, avval ishlatilmagan, ochilmagan bo‘lishi kerak.

Tibbiy xodimlar — OIV bilan zararlangan kasallar bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari maxsus qo‘lqoplar, niqob, himoya ko‘zoynaklari, xalatlar bilan ishlash talab etiladi. Agarda teriga qon tegadigan bo‘lsa, darhol terini suv bilan yuvish zararlanishni oldini oladi.

Homiladorlikda – bazi antiretrovirus dorilari homilaga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun keserva kesish yo‘li bilan tug‘gan ma’qulroq. OIV bilan zararlangan ayol ko‘krak suti bilan virusni farzandiga yuqtirishi mumkin.

Psixologik – dunyodagi ko‘pchilik OIV bilan zararlangan insonlar o‘zini zararlanganliklarini oshkor etmaydilar. Natijada OIV tashxisi kechikadi. Vaqtida qo‘yilmagan tashxis og‘ir oqibatlar bilan yakunlanadi.

Avvalgi maqola bilan tanishish

OIV (odam immuntanqisligi virusi) yuqqanidan so‘ng immun tizim zararlanadi va organizm mikroorganizmlarga chidamsiz bo‘lib qoladi. OIV rivojlanishining aynan shu bosqichi OITS ( Orttirilgan immun tanqisligi sindromi ) deyilib, bu davr tezda ozib ketish, uzoq vaqt isitmalash, ich ketish va organizmning himoya kuchining to‘liq susayishi sharoitida ko‘plab yuqumli kasalliklar va xavfli o‘smalar rivojlanishi bilan kechadi. Organizmga tushganidan so‘ng virus tananing barcha sohasidagi suyuqliklarda (qonda, urug‘ suyuqligida, jinsiy a’zo ajralmasida va boshqalarda) paydo bo‘ladi.

OIV yuqish yo‘llari

Virus bir necha yo‘l bilan yuqadi. Bitta igna bilan bir nechta giyohvandlar tomir ichiga giyohvand moddalarni qabul qilganida, qon bilan ifloslangan kesuvchi asboblar yoki ignalarni ishlatganda, OIV infeksiyasi bilan zararlangan qonni bemorga quyish natijasida va boshqa tibbiy (jarrohlik, ginekologik, stomatologik) muolajalar orqali kasallik yuqadi. OIV bilan kasallangan bemorning soqol olish uskunasi, tish cho‘tkasi boshqa shaxslar tomonidan ishlatilishi ham kasallik yuqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Koronavirus kasalligi belgilari va davolash

Shuningdek ko‘pincha pala-partish jinsiy hayot kechiruvchilar jinsiy yo‘l orqali shu kasallikni yuqtirib oladilar. Bunday vaqtda shifokorlar himoya vositasidan foydalanishni qat’iy maslahat beradilar. Infeksiya yuqtirgan onadan bolaga (homiladorlik davrida, tug‘uruq vaqtida yoki ko‘krak suti bilan emizish vaqtida) kasallik o‘tadi.

OIV bilan zararlanganda…

OIV bilan zararlangan odam ma’lum davrgacha virusning ta’sirini sezmaydi va ko‘p yillar kasallikning yashirin davrini boshdan kechiradi. Dastlab, me’yorda ishlab turgan immun tizimi yillar davomida virusning ta’siriga javob reaksiyasi beradi. Lekin virus asta-sekin ko‘payib, immun tizimdan ustun kela boshlaydi va uni mutlaqo izdan chiqaradi, organizmning virusga qarshi kurashish xususiyati yo‘qoladi. Bunday sharoitda virus organizmda ko‘payish jarayoni tezlashadi va ma’lum darajaga yetgandan so‘ng OITS kasalligi boshlanadi.

OITS belgilari qanday?

Doimiy ravishda yuzaga keluvchi pnevmoniya, sil, sitomegalovirus infeksiyasi, gerpes va boshqalarning qo‘shimcha ravishda kelishi OITS belgilaridir. Xuddi shu kasalliklar ko‘pincha og‘ir asoratlarga olib keladi. Virus organizmga tushgandan boshlab OITS (SPID) belgilari paydo bo‘lguniga qadar o‘tgan vaqt o‘rtacha 10 yillarni tashkil etadi. OITS – OIV infeksiyasining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda kishi ba’zan hatto o‘zi turolmaydigan va oddiy harakatlarni bajara olmaydigan bemorga aylanadi.

OITS ni tashxislash

OIV infeksiyasining yagona ishonchli tashxis usuli laborator tekshiruvdir. Bunda bemorning qon zardobida OIV ga qarshi antitanalar aniqlanadi. OIV infeksiyasi diagnozi qo‘yilgandan keyin bemorda kasallik kechishining tavsifi, immunitetning zararlanganlik darajasi, ikkilamchi kasalliklar sababi va tavsifini o‘rganishga qaratilgan chuqur tekshiruvlardan so‘nggina shifokor OIV infeksiyasiga qarshi davolash chorasini belgilasa bo‘ladi. Shu vaqtdan boshlab OIV infeksiyasini yuqtirgan kishi doimiy dispanser nazoratida turadi.

Kasallikning oldini olish

Kasallikning oldini olish uchun birinchidan oilaviy munosabatlarda sadoqat chegaralarini buzmaslik talab etiladi. Jinsiy muomala vaqtida himoya vositasidan foydalanish zarur. Soqol olish asboblarining har bir kishi uchun alohida bo‘lishini ta’minlash, iloji boricha sartaroshxonalarda soqol oldirmaslik, sochni ustara bilan oldirish zarurati paydo bo‘lsa, bir marotaba ishlatiladigan ustaralardan foydalanish kerak.

Tishlarni davolatish, ginekolog ko‘rigi yoki bemorlarga muolaja qilish ishlarida tibbiy asboblarning sifatli zararsizlantirish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bolani sunnat qilish, quloqni teshish, taturovka qildirish kabi usullarda ishlatilgan asbob-uskunalarni qayta ishlatmaslik, ularning xavfsizligi (tozaligi) ni ta’minlash ishlariga e’tiborli bo‘lish lozim.

Bolalarda infeksiya yuqishini oldini olishga homilador ayollarni OIVga tekshiruv ham muhim o‘rin tutadi. (Homilador ayollar OIVga poliklinikada bepul tekshiriladi), shuningdek, nikohlanuvchi va farzand ko‘rishni xohlagan juftlar uchun ham OIVga tekshiruv o‘z xohishi bilan o‘tkaziladi. Unutmaslik kerakki, OIVga musbat natija olingach bemorlarga to‘g‘ri muomalada bo‘lish, ularni kamsitmaslik, ajratmaslik, aksincha ruhiy yordam berish zarur.

© Umida ZAYNUDDINOVA, pedagog.
«Sihat-salomatlik» jurnali.

Hidoyat

Қобил ўзининг акаси Ҳобилни ўлдирганидан сўнг Аллоҳ таоло Одам алайҳиссаломга яна бир ўғил ато қилди. Одам алайҳиссалом унга Шис деб от қўйди. Бу сўзнинг маъноси “Аллоҳнинг совғаси”, деҳқони усулда айтганда, “Худо берди – Худойберди”дир. Шис алайҳиссаломга 50та саҳифа нозил бўлган.

Муҳаммад ибн Исҳоқнинг ёзишича, Одам алайҳиссаломнинг паймонаси тўлганида Шис алайҳиссаломга васият қилади ҳамда кун ва тунни диний амалларга мувофиқ тақсимлашни ўргатади ва дунёни қачон сув босишининг хабарини беради.

Одам алайҳиссалом жума куни вафот этади. Фаришталар жаннатдан мушку анбарлар ва хушбўй ҳид таралиб турган кафан олиб тушадилар. Ибн Исҳоқ айтадики, Одам алайҳиссаломнинг жони узилганда қуёш ва ой тутилади ва бу ҳол бир ҳафта – етти кеча-кундуз давом этади.

عَنْ عُتَىٍّ قَالَ رَأَيْتُ شَيْخاً بِالْمَدِينَةِ يَتَكَلَّمُ فَسَأَلْتُ عَنْهُ فَقَالُوا هَذَا أُبَىُّ بْنُ كَعْبٍ فَقَالَ إِنَّ آدَمَ عَلَيْهِ السَّلاَمُ لَمَّا حَضَرَهُ الْمَوْتُ قَالَ لِبَنِيهِ أَىْ بَنِىَّ إِنِّى أَشْتَهِى مِنْ ثِمَارِ الْجَنَّةِ. فَذَهَبُوا يَطْلُبُونَ لَهُ فَاسْتَقْبَلَتْهُمُ الْمَلاَئِكَةُ وَمَعَهُمْ أَكْفَانُهُ وَحَنُوطُهُ وَمَعَهُمُ الْفُئُوسُ وَالْمَسَاحِى وَالْمَكَاتِلُ فَقَالُوا لَهُمْ يَا بَنِى آدَمَ مَا تُرِيدُونَ وَمَا تَطْلُبُونَ أَوْ مَا تُرِيدُونَ وَأَيْنَ تَذْهَبُونَ قَالُوا أَبُونَا مَرِيضٌ فَاشْتَهَى مِنْ ثِمَارِ الْجَنَّةِ. قَالُوا لَهُمُ ارْجِعُوا فَقَدْ قُضِىَ قَضَاءُ أَبِيكُمْ. فَجَاءُوا فَلَمَّا رَأَتْهُمْ حَوَّاءُ عَرَفَتْهُمْ فَلاَذَتْ بِآدَمَ فَقَالَ إِلَيْكِ إِلَيْكِ عَنِّى فَإِنِّى إِنَّمَا أُوتِيتُ مِنْ قِبَلِكِ خَلِّى بَيْنِى وَبَيْنَ مَلاَئِكَةِ رَبِّى تَبَارَكَ وَتَعَالَى. فَقَبَضُوهُ وَغَسَّلُوهُ وَكَفَّنُوهُ وَحَنَّطُوهُ وَحَفَرُوا لَهُ وَأَلْحَدُوا لَهُ وَصَلَّوْا عَلَيْهِ ثُمَّ دَخَلُوا قَبْرَهُ فَوَضَعُوهُ فِى قَبْرِهِ وَوَضَعُوا عَلَيْهِ اللَّبِنَ ثُمَّ خَرَجُوا مِنَ الْقَبْرِ ثُمَّ حَثَوْا عَلَيْهِ التُّرَابَ ثُمَّ قَالُوا يَا بَنِى آدَمَ هَذِهِ سُنَّتُكُمْ »

Утай розияллоҳу анҳу бир куни Мадинада гапириб турган қарияни учратиб қолиб, унинг кимлигини суриштирганда, у Убай ибн Каъб эканини айтадилар. У бундай деётган эди:

«Одам алайҳиссаломнинг ўлим онлари яқинлашганда, у ўғилларига хитоб қилиб: “Болаларим, мен жаннат меваларидан егим келяпти”, деди ва улар ўша меваларни излаб кетдилар. Йўлда улар хушбўй таратиб турган кафан олиб келаётган фаришталар билан учрашиб қолади. Шунингдек, улар ўзлари билан бирга белкурак ва ҳошияли катта сават (тобут) ҳам олиб олган эдилар.

Фаришталар: “Эй Одам ўғиллари, қаёққа кетяпсиз ва нима излаб юрибсиз” деб сўрашди.

Улар: “Отамиз хасталаниб қолди ва жаннат меваларидан егиси келибди”, деб жавоб бердилар.

Фаришталар: “Ортингизга қайтинг, отангизнинг қазои қадари яқинлашди”, дедилар.

Фаришталар кириб келганида Ҳавво онамиз уларни кўрганлари заҳоти таниди ва дарҳол Одамнинг устига ўзини ташлаб маҳкам қучоқлаб олди. Одам алайҳиссалом унга: “Қоч, қоч, мендан нари тур, бу ерга сен сабабли келиб қолган эдим. Энди эса мен билан Раббимнинг фаришталари ўртасидаги йўлни очиб қўй”, деди.

Шундан сўнг фаришталар унинг жонини олишди, ювиб, кафанлашди, муаттар ҳидли мушку анбарлар сепишди. Кейин қабр қазишди, уни жойига қўйишдан олдин жаноза намози ўқишди. Сўнг эса уни лаҳадга қўйиб, лаҳад оғзини ғишт билан бекитишди.

Кейин юқорига чиқиб, қабрни тупроқ билан кўмишди ва: “Эй Одам фарзандлари, сизнинг одатингиз шундай бўлади” дейишди”, дейилган (Имом Аҳмад ривояти).

Дамин ЖУМАҚУЛ таржима қилди.

Qiziqarli malumotlar
Odam va uning salomatligi 8-sinf