ODAM GENETIKASI

ODAM GENETIKASI

ODAM GENETIKASIgenetika fanining bir boʻlimi; odam irsiyatining saqlanishi, nasldan-naslga oʻtishi va avlodda namoyon boʻlishini oʻrganadi. Odam genetikasi shartli ravishda inson genetikasi (antropogenetika) va tibbiyot genetika-siga boʻlinadi. Antropogenetika odam organizmi normal belgilarining ir-siyligi va oʻzgaruvchanligini, tibbiyot genetikasi esa uning irsiy patologi-yasini oʻrganadi. Odam genetikasi 19-a. ning oxirlaridan rivojlana boshladi. Bu davrda xdli irsiyatni oʻrganuvchi usullar kam boʻlganligi sababli, odam ayrim belgilarining nasldan naslga oʻtishini oʻrganishda egizaklar usulidan foydalaniladi. 20-a. ning boshlaridan odamning populyatsion genetikasi rivojlana boshladi. Populyatsion genetika maʼlum bir chegaralangan gurux, odamlardagi geografik, etnik, tabakali va b. genlarning turlari va tarkibining oʻzgarishini oʻrganadi. Bundan tashqari, bu usul yordamida odamning tur si-fatida evolyutsion shakllanishi, ularning sut emizuvchilardan irsiy farqlari, zamonaviy odam populyatsiyalaridagi irsiy oʻzgaruvchanliklarni oʻrganish mumkin.

Ensiklopediya.uz
ODAM GENETIKASI