Odam anatomiyasi 8 sinf 59 bet
Topografik anatomiya – a‘zolarning tuzulishi shaklidan tashqari ularning uzaro munosabatlarini, chegarasini va proeksiyalarini o`rganadi.
Odam anatomiyasi fanidan ma`ruza matni
Odam anatomiyasi odam organizmining shaklini, tuzilishini,uning rivojlanish jarayonini o`rganadigan fan bo`lib, har bir a‘zoni jinsiy yosh jihatdan tafovut qilishini, shuningdek, atrof muhitning a‘zolar tuzilishi va funksiyasiga bo`lgan ta‘sirini o`rganadi.
Odam anatomiyasi tibbiyotning asosini tashkil qilib bir qancha fanlarni o`z ichiga oladi.
Solishtirma anatomiya – odam organizmining hayvonlar organizmidan tubdan farq qilishi odamning evolyutsion taraqiyoti qonunlari – filogenezga taqqoslangan holda odam holatiga o`tish jarayoni antropogenizni o`rganadi.
Embriologiya – odam organizming paydo bo`lishini tugilguncha ona qornida o`sib rivojlanib borishini o`rganadi.
Yoshga doir anatomiya – tug`ilgandan boshlab to hayotining oxirigacha bo`lgan davrda organizm tuzilishidagi tofovutlarni o`rganadi.
Antropologiya – organizm shakllanishi, rivojlanishiga odamlar yashab turgan muhitning iqlimiy – geografik sharoiti, ijtimoiy va biologik omillarning ta‘sirlarini o`rganadi.
Funksional anatomiya – a‘zolarning tuzilishi ularning vazifalariga bog`liq holda shakllanib borishini o`rganadi.
Fiziologiya – organizm a‘zolar tizimi, a‘zolarni, shuningdek, to`qima va hujayralarning hayotiy faoliyatini o`rganadi.
Gistalogiya – a‘zolarni tashkil qilgan to`qimalarni o`rganadi.
Patologik anatomiya– a‘zolarning kasallik holatidagi o`zgarishlarni o`rganadi.
Sistematik anatomiya– bir-qancha bo`limdan iboratdir. U organizmning har-xil sistemalarini o`rganadi, masalan, suyaklarni osteologiya, bo`g`imlarni sindesmologiya, muskullarni miologiya, ichki a‘zolarni splanxologiya, qon tomirlar tuzulishini angiologiya, ichki sekretsiya bezlarini endokrinologiya, sezgi a‘zolarini esteziologiya, nerv tizimini nevralogiya bo`limlari o`rganadi.
Topografik anatomiya – a‘zolarning tuzulishi shaklidan tashqari ularning uzaro munosabatlarini, chegarasini va proeksiyalarini o`rganadi.
Shunday qilib, anatomiya fani odam organizmining tuzilishi va funksiyalarini ularning evolyutsion rivojlanish asoslariga bog`liq atrof-muhit ta‘sirida shakillanish qonuniyatlari bilan birgalikda o`rganadi.
M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Yuz nervi miya sopidan, ko’prik va uzunchoq miya orasidagi egatdan
chiqib, chakka suyagining piramida qismida joylashgan ichki eshituv teshigi
orqali ichki eshituv yo’liga kiradi. CHakka suyagining yuz kanalidan o’tib bigiz
– so’rg’ichsimon teshikdan chiqadi. Yuz kanalida yuz nervi tizza tugunini hosil
bo’lish da ishtirok etadi va quyidagi shoxlarga ajraladi:
A) Katta toshsimon nervining tolalari tizza tanadan chiqadi. Uning
tarkibiga yuqorigi so’lak ajratuvchi yadrodan chiqqan parasimpatik tolalar ham
kiradi. Katta toshsimon nervining tolalari qanot-tanglay tuguniga, undan ko’z
yoshi beziga, qolgan nerv tolalari eshituv toriga davom etadi.
138
B) Eshituv tori aralash nerv bo’lib, yuqorigi so’lak ajratuvchi yadrodan
chiqqan parasimpatik tolalardan va tizza tugunidan chiqqan sezuvchi tolalardan
tashkil topgan. Eshituv tori yuz nervining kanalidan chiqib, o’rta quloq
bo’shligiga chiqadi, nog’ora pardani ichki yuzasi orqali tashqariga chiqadi.
So’ng oldga va pastga yo’nalib, til nervi bilan qo’shiladi. Nerv tarkibidagi
tolalari tilning oldingi qismini va parasimpatik tolalari esa til osti va jag’ osti
bezini innervatsiya qiladi.
V) Uzangi nervi harakatlantiruvchi tolalardan tashkil topib, nog’ora
bo’shligida uzangisimon muskuliga boradi. Yo’z muskuli bigiz-so’rg’ichsimon
teshikdan chiqib, quloq oldi beziga kiradi va bir nechta muskullarga kiradigan
shoxchalarga ajraladi: ensa-peshana muskulining orqa qorinchasiga, ikki
qorinchali muskullning orqa qorinchasiga, quloq suprasini orqada joylashgan
muskullarga. Quloq oldi bezining ichida yuz nervi yelpigichsimon tarqalib, katta
g’oz panjasini yoki quloq oldi bezi chigalini hosil qiladi. Bu chigal faqat
harakatlantiruvchi nerv tolalaridan iborat bo’lib, undan chiqqan tarmoqlari
quyidagi muskullarga boradi: a) chakka tarmoqlari yuqoriga ko’tarilib, quloq
orqada joylashgan muskullarni, ensa-peshana muskulining oldingi qorinchasiga
boradi. b) lunj tarmoqlari yonoqning katta va kichik muskuliga, ogiz burchagini
ko’taruvchi muskulga, yuqori labni ko’taruvchi muskulga, kulgi muskuliga, lunj
muskuliga, ogizning doiraviy muskuliga boradi. v) yonoq tarmoqlari yuqoriga
ko’tarilib, ko’zning doiraviy muskuli va yonoqning katta muskuliga o’tadi.
VIII juft – Daxliz-chig’anoq nervi sezuvchi nerv bo’lib, eshituv a’zodan
va muvozanat saqlash a’zodan chiqqan nerv tolalaridan hosil bo’lgan. Daxliz-
chig’anoq nervi miya sopidan chiqib, ko’prikdan orqaroqda, yuz nervidan
chetroq o’tadi va ichki eshituv yo’lida ikki qismga bo’linadi: daxliz va
chig’anoqli qismga.
1.
Daxliz qismini hosil qiluvchi neyronlar tanalari eshituv yo’lining tubida,
daxliz tugunida joylashgan. Har bitta neyron tanadan, markaziy va periferik
o’simtalaridan tashkil topgan. Neyronlarning periferik o’simtalari pardali
labirindagi yarim to’garak kanallarida retseptorlar hosil qilib tugallanadi.
Markaziy o’simtalari nervning daxliz qismi bo’lib, kalla bo’shligiga ichki
quloq teshigi orqali kirib, rombsimon chuqurchaning daxliz yadrolarida
tugallanadi. Bu nervning daxliz qismi bosh, gavda va qo’l-oyoqlarni
holatlarini fazoda saqlashni idora etadi, turli harakatlarni koordinatsiyasini
boshqaradi.
2.
Chig’anoqli qismi – labirintning chig’anoqli qismida joylashgan chig’anoq
tuguni tarkibidagi neyronlardan tashkil topgan. Bu neyronlarning periferik
o’simtalari chig’anoq ichidagi eshituv a’zosi – Kortiy a’zosiga boradi.
Markaziy o’simtalari miyaga borib rombsimon chuqurchaning chig’anoq
yadrolarida tugullanadi.
IX juft – Til-yutqin nervi aralash nerv bo’lib, tarkibiga sezuvchi,
haraktlantiruvchi va parasimpatik tolalar kiradi. Til-yutqin nervi uzunchoq
miyadan chiqib, bo’yinturuq teshigi orqali kalla bo’shligidan chiqib ketadi.
CHakka suyagining bigizsimon o’simtasiga birikkan muskullalarning yo’nalishi
bo’yicha pastga va oldinga qarab tushadi, halqumda, tilning ildiz qismining
139
shilliq pardasida, tanglay murtaklarda tarmoqlanib ketadi. Bu nervning sinusli
tarmog’i orqali uyqu qoptoqchasidan sezuvchi impulslar yetkazadi. Til-yutqin
nerv bo’yinturuq teshikga kirmasdan oldin ustki tugunni hosil qiladi, ikkinchi
Qiziqarli malumotlar
Odam anatomiyasi 8 sinf 59 bet