Ochlik tez qarishga yo‘l qo‘ymaydi ( 19-qism ) haqida malumot

Ochlik tez qarishga yo‘l qo‘ymaydi ( 19-qism ) haqida malumot

Ko‘zgu hech qachon aldamaydi

Ko‘zguning oldiga boring va o‘zingizga bir boqing, ko‘rinishingizdan rozimisiz? Qari va ezilgan ko‘rinayapsizmi? Yuzingiz qarilarnikiga o‘xshaydimi? Ko‘zlaringiz horg‘inmi? Yuzingiz xaddan tashqari oqarganmi? O‘zingizning yuzingiz haqida nima deya olasiz? Yoshmi? Qarimi? Bu savollarga sizdan boshqa hech kim aniq javob bera olmaydi. Bunga to‘g‘ri javob bera oladigan yagona inson — sizsiz.

Hozir siz o‘zingizni qanday his qilayapsiz? Kuch-quvvatga to‘lamisiz yoki og‘riq va ko‘ngilsizliklardan azoblanayapsizmi?. Bo‘g‘inlaringizning xarakatchanligi haqida nima deya olasiz?  Enkayganingizda og‘riq yo‘qmi? Oxirgi kecha qanday uxladingiz? O‘zingizni yengil xushkayfiyat sezayapsizmi yoki uyqusizlikdan o‘zingizni lanj va charchoq xis qilayapsizmi? Ishtaha qalay? Ovqatdan xuzurlanasizmi? Yoki har ovqatlangandan keyin og‘riq sezasizmi? Ajratish tizimingiz yaxshi ishlayaptimi? hammasidan ko‘ra, siz bugun baxtiyormisiz? Kecha-chi? Ezilganmisiz yoki bardammisiz? Qarilikning tez yaqinlashib kelayotganini sezayapsizmi, hayot endi botish sari enkayib ketayotganini-chi?

Siz shunday deyaolasizmi: “Yoshim ulg‘aygan sayin, o‘zimni yashargan his qilmokdaman” yoki yoshingiz ulg‘aygan sayin o‘zingizni kundan-kunga yomon xis qilmoqdamisiz? Batamom ishonchim komilki, yoshingizni xisobga olgandayam, olmagandayam, siz o‘zingizni yosh va sog‘lom ko‘rgingiz va xis qilgingiz keladi. “Barvaqt qarib qoldim”,- degan so‘zni yomon ko‘rishingizni men juda yaxshi bilaman.
Ochlik siz uchun xamma narsa qilishi mumkinligini yana bir bor ta’kidlashga ijozat etgaysiz. Tabiatning bu mo‘’jizasi sizning barvaqt qarib qolmasligingizga yordam berishi mumkin. Jaxonning yetuk olimlari doimiy yoshlik eshigining sexrli kaliti — ochlik ekanini isbot qilishgan.

Ko‘p yillar davomida olimlar dengiz cho‘chqasi va oq sichqonlar ustida tajribalar o‘gkazganlar va ajoyib natijalarga erishganlar. Ularni ochlikka majbur qilganlar va ochliklar oralig‘ida tabiiy ovqatlar berishgan. Eng katta ajoyibot shu bo‘lganki, bu jonivorlar yasharishgan! Bu bo‘rttirilganday tuyulishi mumkin. Lekin olimlar bir maqsadni — dalillar olishni ko‘zlagan edilar. Bu dalillar to‘g‘risini aytishgan. Bu kashfiyotlarning barchasi matbuotda e’lon qilingan edi va siz ularni tuzukroq kutubxonada o‘qib ko‘rishingiz mumkin.

Ochlik vaqt tizimini orqaga surib yuborishi va inson tanasida g‘aroyib o‘zgarishlar qilishi mumkin. Baxtga qarshi men juda ko‘plab barvaqt qarib qolgan kishilarni ko‘rdim, lekin ularning ochlik yordamida hayotga va yoshlikka qaytganini ko‘rish baxtiga ham muyassar bo‘ldim.
Kino san’atida ishlagan Martin Kornik degan shogirdim haqida eslayman. Qirq yoshga kirgan, o‘zini qari va katta yoshdagilar safida deb xisoblardi. U nima uchun shunday deb hisoblaydi? Amerikaliklarning o‘rtacha yoshi oltmish sakkiz yil. Qirk yoshida u xayotining katta qismini yashab bo‘lgan va endi o‘zini yoshi ulug‘ bo‘lib qolgan kishi deb xisoblardi. Qachonlardir mister Kornik tennis bo‘yicha chempion bo‘lgan, lekin tennis yoshlar o‘yini deb ko‘p vaqtlardan buyon tennis raketkasini qo‘lga olmagan edi. Bir kuni kinostudiyada salomatlik borasidagi mening ma’ruzalarim haqida gap bo‘ladi. Mister Kornik qiziqib qoladi va ma’ruzalarimdan biriga kiradi.

Mana shu ma’ruza mister Kornikning dunyoqarashini o‘zgartirib yuboradi. Yer yuzida minglab odamlar eshitgan gaplarni endi u ham eshitdi. O‘z tanasi parvarish qilish ilmidan voqif bo‘lgan inson, xayot sirlarini bilishga erishadi. Mister Kornik ham o‘zini yosh his etgisi keldi va bu usulni o‘zida sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi.

U mening ma’ruzamda bo‘lgandan keyingi kuniyoq 24 soatlik ochlikni boshladi va tabiiy ovqatlanishga o‘tdi. Ochlik va tabiiy hayot tarzi unga necha yoshdaligini unutishga yordam berdi. 40 yoshdaligiga qaramay, tennis o‘ynashga kirishdi va hatto 20 yoshdaligidan ham o‘zini kuchliroq xis qila boshladi. U ochlanishni, tabiiy parxezni va gigiyena qonunlariga amal qilishni davom ettirdi. Har kuni u bir yutuqqa erishardi. Uning kuchi shu darajada ko‘paydiki, u yana tennis bo‘yicha chempion bo‘ldi. So‘nggi 30 yil davomida turnir ketidan turnirlarda ishtirok etadi va har safar g‘alabaga erishali. Shu jumladan, hatto o‘zidan yoshlar ustidan xam. Xozir mister Kornik yetmish va undan katta yoshdagilar o‘rtasida tennis bo‘yicha jahon chempioni.

O‘rtacha odam yetmish yoshida to‘kilib qolganiga ishonadi. Mister Kornik esa buning teskarisini isbot qildi. Yer yuzida necha yil yashaganingiz emas, balki qanday yashaganingiz muximdir. Men mister Kornikni ko‘p kuzatdim va u hayotda tabiat qonunlariga amal qilsa, har qanday kishi yoshlikdan lazzatlanishi mumkin ekanligini isbot qilganim bilan g‘ururlanaman.
Har qanday yoshingizda tabiat sizga orqaga qaytishingizga imkon beradi. Ha-ha, yillar davomida eskirgan tanangizni, vaqt ta’siriga uchramagan yangisiga almashtirishingiz mumkin.

Ochlik va tabiiy xayot tarzi dasturini bir yil bajargandan keyin yana ko‘zguga qarasangiz, shu vaqt ichida o‘zingizda bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rib xayron qolasiz. Agarda siz mazkur kitobdagi dastur asosida yashashda davom etsangiz, sizdagi ajoyib o‘zgarishlarga qarindosh va do‘stlaringiz ham e’tiborlarini qaratishga majbur bo‘ladilar. Bu o‘zgarishlarni siz nafaqat ko‘rasiz, balki sezasiz va bunga siz o‘z tanangizga mutloq xo‘jayin bo‘lishni xohlasangizgina erisha olasiz.
Mister Kornik singari 24 soatlik ochlanishlan boshlang. Mazkur kitobning to‘g‘ri ovqatlanish haqidagi qismini yana takror o‘qib chiqing. Maqsadga erishish uchun tabiatning to‘qqiz xakimini yordamga chaqiring. Ular o‘ziga o‘zi yordam qilishni istagan har bir kishiga ko‘mak berishga tayyordirlar.

Kuchli tana ruhni ham kuchli qiladi. Tomas Djefsrson

© Pol Bregg
«Ochlik mo‘jizasi» kitobi.
Ziyouz.uz

Kasalliklar
Ochlik tez qarishga yo‘l qo‘ymaydi ( 19-qism )