OCHIQ SHAHAR
OCHIQ SHAHAR (xalqaro huquqda) — urushayotgan tomonlardan biri himoyasiz deb eʼlon qilgan shahar. O. sh. harbiy harakatlar maydoni boʻlishi mumkin emas. Ochiq shaharning huquqiy maqomi 1907-y. Gaaga konfe-rensiyasida qabul qilingan «Quruqlikdagi urush qonunlari va odatlari toʻgʻrisida»gi qoidaga asoslanadi. Unga koʻra, himoyalanmagan shaxarlar, qishloklar, turar joy yoki imoratlarga xar qanday usulda hujum qilish yoki bombalar tashlash man etiladi. 2-jahon urushi (1939—45) vaqtida, mas, Parij, Rim O. sh. deb eʼlon qilingan edi.
Ensiklopediya.uz
OCHIQ SHAHAR