OCHIQ IQTISODIYOT

OCHIQ IQTISODIYOT

OCHIQ IQTISODIYOT — jaxrn mikyosida tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakatida, milliy iqtisodiyotlar oʻrtasida oʻzaro toʻsqinliklar boʻlmaydigan iqtisodiyot. O. i. unga teskari boʻlgan yopiq iqtisodiyotdan ayrim belgilariga koʻra farqla-nadi: O. i. da jami taklifning qoʻshim-cha elementi — eksport bilan import oʻrtasidagi farqni belgilaydigan sof eksport mavjud boʻladi; ochik sharoitlarida tovarlar, xizmatlar, pullar va moliyaviy aktivlar mehnat resurslari b-n birgalikda valyuta bozorini yuzaga keltiradi; bu bozordagi pul qiymati — valyuta kursi asosiy makroiqtisodiy parametrga aylanadi; O. i. da fiskal va pulkredit siyosati yopiq xoʻjalikka nisbatan boshqa natijalarni yuzaga keltiradi.

Ensiklopediya.uz
OCHIQ IQTISODIYOT