OBRAZSOVA Yelena Vasilyevna
OBRAZSOVA Yelena Vasilyevna (1939.7.7, Sankt-Peterburg) — rus xonandasi (messo-soprano). Xalk, ar-tisti (1976). Leningrad konservatoriya-sini tugatgan (1964). Toʻlaqonli va kuchli ovoz, yuksak vokal hamda dramatik mahorat sohibasi. 1964-y. dan Katta teatrning yetakchi yakkaxon xonandasi. Opera sahnasida Marfa («Xovanshchi-na», M. Musorgskiy), Lyubasha («Shoh qayligʻi», N. Rimskiy-Korsakov), Karmen («Karmen», J. Bize), Eboli, Azu-chena («Don Karlos», «Trubadur», J. Verdi) kabi bosh partiyalarni ijro etgan. Konsert repertuaridan kamervokal asarlari keng oʻrin olgan. Yevropa, Osiyo, Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. P. Chaykovskiy nomidagi (Moskva, 1970), F. Vinyas nomidagi (Barselona, 1970) va b. xalqaro tanlovlar golibi. Glinka nomidagi Rossiya Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1973).
Ensiklopediya.uz
OBRAZSOVA Yelena Vasilyevna