OBISHIR GʻORLARI

OBISHIR GʻORLARI

OBISHIR GʻORLARImezolit davriga oid gʻorlar. Fargʻona viloyati hududidagi Soʻx daryosining qad. oʻzani Obishir soyning oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya in-tining Fargʻona paleolit otryadi 5 ta gʻorni tekshirgan (1966). Obishir-1 va Obishir-5 da qazish ishlari olib borgan. Ularning sanasi mil. av. 8-ming yillikka oid. Obishir-1 ning eni 25,5 m boʻlib, bal. 12 m. Gʻordan tosh qadama pichoklar, mikroplastinkalar, parmalar, bigizlar, qirgʻichlar, nuk-leuslar topilgan.

Ensiklopediya.uz
OBISHIR GʻORLARI