Obida ibn Amr

Obida ibn Amr
obida ibn amr 65cb37a770f70

00006 1764

Obida ibn Amr

DO`STLARGA ULASHING:

Obida ibn Amr (yoki Qays) Salmoniy tobeinning peshqadamlaridandir. U Zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan ikki yil oldin Islomni qabul qilganlar. Lekin Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishmaganlar.
Obida ibn Amrning mavqei yuksak edi. Hatto fiqh va qozilik hukmlarida o‘ta hushyor va mulohazakorligi bilan tanilgan qozi Shurayh ham hukmda biror ishtiboh tug‘ilsa, maslahat uchun Obida ibn Amrga odam yuborardilar.
Shunga qaramasdan, Obida ibn Amr hazratlari fatvo berishdan xavflanar, so‘rovchilarning savoliga javob berishdan qochardilar. Ayniqsa, savol Allohning kitobidagi biror oyat haqida bo‘lsa, javobdan o‘zini tortib turardilar.
Ibn Siyrin aytadilar: «Obidadan bir oyat haqida so‘radim. «Qur’onda nozil bo‘lgan narsalarni biladigan kishilar o‘tib ketdi. Endi senga vojib bo‘lgani Allohdan qo‘rqish va to‘g‘rilikdir» dedi.
Obida ibn Amr Salmoniy (rahmatullohi alayh) hijratning 72-yilida vafot etganlar.
Siyrat.uz

Obida ibn Amr