Obid Yunusov Biografiyasi
Obid Yunusov Biografiyasi
DO`STLARGA ULASHING:
Obid Yunusov 1934 yil 20 noyabrda Toshkent shahrida mashhur bastakor Yunus Rajabiy oilasida tavallud topgan.
U san’atkorlar oilasida tug’ilib katta bo’lgani bois, yoshligidanoq aktyor bo’lishga intilgan. O’rta maktabni tamomlagach Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohining aktyorlik bo’limida tahsil olgan.
1956 yilda oliygohdagi o’qishni tugatib Hamza nomidagi O’zbek davlat akademik drama teatrida o’z faoliyatini boshlagan.
Obid Yunusov ushbu teatrda ishlash davomida yuzdan oshiq turli hil harakterdagi obrazlarni yaratgan. Aktyor tomoshabinlarga «Parvona» spektaklidagi «O’tkuriy» roli bilan tanilgan. Ushbu obrazni u faoliyati davomida 800 martadan ko’p ijro etgan.
Aktyor kinoda ham ko’plab esda qolarli rollarni ijro etgan bo’lib, ular orasida «To’ylar muborak», «Kelinlar qo’zg’oloni» hamda «Chinor ostidagi duel» filmlaridagi obrazlari orqali xalqimizga yaxshi tanish.
Obid Yunusov kino va teatrdan tashqari yana dublaj sohasida ko’p yillar ishlagan. U faoliyati davomida 1000 dan oshiq filmlar dublajida ishtirok etgan.
Ushbu aktyor o’zining san’at sohasidagi ko’p yillik hizmatlari orqali 1987 yilda «O’zbekiston xalq artisti» unvoni hamda 1988 yilda Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.
Aktyorni shaxsiy hayoti haqida: Obid Yunusov Shahloxon ismli ayolga uylangan. Ular turmushlari davomida ikki o’g’il farzandli bo’lishgan. Hozirgi kunda aktyorning olti nafar nabirasi hamda o’nlab evaralari bor.
Ushbu aktyor 2015 yil sentyabr oyida 80 yoshda olamdan o’tgan. Uni Chig’atoy qabristoniga dafn etilgan.
Obid Yunusov Biografiyasi