OB-HAVONI OLDINDAN AYTISH

OB-HAVONI OLDINDAN AYTISH

OB-HAVONI OLDINDAN AYTISH — atmosferada sodir boʻlayotgan jara-yonlar rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olgan qolda ob-havoning kelajakdagi holati (ob-havo prognozi) haqida ilmiy asosda maʼlumot berish. O.-h. o. a. muddatlari: oʻta qisqa muddatli (12 soatgacha), qisqa muddatli (1—2 sutka), oʻrta muddatli (3—10 kungacha), uzaytirilgan oʻrta muddatli (1 oygacha), oy, fasl prognozlariga boʻlinadi. Ob-havo prognozi alohida joy, hudud, trassa, viloyat va respublika hududi uchun berilishi mumkin. O.-h. o. a. da umu-miy va maxsus maqsadlar koʻzda tutiladi. Umumiy ob-havo prognozida eng muhim meteorologik elementlar (t-ra, bosim, budut, yogin, shamol), shuningdek, tuman, chang yoki qor boʻronlari, momaqaldiroq, dovul, oʻsimliklarni sovuq urishi, qor koʻchkilari, yaxmalak va b. meteorologik hodisalarning kelajakdagi oʻzgarishlari haqida maʼlumotlar beriladi. Xalq xoʻjaligining turli sohalari: mas, bulutlarning pastki va yuqori chegaralari, Yer sirtida va yuqori balandliklarda shamol tezligi va yoʻnalishi (aviatsiya uchun); yogʻin miqdori, havo t-rasi, oʻsimliklarni sovuq urishi, qurgʻoqchilik va h. k. (q. x. uchun); qor boʻroni, kuchli jala, uzoqni koʻrish masofasi (t. y. transpor-ti uchun) va b. uchun maxsus prognozlar ham tuziladi.

Ensiklopediya.uz
OB-HAVONI OLDINDAN AYTISH