O ZBEK XALQ MAQOLLARI VA INGLIZ XALQ MAQOLLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»
- Kimyo atamalari
- Geografik atamalar
- Matematik atamalar
- Fizik atamalar
- Madaniyat va san`at atamalari
- Ijtimoiy pedagogik atamalar
Yangi kitoblar
Аxborot – resurs markaziga qabul qilingan yangi adabiyotlar.
Ishbilarmon kishilar
Gulliverning sayohatlari
Har kimki vafo qilsa
Shum bola
Mening o`g`rigina bolam
Ishbilarmon kishilar
Asli ismi Uilyam Sidney Porter (1862 – 1910) bolgan O’Genri dunyo adabiyotiga Amerikaning eng mashhur hikoyanavis adibi sifatida tanilgan. U o‘zining qisqa umri davomida sermahsul ijod qildi, uch yuzga yaqin hikoyalar yozib qoldirdi. Bu hikoyalarida O’genri Amerika hayotining rang-barang jibatlarini, inson qalbi va xarakterini turfa obrazlar timsolida turlicha bo‘yoqlarda mahorat bilan tasvirlab bera oldi. Aziz kitobxon! Mazkur kitobga kirgan O’genrining eng sara hikoyalari rus va ingliz tillaridan o’zbekchaga tarjima qilinib, hukmingizga havola etilmoqda. U sizlarga manzur bo’ladi degan umiddamiz.
Gulliverning sayohatlari
Jonatan Svift 1667- yil 30-noyabrda Irlandiyaning Dublin shahrida, o‘rtahol oilada dunyoga kelgan 1745-yil 19-oktabrda 77 yoshida Dublinda vafot etgan. U ingliz-irlandiya hajviy asarlar yozuvchisi, jamoatchi, faylasuf, shoir, jamoat arbobi sifatida tanilgan. Tirishqoq va mohir Jonatan Sviftning ko’pgina asarlari irlandiyaliklar tarafidan hurmat va ehtirom bilan qabul qilingan. Ayniqsa, uning ,,Gulliverning sayohatlari“ nomli mashhur fantastik asari keng ommaga tezda tarqaldi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida sevilib o‘qiladigan mazkur asar juda ko‘p marta ekranlashtirilgan. Kitob keng kitobxonlar ommasi uchun mo’ljallangan.
Har kimki vafo qilsa
O‘zbek xalqi ko’plab buyuk daholarga beshik tebratgan millat. O‘zbekning asl farzandi, shoh va shoir, zukko olim Zahiriddin Muhammad Bobur ana shunday daholardan biridir. U nafaqat o‘z diyorimizda, balki butun dunyoga ham ma’lum-u mashhurdir. Bobur tadbirkor podshoh, mohir sarkarda sifatida Boburiylar sulolasiga asos solgan bo‘lsa, iste’dodli shoir, adib sifatida adabiyot xazinasini o‘zining o‘lmas va sara asarlari bilan boyitdi. Bizgacha uning “Boburnoma”dan tashqari juda ko‘p g’azal, ruboiy, qit’a va fardlari yetib kelgan. Qo‘lingizdagi kitobda Bobur she’riyatining eng go‘zal namunalari jamlangan bo‘lib, unda insoniy fazilatlar, yor vasli, uning go’zalligi, unga cheksiz muhabbat, hijron azobi, ayriliq alamlari nihoyat go‘zal va mohirona ifoda etilgan.
Shum bola
Asarda XX asrdagi xalqimizning turmush tarzi, ikkinchi jahon urushi ta’siri, o‘zbek xalqining azaliy urf-odatlari tasvirlangan. Aziz kitobxon, o’ylaymizki, siz ularni o‘qib, qalbingiz zavqqa to‘ladi, shu bilan birga, XX asr millat tumushidan xabardor bo‘lasiz. Asarni sabot bilan o’qing, xalqimiz tarixini, adabiyotini chuqur o’rganing, kerakli mushodalar chiqaring. Bu yo’lda sizga zafarlar tilab qolamiz.
Mening o`g`rigina bolam
G‘afur G’ulom asarlarini o‘qir ekanmiz, unda oddiy xalq turmushi va ruhi bilan birga yashayotgan yozuvchi ko‘z o’ngimizda gavdalanadi. «Mening o‘g‘rigina bolam» nomi ostida jamlangan qissalar va hikoyalar o’zbekona hayot tarzi, insonlardagi mehr-oqibat kabilarning qimmatli ne’mat ekanligini anglaydi. Taqdir boshlagan ko’chalarning so‘qmoqlaridan bir-bir o‘tib, unda o‘z yaqinlarini ko’rgandek boladi. O’zbek xalqining necha asrlardan beri meros bo’lib kelayotgan urf-odatlari ichidan eng qadrlisi – mehmondo’st xalqni ko’radi. G‘afur G’ulom asarlarini sahna orqali tanigan kitobxon do’stlarimiz endi adib asarlarining asl mohiyati bilan tanishadilar.
O’ZBEK XALQ MAQOLLARI VA INGLIZ XALQ MAQOLLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»
Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shohida Abiyrovna Matyoqubova
Ushbu maqolada o’zbek va ingliz tilidagi maqollarining tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr mulohaza va millatlararo tarbiyaning o’xshashlik va farqli jihatlari ko’rib chiqiladi.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Shohida Abiyrovna Matyoqubova
O‘ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI MAQOLLARDA “DO‘STLIK” KONSEPTI IFODALANISHI
Ingliz va o’zbek tillarida vatan va ona diyor guruhiga mansub maqollarning semantik ahamiyati va tematik klassifikatsiyasi
KORPUS LINGVISTIKASI
SEN MILLAT G’URURISAN, TAQDIRIMSAN, BAXTIMSAN, KELAJAGIMSAN ONA TILIM
TIL TARAQQIYOTI. TIL TARAQQIYOTINING ICHKI QONUNIYATLARI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
EDUCATIONAL IMPORTANCE OF UZBEK FOLK PROVERBS AND ENGLISH FOLK PROVERBS
In this Article is discussed educational importance of Uzbek and English proverbs and comparison of cultural education .
Текст научной работы на тему «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI VA INGLIZ XALQ MAQOLLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI»
O’ZBEK XALQ MAQOLLARI VA INGLIZ XALQ MAQOLLARINING
Shohida Abiyrovna Matyoqubova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti
Ushbu maqolada o’zbek va ingliz tilidagi maqollarining tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr mulohaza va millatlararo tarbiyaning o’xshashlik va farqli jihatlari ko’rib chiqiladi.
Kalit so’zlar: o’zbek tili, ingliz tili, maqol, tarbiya, janr, ma’no, tarjima
EDUCATIONAL IMPORTANCE OF UZBEK FOLK PROVERBS AND
ENGLISH FOLK PROVERBS
Shohida Abiyrovna Matyokubova
Master Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
In this Article is discussed educational importance of Uzbek and English proverbs and comparison of cultural education.
Keywords: Uzbek language, English, proverb, education, genre, meaning, translation
Maqol — xalq og’zaki ijodi janri; qisqa va lo’nda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal ma’noli hikmatli ibora, chuqur mazmunli janr. Muayyan ritmik shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuy-g’ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Har bir tilimiz ko’rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafak-kurimiz mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko’p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-estetik va falsafiyi qarashlari, qisqasi, o’zi va o’zligi to’la namoyon bo’lgandir. Shuning uchun ham maqollar g’oyatda keng tarqalgan bo’lib, asrlar davomida jonli so’zlashuv va o’zaro nutqiy munosabatlarda, badiiy, tarixiy va
ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotda doimiy ravishda qo’llanilib kelgan va qo’llanmoqda.
Yillararo, davrlararo ularning yangilari yaratilib turgan, eskilarining — jonli muomalada, tilda mavjudlarining ma’no doirasi kengayib yoki torayib borgan. Hatto ularning muayyan qismi unutilib ketgan. Maqollar ko’p asrlik hayotiy tajribalar, doimiy kundalik kuzatishlar xulosasini tugal fikr tarzida qat’iy qutbiylikda ifodalar ekan, ularda har bir so’zning ma’no xilma-xilligi, iboralarning turg’unligi, shakliy barqarorlik ustunlik qiladi. Ammo qo’llanish o’rniga qarab ularning ma’no doirasi doimiy ravishda kengayib boradi. Shuning uchun ham maqoldagi har bir so’zga alohida e’tibor berish kerak. Ularda shunday so’zlar borki, bu so’zlar tarixan butunlay boshqa ma’nolarni anglatgan. Bundan tashqari har bir millatning o’z diniy e’tiqodi, yashash uslubi, madaniyati, dunyoqarashi borki, ular folklorshunoslikda o’rganiladigan maqollarda qisman o’z aksini topadi.
Millatni madaniyatini, xalqning o’zligini milliy qadriyatlarini ko’rsatuvchi, ifodalovchi omillardan biri bu shu xalqqagina xos bo’lgan xalq og’zaki ijodidir. Xalq og’zaki ijodining takrorlanmas janrlari va o’ziga xos durdonalari bo’lib shulardan xalq o’g’zaki ijodining eng muhim janrlaridan biri bo’lmish maqollar tilshunoslik va folklorshunoslikda o’rganilayotgan eng muhim mavzulardan biridir. Folklo rning eng muhim janrlaridan biri bo’lgan maqollarni, umuman, xalq ijodiyotini o’rganish, tadqiq qilish, bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Folklorshunos olimlar asrlar davomida maqollar yuzasidan o’z mamlakatlarining olis qishloqlariga ekspeditsiyalar uyushtirib kelishmoqda va xalq tilidan yildan yilga turli mavzularga doir bo’lgan takrorlanmas maqollarni jamlab kelishmoqda.
Maqollar dunyo xalqlarining yillar davomida to’plangan dono hikmatlari namunalaridir. Maqollardan insonlar tarbiyaviy masalalarga xos bolgan tushunchalarni, ota bobolardan qolgan eng muhim boylik hisobida e’zozlab foydalanib kelishadi.
Til, falsafa va badiiy ijodning o’ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo’lgan bir janrdir.
O’zbek folklorshunosligida maqolga adabiy nuqtai nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va badiy til ravonligini ta’minlash uchun undan foydalanish hamma zamon so’z sanatkorlarining diqqat markazida bo’lgan. Maqolga adabiy nuqtayi nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va badiiy til ravonligini ta’minlash uchun undan foydalanish hamma zamon so’z san’atkorlarining diqqat markazida bo’lgan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Rabg’uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur,
Abulg’ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Nodira, Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, G’afur G’ulom va boshqa o’nlab ijodkorlarning asarlari sinchiklab o’rganilsa, ularning tarkibida qanchadan qancha maqollar ba’zan aynan, ba’zan o’zgargan holda mavjudligiga ishonch hosil qilamiz. Ingliz xalq maqollari ham xuddi o’zbek xalq maqollari singari g’oyat mukammal va xalq o’gzaki ijodining eng sara namunalaridan biri hisoblanadi. Ishimizning asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda ingliz xalq maqollarini ingliz tilshunosligida o’rganilish tarixi juda muhim. Bu sohada ish olib borgan olimlar, va ularning qilgan ishlarini o’rganish mavzuyimizni yanada mustahkamlab beradi. Shu o’rinda quyida ingliz olimlari tomonidan qilingan ishlarni keltirib o’tamiz.
Odatda tili va madaniyati bir xil bo’lgan millatlarning maqollari ham bir-biriga yaqin bo’ladi. Ingliz va butun butun G’arbiy Yevropa davlatlarining xalq o’g’zaki ijodi va aynan maqollarning tarqalishida, maqollar kitobi deb atalmish “Bible” ya’ni Biblyaning o’rni katta. Kitob ingliz xalq maqollarini o’zida jamlagan bo’lib, aynan qadimgi davrdagi ajdodlar tomonidan aytilgan maqollar keltirilgan. Ko’plab ingliz olimlari tomonidan maqolga quyidagicha izohlar keltiriladi. Mashhur ingliz filklorshunosi, professor Mayder maqolni quyidagicha izohlaydi:
“Proverbs are used in a wide range of situations and no limits to the use of the proverb. They can be used to: “strengthen our arguments, express certain generalizations, influence or manipulate other people, rationalize our own shortcomings, question certain behavioral patterns, satirize social ills, poke fun at ridiculous situations”.
Ya’ni : “Maqollar juda keng ko’lamda qo’llanilib ularni qo’llashda chegara yuq. Maqollar bizning dalillarimizni mustahkamlash, umumiy va aniq fikrlarimizni ifodalash, boshqa insonlarni boshqarish yoki ularga ta’sir o’tqazish, jamiyatdagi illatlarni ifodalash”.
Qaysi til qaysi millatning maollarini jamlasakham ulararo o’zaro o’xshashliklar va sezilarli farqlarni ko’rishimiz mumkin. O’xshashlik tomonlari shundan iboratki, tarbiya masalasi qaysi din, qaysi millat bo’lishidan qat’iy nazar bir biriga juda o’xshash. Tarbiya har bir oilada deyarlik birdek. Ammo dinlar o’zgachaligi, millatning erki o’zgachaligi uzaro farqlarni keltirib chiqaradi.
Quyida bir qator ingliz va o’zbek maqollarini tahlil qilamiz:
“Early to bed and early to rise” Erta turganga xudo beradi
Har ikki millatda ham erta uyg’ongan insonning kuni barakali bo’lishi haqida.
You have made bed, and you must lie on it. “Har kim ekkanini o’rar”
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 As a man sows, so shall he reap.
“O’z pishirgan oshingni aylanib ham, o’rgilib ham o’zing ye”
Inglizcha: “The nearer the Church, the farther from God” maqolini o’zbek tiliga tarjima qilsak – cherkovga yaqinlashgan sari Xudodan uzoqlashar- ma’nosini beradi. Bu o’zbek tilida: “Besh vaqt namozini tark etmas, Harom-xarishni farq etmas” maqoli orqali ifodalanadi.
Yuqorida biroz maqollar tahlili bilan cheklandik. Ammo diniy, madaniy, axloqiy bir biriga o’xshash, ayniqsa ingliz va o’zbek maqollarida solishtirib tahlil qilishga arzigulik maqollar soni beqiyos. Har bir xalqning folklorshunosligi hisoblanmish maqol janriga nazar tashlar ekanmiz biz bu janrning naqadar beqiyos ekaniga guvoh bo’lamiz. Xulosa qilib aytganda qaysi til, madaniyat bo’lishi dan qatiy nazar maqollar juda chuqur ma’noli boy janr hisoblanishiga amin bo’lamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. “O’zbek xalq maqollari” T.Mirzayev,A. Musaqulov. Toshkent(2005)
2. J.Raymond “Naprijonnost v poslovitsah” Zapadniy folklor. 1956
4. Makhmatkulov, K., Gaziyeva, S., & Ashirova, M. (2020). LANGUAGE INTERFERENCE IN UZBEK AND ENGLISH. nternational Journal for Innovative Engineering and Management Research A Peer Reviewed Open Access International Journal, 09(09), 198-201
5. Usmonova, G. (2020). Borrowings of English vocabulary and their distinctive features. Экономика и социум, 72(5), 98-100.
6. Shohimardonova, M. O. (2020). the role of polysemantic verbs in the English and Uzbek languages. Amaliy lingvistika va adabiyotshunoslik muammolari, 1(2), 208211.
7. Abduramanova, D. V. (2020). INNOVATIVE TECHNIQUES OF TEACHING VOCABULARY IN THE SECOND LANGUAGE CLASSROOM. Science and Education, 1(Special Issue 2).
8. Khakimova, K. B. (2020). THE SUBJECT AND PLACE OF TOPONYMICS IN THE SYSTEM OF SCIENCES. Science and Education, 1(Special Issue 2).
9. Ashirbaeva, A. (2020). POSITIVE TRAITS OF TEACHING LANGUAGE THROUGH LITERATURE. Science and Education, 1(Special Issue 2).
10. Yusupova, M. A. (2019). COMMUNICATIVE COMPETENCE AS A CORE COMPETENCE IN TEACHING ENGLISH TO STUDENTS. Современные
исследования в области преподавания иностранных языков в неязыковом вузе, (8), 39-44.
1. “O’zbek xalq maqollari” T.Mirzayev,A. Musaqulov. Toshkent(2005).
2. J.Raymond “Naprijonnost v poslovitsah” Zapadniy folklor. 1956
4. Makhmatkulov, K., Gaziyeva, S., & Ashirova, M. (2020). LANGUAGE INTERFERENCE IN UZBEK AND ENGLISH. nternational Journal for Innovative Engineering and Management Research A Peer Reviewed Open Access International Journal, 09(09), 198-201
5. Usmonova, G. (2020). Borrowings of English vocabulary and their distinctive features. Экономика и социум, 72(5), 98-100.
6. Shohimardonova, M. O. (2020). the role of polysemantic verbs in the English and Uzbek languages. Amaliy lingvistika va adabiyotshunoslik muammolari, 1(2), 208211.
7. Abduramanova, D. V. (2020). INNOVATIVE TECHNIQUES OF TEACHING VOCABULARY IN THE SECOND LANGUAGE CLASSROOM. Science and Education, 1(Special Issue 2).
8. Khakimova, K. B. (2020). THE SUBJECT AND PLACE OF TOPONYMICS IN THE SYSTEM OF SCIENCES. Science and Education, 1(Special Issue 2).
9. Ashirbaeva, A. (2020). POSITIVE TRAITS OF TEACHING LANGUAGE THROUGH LITERATURE. Science and Education, 1(Special Issue 2).
10. Yusupova, M. A. (2019). COMMUNICATIVE COMPETENCE AS A CORE COMPETENCE IN TEACHING ENGLISH TO STUDENTS. Современные исследования в области преподавания иностранных языков в неязыковом вузе, (8), 39-44.
STATUSLAR / Aforizmlar / Афоризмы / Цитаты Великих
Birinchi kun mehmon — oltin mehmon,
Ikkinchi kun — kumush,
Uchinchi kun — mis,
Uchdan o’tsa — pes.
Abjir bo’lsa farzanding,
Cho’ldan non terar.
Yalqov bo’lsa farzanding,
Yerdan don termas.
Baytal chopib, poyga olmas.
Balaq turilmay, baliq tutilmas.
Avval bil, keyin qil.
Avval o’rgan, keyin o’rgat.
Avom tabib — ofati jon.
Avrasang, oqil bo’lar,
Bovrasang, botir bo’lar.
Aql ko’pga yetkazar,
Hunar — ko’kka.
Aqlli xotin — uy ko’rki,
Chiroyli xotin — ko’cha ko’rki.
Bozorga — baqqol,
Yigitga — soqol.
Azob ko’rmay, rohat yo’q.
Azobga bardosh kerak,
Hamisha yo’ldosh kerak.
Arg’umoq birda yolli, birda yolsiz,
Er yigit birda molli, birda molsiz.
Arg’umoqda yol yo’q deb,
Yo’lga tashlab ketmanglar.
Avval salom, bad’az kalom.
Amri padar — arshdan a’lo.
Bir kattani bil,
Bir kichikni bil.
Ayriliq o’limdan qattiq.
Bevafo do’stdan tayoq yaxshi,
Bebahra guldan — yaproq.
Bevafo yor — joningga dor.
Bevafo yordan vafodor it yaxshi.
Bevafo yordan osilgan dor yaxshi.
Bevafoda hayo yo’q,
Hayosizda riyo yo’q.
Abdulhakim ovga chiqdi,
Orqasidan g’avg’o chiqdi.
Avvalgi baxtim — gul baxtim,
Keyingi baxtim — suvga oqdim.
Adashgan aqldan ozar.
Adashmagan til,
Toyrilmagan tuyoq yo’q.
Ayolning husni pardozda emas, aqlida.
Aybini yashirmoq nodonlar ishi.
Aynlining bolasi qarg’aning tilini bilar.
Ayron osh bo’lmas,
Nodon — bosh.
Aytguvchi nodon bo’lsa,
Tinglovchi dono kerak.
Asl qushning bolasi
Oldiga qo’ymay osh yemas.
Ashling xatosi yo’q,
Nokasning — atosi.
Ayg’ir qanday bo’lsa, ot shunday.
Beshikda tekkan, kafanda ketar.
Bir kattaning gapiga kir,
Bir — kichikning.
Bir qilgan — madad,
Ikki qilgan — odat.
Arafa kuni yolg’on gapirganning
Namoz kuni yuzi qora.
Betga aytganning zahri yo’q.
Boshingga qilich kelsa ham,
To’g’ri so’zla.
Va’da — oltindan qimmat.
Qiziqarli malumotlar
O ZBEK XALQ MAQOLLARI VA INGLIZ XALQ MAQOLLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»