OʻZGARUVCHAN YULDUZLAR

OʻZGARUVCHAN YULDUZLAR

OʻZGARUVCHAN YULDUZLARvaqt oʻtgan sari ravshanligini davriy oʻzgartiradigan yulduzlar. Ravshanliklari oʻzgarishiga koʻra, tutiluvchi va fizik turlarga boʻlinadi. Tutiluvchi Oʻzgaruvchan yulduzlar umumiy ogʻirlik markazi atrofida aylanuvchi ikki yulduzdan iborat sistema boʻlib, ularning orbita tekisliklari kuzatish chizigʻiga juda yaqin yotadi. Bunday yulduzlar bir-biridan juda kichik burchak masofada yotganidan ularni aloxidaalohida koʻrib boʻlmaydi va ularning nurlanishi qoʻshilib, bitta yulduzdek koʻrinadi. Bir yulduz ikkinchisini toʻsishi natijasida bunday sistemaning ravshanligi kamayadi. Tutiluvchi Oʻzgaruvchan yulduzlarning ayrimlarida (mas, Persey yulduz turkumining R si) tutilishdan boshqa paytda umumiy ravshanliklari oʻzgarmay saqlanadi (rasm, b). Boshqa tur tutiluvchi Oʻzgaruvchan yulduzlarda (mas, Liraning (3 si va Katta Ayiqning Ґ turida) esa sistemaning umumiy ravshanligi faqat tutilish paytidagina emas, balki tutilish kuzatilmagan paytda ham oʻzgaradi (rasm, a). Galaktikamizda 3000 ga yaqin tutiluvchi Oʻzgaruvchan yulduzlar aniklangan.

Ensiklopediya.uz
OʻZGARUVCHAN YULDUZLAR