OʻZBEKTELEFILM

OʻZBEKTELEFILM

«OʻZBEKTELEFILM» — televideniyeda koʻrsatishga moʻljallangan badiiy va hujjatli filmlar kinostudiyasi. 1970 yil Toshkentda tashkil etilgan. «Oʻzbektelefilm» ning tashkil boʻlishi va rivojlanishi Gʻ. Rasulov, F. Rashidov, U. Burhonov kabilar nomi bilan bogʻliq. Faoliyatining dastlabki yillari koʻpgina xronikal film, telekinojurnal, filmspektakl, filmkonsertlar ishlagan. «Oʻzbek madonnasi», «Uchinchi haqiqat», «Orol — taqdirim mening», «Boysunda qorlar eriganda», «Xivacha ajralish», «Kosmogoniya» kabi hujjatli, «Shashmaqom», «Koʻgʻirchoqboz», «Aziz» singari qisqametrajli badiiy filmlar ishlandi. «Eshmat — saxiy farishta», «Sevgilisini topish», «Ana oʻsha Nasriddin», «Olmani menga qarab ot», «Boychechak», «Lafz», «Charxpalak», «Ochiq dars», «Mening shotlandiyalik doʻstim», «Baxt gullari», «Zumrad va Qimmatning yangi sarguzashtlari» kabi turli mavzudagi filmlar chiqarildi. Oʻz faoliyati davomida koʻpgina hujjatli, xronikal, ilmiyommabop, publitsistik, badiiypublitsistik, musiqali, telejurnal, bolalar uchun telefilmlar ishladi.

Ensiklopediya.uz
OʻZBEKTELEFILM