OʻZBEKLAR
OʻZBEKLAR — xalq, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Oʻzbeklar nafaqat Oʻzbekiston, balki Oʻrta Osiyodagi eng koʻp sonli xalqdir. Oʻzbekistonda (20 mln. 800 ming kishi, 2005), Tojikistonda (1,2 mln. dan ziyod), Qirgʻizistonda (550—600 ming kishi), Qozogʻistonda (320—330 ming kishi),Turkmanistonda (320—330 ming kishi) yashaydi. Bundan tashqari, Afgʻonistonda (2,5 mln. dan 4 mln. gacha), RFda (taxm. 123 ming kishi, 2002), Saudiya Arabistonida (550—600 ming kishi), XXRda (13,7 ming kishi, 1998 yil) Turkiya, Germaniya, AQSHda ham Oʻzbeklar yashaydi. Oʻzbeklarning umumiy soni 25 mln. dan ortiq (2000). Oʻzbeklar oʻzbek tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — sunniy musulmonlar.
Ensiklopediya.uz
OʻZBEKLAR