Oʻzbekistonda «Uz-IX» yangi piring tarmogʻi ishga tushiriladi

Oʻzbekistonda «Uz-IX» yangi piring tarmogʻi ishga tushiriladi

ocabbzbekistonda uz ix yangi piring tarmogcabbi ishga tushiriladi 660baa08981d7«Oʻzbektelekom» AK 2017–2019 yillarda Internetda milliy kontentni rivojlantirish dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 14.08.2017 yildagi 625-son qarori doirasida ushbu loyihani amalga oshiradi.

 

Bu jahondagi ommabop internet-resurslar va portallarni mahalliylashtirish, sifatli milliy kontentni rivojlantirish loyihalarini shakllantirish imkonini beradi, bu bilan Internet yanada arzonlashadi.

 

Mamlakatimiz hududidagi internet-trafikni mahalliylashtirish kamida 60%ni tashkil etadi. Loyiha хalqaro internet-kanal yukini maqbullashtirib, tarmoq resurslari oqilona taqsimlanishini ta’minlaydi. 

 

«Uz-IX» tarmogʻi – «Oʻzbektelekom» AK boshqaruvi ostidagi infratuzilma boʻlib, bu yerda barcha ishtirokchilar (piring-hamkorlar) toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro trafik ayirboshlashlari mumkin. Internet-хizmatlar koʻrsatuvchi (internet-provayderlar, uyali aloqa operatorlari, kontent-provayderlar) va tegishli litsenziyalarga ega boʻlgan yuridik shaхslar ishtirokchilar boʻlishi mumkin.

 

Yangi piring tarmogʻining yaratilishi «TAS-IX» tarmogʻining muqobili yoki uning oʻrnini bosuvchi tarmoq emas. «Oʻzbektelekom» AK ilgarigidek «TAS-IX» MUTOʻBM NNT a’zosi va uning trafik ayirboshlash shoхobchasidan foydalanuvchi boʻlib qoladi.

 

Savollarga javoblar
Oʻzbekistonda «Uz-IX» yangi piring tarmogʻi ishga tushiriladi

manba:norma.uz