OʻZBEKISTON XALQ DEMOKRATIK PARTIYASI

OʻZBEKISTON XALQ DEMOKRATIK PARTIYASI

OʻZBEKISTON XALQ DEMOKRATIK PARTIYASI (Oʻzbekiston XDP) — Oʻzbekistonddgi siyosiy partiyalardan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1991 yil 15 noyab. da roʻixatga olingan. 2005-yil iyulda partiyaning yangi Dasturi, 2004-yil noyab. da yangi tahrirdagi Ustavi tasdiqlandi. Oʻzbekiston XDP har bir oila, mehnat kishisining millati, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy ahvoli va kelib chiqishidan qatʼi nazar, moddiy va maʼnaviy farovon hayot kechirishi uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va insoniy erkinliklarini kafolatlash, shaʼni, qadrqimmati, tinchligini taʼminlashni oʻz vazifasi deb biladi. Partiya mamlakatimiz aholisining ijtimoiy muhofazaga muhtoj tabaqalari manfaatlarini ifoda etadi va himoya qiladi.

Ensiklopediya.uz
OʻZBEKISTON XALQ DEMOKRATIK PARTIYASI