OʻZBEKISTON TEATR IJODKORLARI UYUSHMASI

OʻZBEKISTON TEATR IJODKORLARI UYUSHMASI

OʻZBEKISTON TEATR IJODKORLARI UYUSHMASIsahna sanʼati va uning ijodkorlarini birlashtiruvchi, teatr sanʼati, sahna ijrochilik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ijodiy jamoat tashkiloti. Dastlab (19-asrning 2-yarmi) «Musiqa uyushmasi», «Xor jamiyati», «Dramatik sanʼat havaskorlari uyushmasi» kabi nomlar bilan yuritilgan. Uyushma turli mamlakatlardan gastrollar uyushtirish, oʻzbek spektakllariga tomoshabinlar jalb etish va boshqalar vazifalar bilan shugʻullangan. 1945-yilda «Oʻzbekiston teatr jamiyati» tashkil topdi. Oʻzbekistonda faoliyat yuritgan turli uyushmalar negizida ijodiy, targʻibiy, tashkiliy, ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish, teatr madaniyatini rivojlantirish, sahna sanʼatini badiiygʻoyaviy yuksaltirish, ijodkorlar mahoratini oshirish, Oʻzbekiston va jahon sahna sanʼati arboblari muvaffaqiyatlarini targʻib qilish, koʻrik va tanlovlar, dolzarb masalalar boʻyicha bahs, munozaralar oʻtkazish va h. k. vazifalar yuklatildi. Shuningdek, sahna sanʼati namoyandalari haqida kitob, albomlar nashr ettirish, sanʼatkorlar yubileyi, ijodiy va xotira kechalarini oʻtkazish, unvon va mukofotlarga taqdim qilish, teatr rassomlari asarlarining koʻrgazmalarini uyushtirish ishlari bilan ham shugʻullanadi, Qoraqalpoq va viloyat teatrlari jamoalariga yaqindan yordam beradi. 1946, 1962, 1967, 1972, 1976, 1982-yillar Oʻzbekiston teatr jamiyati qurultoylari (I—VI) boʻlib oʻtgan. 1987-yildan uyushma «Oʻzbekiston teatr arboblari soyuzi» nomi bilan yuritilgan. 1998-yildan hoz. nomda. Uyushmani turli yillarda S. Eshontoʻrayeva, O. Xoʻjayev, Z. Muhammadjonov, ʼ. Qoriyeva boshqargan. 1998-yildan «Oʻzbekteatr» ijodiyi. ch. birlashmasi qoshida faoliyat yuritmoqda (raislari: 1998—2002-yillar M. Abduqunduzov, 2002-yildan Omonulla Rizayev).

Ensiklopediya.uz
OʻZBEKISTON TEATR IJODKORLARI UYUSHMASI