OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI — Oʻzbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. Oʻzbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990 yil 24-martda taʼsis etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatning 18 yoshga toʻlgan fuqarolari umumiy, teng va toʻgʻridantoʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berishi yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 7 yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida»gi qonun (1991-yil 18 noyab.) va uning yangi tahririda (2004-yil 3 dek.) qabul qilingan tegishli moddalarida belgilangan.
Ensiklopediya.uz
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI