OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASIOʻzbekiston Respublikasining asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiyhuquqiy hujjat. 1992 yil 8 dek. da 12chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1 1sessiyasida qabul qilingan. «Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun (1991-yil 31 avg.) ushbu Konstitutsiya uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk bor 1990-yil 20-iyunda boʻlib oʻtgan mamlakat Oliy Kengashining 2sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya Prezident I. A. Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat birlashmalari, korxonalar va xoʻjaliklarning rahbarlari, huquqshunos olimlar va mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning 10sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha matbuotda eʼlon qilinib, keng muhokama etilgan. Konstitutsiyaviy komissiya umumxalq muhokamasi yakunlarini koʻrib, loyihani tuzatib va maʼqullab Oliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqishga tavsiya qilgan. Loyiha Oliy Kengash sessiyasida ham moddamamodda muhokama etilgandan soʻng qabul qilingan. 2002-yil 27 yanv. da oʻtkazilgan umumxalq referendumi natijalariga koʻra hamda uning asosida qabul qilingan 2003-yil 24 apr. dagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan.

Ensiklopediya.uz
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI