OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI (Oʻzbekiston FA) — mamlakatning oliy ilmiy tashkiloti. Akademiklar va uning xorijiy aʼzolarini hamda oʻz tasarrufidagi ilmiy muassasalar ilmiy xodimlari va mutaxassislarini birlashtiradi. Asosiy vazifasi fan va texnika sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash, davlat va jamiyat taraqqiyotini taʼminlovchi istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha fundamental ilmiy tekshirish va ilgʻor texnologiyalarni rivojlantirish strategiyasini belgilash, tabiiy, texnikaviy, tibbiy, ijtimoiygumanitar fanlar sohasida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va maʼnaviymaʼrifiy rivojiga koʻmaklashuvchi fundamental tadqiqotlar olib borishdan iborat. FA fan, texnika, madaniyat va maʼrifat sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradi, ilmiy ishlanmalarni muvofiqlashtiradi va ularga samarali rahbarlikni taʼminlaydi, davlatning intellektual, iqtisodiy va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan fan va keng qamrovli ilmiy texnologiya yutuqlarini oʻz vaqtida ishlab chiqarishga joriy etadi. Oʻzbekiston FA har yili oʻz faoliyati toʻgrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqsim etadi.
Ensiklopediya.uz
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI