OʻZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

OʻZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

OʻZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI (OʻzLiDeP), Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberaldemokratik partiyasi — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. 2003 yil 15 noyab. da partiyaning taʼsis syezdi va Siyosiy kengashining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda partiyaning Siyosiy kengashi, Ijroiya qoʻmitasi saylanib, ustav va dasturi tasdiqlandi. 2003-yil 3 dek. da OʻzLiDeP Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar kengroq faoliyat koʻrsatishi uchun yangi imkoniyatlarni ochish, mamlakatning manfaatlari va uning taraqqiyotining strategik istiqbollariga javob beradigan, bozor iqtisodiyoti, huquqiy davlat prinsiplariga asoslangan demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratish, xalqning, avvalo, yoshlarning ongiga demokratik qadriyatlarni yetkazish va joriy etish bilan bogʻliq harakat dasturini amalga oshirishga kuch va imkoniyatlarni safarbar qilish partiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
OʻZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI