OʻTKAZUVCHANLIK
OʻTKAZUVCHANLIK — 1) elektr oʻt k a z u v ch a n l i k — jismning elektr maydoni taʼsirida elektr tokipi oʻtkazish xususiyati. Oʻlchov birligi 1/ Om. Elektr tokini oʻtkazadygan jismlar oʻtkazgichlar deyiladi. Ularda hamisha erkin zaryadlar — elektronlar, ionlar mavjud boʻladi. Ularning tartibli harakati elektr tokini hosil qiladi. Koʻpgina oʻtkazgich (metall, yarimoʻtkazgich, plazma)larning elektr Oʻtkazuvchanlik gi elektronlarning harakatiga asoslangan. Uz. 1 m va koʻndalang kesim yuzi 1 mm2 boʻlgan oʻtkazgichning qarshiligi metallarning solishtirma elektr oʻtkazuvchanligi deyiladi. Metallning issiqlik Oʻ. gi bilan elektr Oʻtkazuvchanlik gi orasida toʻgʻri mutanosib (proporsional) bogʻlanish mavjud, yaʼni uncha past boʻlmagan trada sof metallar uchun elektr Oʻtkazuvchanlik koeffitsiyentining issiklik Oʻtkazuvchanlik koeffitsiyentiga nisbati oʻzgarmas kattalikdir.
Ensiklopediya.uz
OʻTKAZUVCHANLIK