Oʻsimliklar qizil kitobga kiritilgan o simliklar nomlari

Oʻsimliklar qizil kitobga kiritilgan o simliklar nomlari

Elektron kutubxona
  • Maqolalar
  • O‘zbekiston farmatsevtika axborotnomasi
  • Badiiy adabiyotlar
  • Foydali manbalar
  • “Avicenna’s Heritage” tanlovi
  • Dorivor oʻsimliklar yetishtiriladigan hududlar
  • Yangiliklar
  • Matbuot xizmati haqida
  • Fotogalereya
  • Videogalereya
  • Infografika
  • OAV vakillarini akkreditasiyadan o’tkazish tartibi
  • Davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan soha vakillari
  • Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash sohasida qo‘llaniladigan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar
  • Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va ulgurji realizatsiya qilishda moddiy-texnik baza, shu jumladan asbob-uskunalar, texnik vositalar va xodimlarga bo‘lgan talablar
  • Farmatsevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati
  • Statistik ma’lumotlar
  • Farmatsevtika faoliyatini (Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash sxemasi
  • Litsenzion nazorat
  • Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha murojaatlar reyestri
  • Agentlik tomonidan o‘tkazilgan (ishtirok etilgan) ommaviy tadbirlar haqida ma’lumotlar
  • Ijtimoiy ahamiyatga molik ochiq ma’lumotlar
  • O’tkazilgan tanlovlar (tendеrlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
  • O‘zbekiston Respublikasiga import qilingan farmatsevtika mahsulotlari ro‘yxati
  • Qonun hujjatlari buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini shakllantirish tartibi qo‘pol buzilganligi oqibatida lisenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmasevtlar)ning yagona reeestri
  • Tan olish yuli bilan ro‘yxaydan o‘tgan dori vositalari
  • Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati
  • Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan olib kirishga ruxsat beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar
  • Ro’yxatdan o’tgan dori vositalarining qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi
  • Ishonch telefoni
  • Telegram aloqa bot
  • Eng ko‘p beriladigan savollar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha maʼlumot
  • Bizning manzil

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan dorivor o‘simlik turlarining soni yangilanadi

O‘zbekiston Respublikasi hududida hozirda 4400 ga yaqin oliy yovvoyi o‘simlik va 2000 dan ziyod zamburug‘ turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‘plab kamyob endemik va relikt turlar ham bor. Bunday turlarning soni 300 dan ortiq bo‘lib, ular O‘zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil etadi. Respublika qo‘riqxonalarida muhofaza qilinayotgan o‘simliklarning umumiy holati nisbatan yaxshi bo‘lishiga qaramay, ko‘plab yovvoyi turlarining tabbiy zaxiralari keskin kamayib ketmoqda. Dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho o‘simlik-yetmak, dorivor o‘simlik bozulbang kabilar keyingi yillarda keskin kamayib ketdi. Bir qancha turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi. Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati ham o‘simliklarning kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa shahar va qishloqlar atrofida qizil lola, sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan. Tabiatga, o‘simliklar dunyosiga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishiga chek qo‘yish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko‘paytirish hammamizning asosiy burchimizdir. O‘zbekiston musaqillikka erishgach, atrof-muhitni, hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratildi. 1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, 2004 yil 3 dekabrda “Muhofaza etiladigan tabiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunlar, 2016 yil 21 sentyabrda “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, 2018 yil 16 aprelda esa “O‘rmon haqida”gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi. Bu qonunlar barcha o‘simlik turlarini saqlab qolish, ularni asrab avaylash va muhofaza qilishda muhim hujjat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida Qizil kitob ilk bor 1979 yilda taʼsis etilgan. Mazkur Qizil kitobga nabotot olamining kamyob, yo‘qolib ketishi xavfi ostidagi turlari haqidagi maʼlumotlar kiritilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad, jamoatchilik va davlat idoralari eʼtiborini tabiat muhofazasi masalalariga jalb etishdan va turlar genoofondini saqlab qolishga ko‘maklashishdan iborat edi. Qizil kitobning 1984 yilgi nashriga O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Bu turlarning taqdiri respublika mutaxassislari, olimlari mutassil shug‘ullanib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, anzur va Suvorov piyozlari oldingi holatiga kelmagan bo‘lsa-da, maʼlum darajada ko‘paydi. Eng kamyob o‘simliklardan sanalgan Minkvis teziumi turlarining soni 7 tadan 17 tagacha ortdi. Qurama tizmasida kamyob o‘simliklardan hisoblangan Korovin shirachi o‘simligining mavjudligi aniqlandi. Ayni vaqda ayrim o‘simlik turlarining soni keskin qisqarib ketdi. Omonqara o‘simligi, Pskom piyozi, Margarita marmaragi kabilar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasiga mansub yana 138 turdagi o‘simlikni Qizil kitobga kiritish lozimligini ko‘satmoqda. 1998 yil maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, yangi nashrdan 48 oilaga mansub 313 tur o‘simlik o‘rin oladi. Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik turlariga Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga binoan kamyoblik darajasiga ko‘ra 4 ta maqom (status) beriladi.

1. Yo‘qolgan yoki yo‘qolib ketganligi ehtimoldan yiroq emas. Bir necha yillar davomida tabiatda uchratilmagan, lekin yig‘ib olish qiyin bo‘lgan ayrim joylardagina yoki madaniy sharoitda saqlab qolish ehtimoli mavjud bo‘lgan turlar.

2. Yo‘qolib ketish arafasida turgan. Yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan, saqlab qolinishi uchun maxsus muhofazani talab etadigan turlar.

3. Kamyob. Maʼlum kichik maydonlardagina o‘ziga xos sharoitlarda saqlab qolingan, ammo tez yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar.

4.Son jihatdan kamayib borayotgan. Soni va tarqalgan maydonlari maʼlum vaqt ichida tabbiy sabablarga ko‘ra yoki inson omili taʼsiri ostida kamayib ketayotgan turlar. Ayni vaqtda, bunday o‘simliklarni har tomonlama nazoratga olish talab etiladi.

Qizil kitobning mazkur yangi nashri mutaxassislar, davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlari oldiga qo‘riqxonalar va buyurtmaxonalarni kengaytirish, yovvoyi o‘simliklar sotishni taqiqlash, xomashyo uchun yig‘iladigan o‘simliklarni terish uchun litsenziyalar joriy etish kabi bir qancha dolzarb masalalarni qo‘yadi. O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etgan taqdirdagina ijobiy samara beradi. Barcha yakdillik bilan harakat qilsagina, nabotot olamining bebaho boyliklarini saqlab qolishga, ularni asrab-avaylab, munosib ravishda kelgusi avlodlarga qoldirishga erisha olamiz.

Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan dorivor oʻsimlik turlarining soni yangilanadi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida hozirda 4400 ga yaqin oliy yovvoyi oʻsimlik va 2000 dan ziyod zamburugʻ turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj koʻplab kamyob endemik va relikt turlar ham bor. Bunday turlarning soni 300 dan ortiq boʻlib, ular Oʻzbekiston florasining 10-12 foizini tashkil etadi.

Respublika qoʻriqxonalarida muhofaza qilinayotgan oʻsimliklarning umumiy holati nisbatan yaxshi boʻlishiga qaramay, koʻplab yovvoyi turlarining tabiiy zaxiralari keskin kamayib ketmoqda. Dunyoga dongʻi ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho oʻsimlik-yetmak, dorivor oʻsimlik bozulbang kabilar keyingi yillarda keskin kamayib ketdi. Bir qancha turlar yoʻqolib ketish holatiga kelib qoldi.

Aholining tabiatga notoʻgʻri munosabati ham oʻsimliklarning kamayib ketishiga sabab boʻlmoqda. Ayniqsa shahar va qishloqlar atrofida qizil lola, sallagul, shirach va shunga oʻxshash nafis gulli oʻsimliklar juda kamayib ketgan.

Tabiatga, oʻsimliklar dunyosiga nisbatan bepisand munosabatda boʻlishiga chek qoʻyish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va koʻpaytirish hammamizning asosiy burchimizdir.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, atrof-muhitni, hayvonot va oʻsimliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratildi.

1992-yil 9-dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, 2004-yil 3-dekabrda “Muhofaza etiladigan tabiy hududlar toʻgʻrisida«gi qonunlar, 2016-yil 21-sentyabrda “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”, 2018-yil 16-aprelda esa “Oʻrmon haqida«gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi.

Bu qonunlar barcha oʻsimlik turlarini saqlab qolish, ularni asrab avaylash va muhofaza qilishda muhim hujjat hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasida Qizil kitob ilk bor 1979-yilda taʼsis etilgan. Mazkur Qizil kitobga nabotot olamining kamyob, yoʻqolib ketishi xavfi ostidagi turlari haqidagi maʼlumotlar kiritilgan. Bundan koʻzlangan maqsad, jamoatchilik va davlat idoralari eʼtiborini tabiat muhofazasi masalalariga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga koʻmaklashishdan iborat edi.

Qizil kitobning 1984-yilgi nashriga Oʻzbekiston florasining yoʻqolib ketish xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Bu turlarning taqdiri respublika mutaxassislari, olimlari muttasil shugʻullanib kelmoqda. Oʻtgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim oʻsimlik turlarining soni va maydoni ancha kengayganligini koʻrsatmoqda. Masalan, anzur va Suvorov piyozlari oldingi holatiga kelmagan boʻlsada, maʼlum darajada koʻpaydi. Eng kamyob oʻsimliklardan sanalgan Minkvis teziumi turlarining soni 7 tadan 17 tagacha ortdi. Qurama tizmasida kamyob oʻsimliklardan hisoblangan Korovin shirachi oʻsimligining mavjudligi aniqlandi. Ayni vaqtda ayrim oʻsimlik turlarining soni keskin qisqarib ketdi. Omonqara oʻsimligi, Pskom piyozi, Margarita marmaragi kabilar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar oʻlkamiz florasiga mansub yana 138 turdagi oʻsimlikni Qizil kitobga kiritish lozimligini koʻrsatmoqda. 1998-yil maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan boʻlsa, yangi nashrdan 48 oilaga mansub 313 tur oʻsimlik oʻrin oladi.

Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlik turlariga Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga binoan kamyoblik darajasiga koʻra 4 ta maqom (status) beriladi.

1. Yoʻqolgan yoki yoʻqolib ketganligi ehtimoldan yiroq emas. Bir necha yillar davomida tabiatda uchratilmagan, lekin yigʻib olish qiyin boʻlgan ayrim joylardagina yoki madaniy sharoitda saqlab qolish ehtimoli mavjud boʻlgan turlar.2. Yoʻqolib ketish arafasida turgan. Yoʻqolib ketish xavfi ostida qolgan, saqlab qolinishi uchun maxsus muhofazani talab etadigan turlar.3. Kamyob. Maʼlum kichik maydonlardagina oʻziga xos sharoitlarda saqlab qolingan, ammo tez yoʻqolib ketishi mumkin boʻlgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar.4.Son jihatdan kamayib borayotgan. Soni va tarqalgan maydonlari maʼlum vaqt ichida tabiiy sabablarga koʻra yoki inson omili taʼsiri ostida kamayib ketayotgan turlar. Ayni vaqtda, bunday oʻsimliklarni har tomonlama nazoratga olish talab etiladi.

Qizil kitobning mazkur yangi nashri mutaxassislar, davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlari oldiga qoʻriqxonalar va buyurtmaxonalarni kengaytirish, yovvoyi oʻsimliklar sotishni taqiqlash, xomashyo uchun yigʻiladigan oʻsimliklarni terish uchun litsenziyalar joriy etish kabi bir qancha dolzarb masalalarni qoʻyadi.

Oʻsimliklar dunyosini muhofaza qilish bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etgan taqdirdagina ijobiy samara beradi. Barcha yakdillik bilan harakat qilsagina, nabotot olamining bebaho boyliklarini saqlab qolishga, ularni asrab-avaylab, munosib ravishda kelgusi avlodlarga qoldirishga erisha olamiz.

Said Xolmatov,

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining

Ishlab chiqarish masalalari boshqarmasi,

Dorivor xomashyo bazasini yaratish sektori bosh mutaxassisi

Qiziqarli malumotlar
Oʻsimliklar qizil kitobga kiritilgan o simliklar nomlari