OʻRILISH
OʻRILISH — toʻqima (mato, gazlama) toʻqishda arqoq (koʻndalang ip) va tanda (boʻylama ip) ning oʻzaro birlashishi. Toʻqima siyrak yoki zich Oʻrilishda toʻqilishi mumkin. Toʻqimaning tanda boʻyicha zichligi arqoq boʻyicha zichligidan farq qiladi yoki ular bir xil boʻladi. Toʻqimaning 10 sm eniga toʻgʻri keladigan tanda iplari soni tanda boʻyicha zichligi, arqoq iplari soni arqoq boʻyicha zichligi deb ataladi. Toʻquvchilik Oʻ. larining turi koʻp. Ular toʻqimaning tuzilishi (mas, zich yoki siyrakli) va xossalariga bogʻliqboʻladi. Toʻqima oʻngidagi guli, sirtining silliqligi yoki gʻadirbudurligi (relyefi), koʻndalang va boʻylama yoʻllari boryoʻqligi, tovlanib turishi tanda va arqoq iplarining U. turiga bogʻliq boʻladi. Oʻrilishlar gazlamaning pishiqligiga, choʻziluvchanligiga, kirishishi yoki choʻzilishi va boshqalar xossalariga taʼsir qiladi.
Ensiklopediya.uz
OʻRILISH