OʻQ-YOY

OʻQ-YOY

OʻQ-YOY — harbiy va ov maqsadlarida qoʻllaniladigan otish quroli. Mezolit davridan maʼlum. Ikki mustaqil qism: yoy va oʻqdan iborat. Yoy — egma elastik choʻp (q. Kamon), oʻq — uchi oʻtkir nayza. Oʻqning tanasi yogʻoch yoki qamishdan, uchligi tosh, suyak yoki metalldan yasaladi. Jangovar Oʻq-yoy 17-asrgacha ishlatilgan, sport Oʻ. yo. hozir ham qoʻllaniladi (q. Kamondan otish).

Ensiklopediya.uz
OʻQ-YOY