OʻNGUT
OʻNGUT, oʻnqut — qadimiy turkiy qabilalardan biri. Xitoy manbalarida ularni oq tatarlar deb atashgan. Ular qadimiy turklarning shato urugʻidan kelib chiqqan. 12—13-asr boshlarida Oʻngutlar Shimoliy Mongoliya va Xitoyda koʻchib yurishgan. Ular nasroniylik dinining nestorian mazhabiga eʼtiqod qilishgan. 15 — 16-asrlarda Oʻngutlar Dashti Qipchoq oʻzbek qabilalari tarkibida qayd etilgan. Ularning bir qismi hoz. Oʻzbekiston hududiga (koʻpchiligi Zarafshon vodiysiga) kelib joylashganlar. Oʻngut larning oʻtmishda asosiy mashgʻuloti chorvachilik boʻlgan, keyinchalik 16—17-asrlarda asta-sekin oʻtroqlashib, dehqonchilik bilan shugʻullangan va oʻzbek xalqi tarkibiga singib ketgan.
Ensiklopediya.uz
OʻNGUT