Oʻgʻil homilaning tushishi nimaga bogʻliq? to’liq malumot oling
– Ikkita qizim bor. Ayolim yana 3-marta homiladorlik davrini boshdan kechirdi. Bu paytda u ultratovush tekshiruvidan oʻtganida homilaning oʻgʻil bola jinsiga mansubligini aytishgandi. Lekin uchchalasi ham tugʻilmay, ona qornida nobud boʻldi.
Mundarija
скрыть
Nima uchundir ayolim qiz bolaga homilador boʻlsa tugʻiladi, lekin oʻgʻil boʻlsa tugʻilmayapti. Oʻgʻil homilaning tushishi yoki nobud boʻlishiga sabab nima? Yoki ayol oʻgʻil bolaga homiladorlik davrida koʻproq eʼtibor berishi kerakmi?
Oʻgʻil homilaning tushishi nimaga bogʻliq?
Foto: GettyImages
Dilmurod ERGASHEV, reproduktolog:
– Ayol qiz bolaga homilador boʻladimi yoki oʻgʻil bolaga, bundan qatʼiy nazar, bu davrda oʻziga juda yaxshi eʼtibor berishi kerak. Toʻgʻri, baʼzi oilalarda siz aytgan holat, oʻgʻil homilaning tushishi yoki nobud boʻlishi kuzatiladi. Gap shundaki, erkak kishidagi jinsiy Y xromosomada qandaydir nuqson boʻlsa ham, ayol oʻgʻil bolaga homilador boʻlishi mumkin. Biroq oʻgʻil bola jinsli embrion qaysidir muddatga yetib borganda rivojlanishdan toʻxtaydi. Aniqroq qilib, aytganda, u ona qornida nobud boʻladi.
Bunday muammo mavjud boʻlganda, ayol qiz bolaga homilador boʻlsa, u dunyoga kelaveradi. Ammo homila ultratovush tekshiruvda oʻgʻil bola ekani aniqlangan boʻlsa dunyo yuzini koʻrmaydi.
Afsuski, hayotda shunday erkaklar borki, ular oʻgʻil koʻrish istagida, hattoki bir necha marta uylanishadi. Lekin muammo bu bilan hal boʻlmaydi. Chunki bu muammo, asosan, erkak kishiga bogʻliq masala.
Toʻgʻri, baʼzi erkaklar qayta uylanganda, haqiqatan ham oʻgʻil farzand koʻrishgan. Lekin aynan shu maqsadda boshqa ayolga uylanish shartmikan?! Chunki bu juda kamdan-kam holatda roʻy beradi.
Shu oʻrinda aytish kerakki, oʻgʻil ham, qiz ham yaratganning sizga bergan ulugʻ neʼmati. Koʻpchilik “naslimni oʻgʻlim davom ettiradi”, “qariganimda boqadi” yoki shunga oʻxshash niyatlar qilib, oʻgʻil tugʻilishini chin dildan istashadi. Ammo kelajakda oʻgʻildan buyuradimi yoki qizdan buni vaqt koʻrsatadi.
Spermatozoidlarning yarmi oʻgʻil, yarmi esa qiz bola homilani vujudga keltirishga qodir boʻladi. Shunday ekan, uni tanlashning oʻzi notoʻgʻri.
ЎҚИНГ: Jinsiy zaiflik nima uchun yosh yigitlarda ham uchrayapti?
Muhimi, har bir narsada hikmat borligini unutmaslik kerak. Ayolingizda bejizga bu holat takrorlanmayapti. Siz istagan oʻgʻil homilaning tugʻilmasidan avval nobud boʻlishida ham hikmat boʻlsa, ajab emas.
Yana shuni ham aytib oʻtish kerakki, baʼzida maʼlum omillar ham homilaning muddatiga yetmay nobud boʻlishiga sabab boʻladi. Shunday ekan, ayolingizni, albatta, shifokor koʻrigiga olib boring.
Ekspert: Dilmurod Ergashev, reproduktolog.
Manba: “Shifo-info” gazetasi.
Ayollar uchun
Oʻgʻil homilaning tushishi nimaga bogʻliq?