NYUKOM

NYUKOM

NYUKOM (Nyukomb, Newcomb) Saymon (Simon) (1835.12.3, Uollis, Yangi Shotlandiya — 1909.11.7 Vashington) — amerikalik astronom. AQSH Milliy FA aʼzosi (1869), London qirollik jamiyati aʼzosi (1877), Peterburg FA faxriy aʼzosi (1896). Garvard un-tini bitirgan (1858) Asli kanadalik, 1853-y. AQSH ga koʻchib oʻtgan. Asosiy ilmiy ishlari katta sayyoralar harakatini oʻrganishga, astronomik doimiylarni aniqlashga, yulduzlarning aniq vaziyatlarini belgilab beruvchi kataloglar tuzishga oid. Aberra-sion vaqt, nutatsiya va pretsessiya doimiylarining Nyukom tomonidan topilgan son qiymatlari hozir ham qoʻllaniladi. Nyukom mohir fan targʻibotchisi ham boʻlgan. Uning mashhur «Umumiy maʼnodagi astronomiya», «Hammabop astronomiya» kitoblari nashr qilingan.

Ensiklopediya.uz
NYUKOM