NUROTA MARMAR KONI
NUROTA MARMAR KONI — Gʻozgʻon shaharchasi yaqinidagi kon, Navoiy viloyatining Nurota sh. dan 3 km gʻarbda, Navoiy sh. dan 90 km masofada joylashgan. Kon togʻ etagidagi marmar katlamidan iborat. 1972-y. dan qazib olinmoqda. Marmar oʻrta va yirik kristal-li, rangi okdan kulranggacha. Ajratib olinadigan marmar bloklarida darzliklar yoʻq, meʼyorida yumshoq; har 1m3 dan 16—18 m2 dan koʻproq marmar pli-talari olinadi. Nurota marmar konining zaxiralari 1700 ming m3 miqdorida baholangan. Nurota marmar konidan olingan marmar plitalarining sifati va chiroyli ranglari uchun Nurota marmari Parijda boʻlgan xalqaro koʻrgazmada (2000-y.) Katta oltin medal bilan taqdirlandi. Nurota marmar konida yiliga 3,5 ming m3 atrofida (2000-y.) marmar bloklari qazib olinadi.
Ensiklopediya.uz
NUROTA MARMAR KONI