Nurmat Otabekov «britancha» shtamm qanday belgilar bilan kechishi haqida ma`lum qildi
Koronavirusning «britancha» shtammi bilan kasallanganda bosh og`rig`i, mushaklardagi og`riq, tez boshlangan va avjiga chiqqan yo`tal, ba`zan ko`ngil aynish kabi klinik belgilar kuzatiladi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov ma`lum qildi.
«Britancha» shtammning koronavirusning avvalgi shakllaridan farqi unda hid va ta`m bilish yo`qolishining nisbatan kamroq kuzatilishidadir. Boshqa ko`rsatkichlar bir-biriga o`xshash.
Bu shtamm boshqalariga nisbatan tezroq tarqalyapti va bolalarga ko`proq yuqyapti. Shuni ta`kidlash lozimki, bu virusning oxirgi mutasiyasi emas. Virus ham izlanishda va u yangi shtammlarini paydo qilish orqali o`zining himoyasiga harakat qilmoqda. Bundan fojia yasamaslik kerak», degan u.
Mavzuga doir:
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Nurmat Otabekov «britancha» shtamm qanday belgilar bilan kechishi haqida ma`lum qildi