NURALIYEV Oltinbek Nuraliyevich

NURALIYEV Oltinbek Nuraliyevich

NURALIYEV Oltinbek Nuraliyevich (1912.28.4, Qozogʻiston Respublikasi Qiziloʻrda viloyati Tumanariq qish-logʻi — 2002.19.8, Toshkent) — paxtani qayta ishlash sohasidagi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1972). Toshkent toʻqi-machilik in-tini tugatgan (1938). Samarqand va Xorazm viloyatidagi paxta tayyorlash trestlarida bosh muhandis (1938—45), Oʻzbekiston Yengil sanoat vazirligi paxta bosh boshqarmasi bosh-ligʻi (1945— 46), SSSR Yengil sanoat vazirligi Paxta tozalash sanoati Mar-kaziy i. t. in-ti direktori (1946—74), lab. mudiri va katta ilmiy xodim (1974—94), ayni paytda Oʻzbekiston paxtachilik vaziri oʻrinbosari (1953 — 54), «Xlopkovaya promыshlennost» («Paxta sanoati») jur. bosh muharriri (1954—74). Nuraliyevning ilmiy asarlari va ixtirolari paxtani, ayniqsa, mashina terimi paxtasini qayta ishlashning yangi texnika va ilgʻor texnologiyasini yaratish (Nuraliyev paxta quritgichi, parrakli quritgich, OVP va ZOVP tola tozalagichlar, panjarali arrali CHX-3 paxta tozalagich va b.), paxta tozalash sanoati uchun yangi texnika va texnologiyani joriy etish ma-salalariga bagʻishlangan. «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (1994). N

Ensiklopediya.uz
NURALIYEV Oltinbek Nuraliyevich