Nuqtalar ortida yashiringan maxfiy so’zni qanday ko’rish mumkin?

Nuqtalar ortida yashiringan maxfiy so’zni qanday ko’rish mumkin?

Nuqtalar ortida yashiringan maxfiy so’zni qanday ko’rish mumkin?

Turli saytlarda login hamda maxfiy so’zni (parol) terib kirganingizda brauzerlar sizga ularni saqlab qolishni taklif etadi. (Сохранить пароль? Save password?) Bu bilan sizda keyingi safar ularni qayta terib o’tirmasdan kirish imkoniyati tug’iladi. Boshqa foydalanuvchilar sizning maxfiy so’zingizni ko’ra olmasliklari uchun ular nuqtalar orqali ifodalandi.

nuqtalar ortida yashiringan maxfiy sozni qanday korish mumkin 65e62086932b4

Lekin, ba’zida foydalanuvchilar o’z maxfiy so’zlarini unitib qo’yadilar. Brauzer bu ma’lumotlarni o’z xotirasida saqlab qolgani uchun, foydalanuvchilar bemalol sahifalariga «maxfiy so’zlarini» unutgan holda kiraverishadi. Ammo, boshqa komputer, telefon yoki brauzerlar yordamida sahifaga kirish uchun baribir maxfiy so’z kiritilishi talab etiladi. Shunday vaziyatlarda nima qilish kerak? Brauzer xotirasida saqlangan, nuqtalar orqali ifodalangan maxfiy so’zni qanday qilib ko’rsa bo’ladi?

Bu quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Maxfiy so’z kiritiladigan joyga bosib, sahifa tuzilishini ko’ramiz. «Посмотреть код» (Ctrl+Shift+I)
  2. Brauzerning o’ng tomonida sahifa kodlari paydo bo’ladi. type=»password» so’zidagi password o’rniga «text» so’zini kiritib, «enter»ni bosamiz.

Endi bemalol nuqtalar ortida yashiringan maxfiy so’zni ko’rishingiz mumkin!

nuqtalar ortida yashiringan maxfiy sozni qanday korish mumkin 65e62086ed3c0

Manba:

Xavfsizlik
Nuqtalar ortida yashiringan maxfiy so’zni qanday ko’rish mumkin?