NUH ibn MANSUR
NUH ibn MANSUR, amiri Rashid (963 — Buxoro — 997) — Somoniylar davlatining amiri (976—97), amir Mansur ibn Nuhnpsh oʻgʻli. Otasining vafotidan soʻng taxtga oʻtirdi (976-y. 26 sent.). Siyosiy va harbiy sohada is-lohotlar oʻtkazgan. Muhammad ibn Abdulloh ibn Aziz vazir, Abulhasan Sim-juriy sipohsolor (bosh qoʻmondon) boʻldi. Siyosiy jarayonlarda turk lashkarboshilarining mavqei kuchaygan. Nuh ibn mansur ibn M. ning lashkarboshisi Foyiq Raboti Malik yaqinida boʻlgan jangda ataylab yengilgan va qoraxoniylar hukmdori Bugʻroxon (Horun ibn Muso) Buxoroni urushsiz ishgʻol qilgan (992). Biroq, Bugʻroxon kasallik tufayli Qashqarga qaytib ketayotganda yoʻlda vafot etgan (992). Nuh ibn mansur ibn M. Amul (Chor-joʻy)dan qaytib, Buxoroni qayta egallagan. Bu paytda Somoniylar davlatiga qarashli Xuroson Abu Ali Simju-riy (Abulhasan Simjuriyning oʻgʻli) va Foyiq, Gʻazna va Hirot viloyatlari Sabuktegin qoʻlida boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
NUH ibn MANSUR