Noto‘g‘ri mulohazalar va tuhmat haqida

Noto‘g‘ri mulohazalar va tuhmat haqida
notogri mulohazalar va tuhmat haqida 65cb271c0c3b0

f3d8f57da0a70d52271d95adf6f2125f

Noto‘g‘ri mulohazalar va tuhmat haqida

Mundarija скрыть
Noto‘g‘ri mulohazalar va tuhmat haqida
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Yaxshiyamki tanqidning o‘zi tanqidga muhtoj, yo‘qsa, u kim ko‘ringanga dahshatli qurol bo‘lib xizmat qilgan bo‘lur edi.
V. G. BELINSKIY
Agar achchiq so‘z iz qoldirganda edi, biz hammamiz tasqara bo‘lib yurardik.
V. ShEKSPIR
Tuhmat har doim ham g‘arazning ishi bo‘lavermaydi: u ko‘proq hammani qoyil qoldiraman, deb gap sotishdek beziyon bir orzudan kelib chiqadi, ba’zan esa samimiy va ayni paytda to‘la niyat va xayrixohlik iatijasi ham bo‘lishi mumkin.
V. G. BELINSKIY
Hayotning nuqul salbiy jihatlarini tasvirlash tuhmat qilish degan emas, balki faqat biryoqlamalikka tushish deganidir; tuhmat qilish esa hayotda mavjud bo‘lmagan nuqsonlarni, unda yo‘q dog‘larni unga to‘nkashdan iboratdir.
V. G. BELINSKIY
Bizni yaxshi bilmay turib, biz haqimizda yomon gapiradigan odamlardan xafa bo‘lmaslik kerak: uning tuhmatlari bizga emas, o‘ziniig tasavvurida tug‘ilgan sharpaga taalluqlidir.
J. LABRUER
Yolg‘on gapirish boshqa, gapda adashish va qasddan emas, adashish oqibatida haqiqatdan chekinish boshqa gap.
P. ABELYaR
Yaxshi ko‘rish tufayli qandaydir jon kuydirib aytilgan nasihatni yovuz niyat yoki gunoh deb hisoblash lozim emas.
ABELYaR
Odamlar odatda birovga yomonlik tilab emas, balki shuhratparastliklari uchun g‘iybat qiladilar.
F. LAROShFUKO
Kaltafahm odamlar odatda aqllariga sng‘magan narsalarning hammasini qoralaydilar.
F. LAROShFUKO
Iste’dodsiz kishilar ko‘pincha talabi katta tanqidchilardir, ular imkoni bor oddiy ishlarni ham uddalolmay, nima qiliga va uni qanday qilishni bilmaganlari holda boshqalar-dan butunlay imkonsiz ishlarni talab qiladilar.
V. O. KLYuChEVSKIY
Eng nozik ta’b kuzatuvchi va eng teran mutaffakkir doimo eng shafqatli hakamdir; o‘z tasavvuridagi azobdan jafo chekkan odamovigina kishining yaxshi fazilatlarini qadrsizlantirib, yomon sifatlarini bo‘rttirib ko‘rsatishga moyildir.
G. BOKL
Tirnoq ostidan kir qidirish o‘rtamiyonadan yo oshgan, yo oshmagan odamlarning azaliy xususiyatidir. Iqtidorli aql egalari esa yaxlit hodisalarga qarshi e’tiroz bildiradilar yoki indamay qo‘ya qoladilar, buyuk allomalar bo‘lsa hech kimni ayblamay, o‘zlari kashf etadilar.
G. LIXTENBERG
Ko‘p bilgan odam xato qilmaslik uchun o‘z fikrini ehtiyotlik bilan bayon etishni biladi. Yuzaki bilgan o‘zbilarmon esa hamma narsa haqida g‘ayritabiiy bir jasorat bilan valaqlayveradi.
L. N. TOLSTOY
Kaltafahmlar faqat odamlarning kamchiligini ko‘radilaru yaxshi fazilatlariga e’tibor bermaydilar. Ular badanning nuqul gazak olgan a’zosiga qo‘nmoqchi bo‘layotgan pashshaga o‘xshaydilar. Biron-bir narsani ta’kidlay turib, uni qonuniy ravishda isbotlay olmaslik tuhmat qilish demakdir.
P. BOMARShE
Eshitar quloq uchun tuhmat tilga chiqqan chipqondek gap.
Sh. RUSTAVELI
Bo‘hton qilichdan ham mudhishroq quroldir, chunki uning yarasini umrbod davolab bo‘lmaydi.
G. FILDING
Bo‘hton xuddi miltiq kabi xavfli quroldir.
A. G. RUBINShTEYN
Tuhmatga ishonish orqali qancha-qancha do‘stlik iplari uzilgan, qancha-qancha xonadonlar vayron bo‘lgan.
LUKIAN
G‘iybat isbotlanmaganda ham deyarli bir umrga dog‘ qoldiradi.
A.S. PUShKIN
Fisqu fasod juda qulay narsa: bir so‘z bilan hamla qilinadiyu, himoya uchun esa qancha-qancha sihifalar kerak.
J. J. RUSSO
Bo‘hton — hasad quroli.
S. SEGUR
Bo‘hton — g‘ariblikka e’tibor bermaydi.
O. BALZAK
Odatda mevaning sarasini qurtlandek, bo‘hton ham yaxshi odamlarga yopishadi.
J. SVIFT
Yaxshilar yonidan o‘tmas hech qachon,
Dushmani taqamay unga bir bo‘hton.
SA’DIY
Bo‘hton va yolg‘on meshchanlar siyosatining qonunlashtirilgan usulidir. Bu dunyodagi buyuk kishilar orasida yolgon yoki bo‘hton balchig‘i chaplanmagan bironta odam topilarmikin.
M. GORKIY
Meshchanlik o‘rmalovchi devpechakdir, u to‘xtovsiz ko‘payish xususiyatiga ega va qo‘yib berilsa yo‘lida uchragap hamma iarsani bo‘g‘ib tashlashga ham tayyor.
M. GORKIY
Meshchanlik — katta illat, u daryodagi to‘g‘on singari doimo turg‘unlikka xizmat qiladi.
A. ChEXOV
Bo‘hton g‘alati xususiyatli illatdir: siz uni yo‘q qilaman deb aslida hayot bag‘ishlaysiz; uni o‘z holiga qo‘ying — o‘zidan-o‘zi o‘lib ketadi.
T. PEYN
Bo‘hton g‘ing‘illab jonga tegadigan ariga o‘xshaydi: uni joyida o‘ldira olishingizga ishonmasangiz, yaxshisi uni haydashga ham urinmang, qaytaga u sizga battar yopishadi.
N. ShAMFOR
Aqlli hamda ayni paytda odobli odam o‘z vijdoni oldida halol bo‘lishi bilan birga, o‘ziga hurmat nuqtai nazaridai, bo‘htonning oldini olish va bartaraf qilish ma’nosida yapa ziyrak ham bo‘lmog‘i kerak.
N. ShAMFOR
Bo‘htopga eng yaxshi javob sukut bilan unga jirkanib qarashdir.
F. ENGELS
G‘irt yolg‘on narsalarni, haqiqatni bo‘yab ko‘rsatishlarni rad etmoq darkor.
A. BARBYuS
Xotira va vijdon hech qachon bo‘htonni kechirmagan va kechirmaydi.
D. GALIFAKS
Boshqalarga tuhmat qilib shivirlaydigan odamni uyingdan haydab chiqar.
FALES
Kim tuhmatchini qoralamasa, uni qo‘llagan bo‘ladi.
SVETOPIY
ziyouz.uz

Noto‘g‘ri mulohazalar va tuhmat haqida