Nosir Xisrav Tarjimai hol haqida malumot

Nosir Xisrav Tarjimai hol haqida malumot

Tarjimai hol

Nosir Xisrav Abu Muin (Abú Muín Nosír Xosróv al-Kabadiyani al-Marvazi) — islom mutafakkiri, shoir, yozuvchi, ismoiliy xatibi. Nosir Xisrav nafaqat shoir sifatida tanilgan, balki u matematika, astronomiya, geodeziya, falsafa, musiqa bilimdoni sifatida ham dong qozongan. “Adolat — olam gultoji”, “izlagan topadi” — uning hayotiy shiorlari bo‘lgan.

1004 yil Kubadianda mayda yer egasi oilasida tavallud topgan (hozirgi Tojikiston). Balx va Marvda amaldor bo‘lib xizmat qilgan. Qohirada o‘tkazgan uch yil hayoti davomida Nosir Xisrav Saljuqiylarga qarshi yangi tashkil qilingan, Qohiraning markazida joylashgan xalifalik  — Fotimidlar tarafdoriga aylanadi. Ushbu xalifatning dini ismoiliylik bo‘lgan.

970 yil Qohirada “al Azxar”ga asos solinib, keyinchalik musulmon olimlarini tayyorlovchi bosh musulmonchilik universitetiga aylanadi. Fotimidiy ismoiliylar boshqa diniy aqidalarga mo‘’tadil munosabatda bo‘lib, bunday munosabat mamlakatda barqaror muhitga sabab bo‘lgan. Islom dunyosining sharqida o‘z g‘oyalarini tarqatish vazifasini o‘z zimmasiga olgan Nosir Xisrav ismoiliy dinining jonkuyar tarafdoriga aylanadi. Bu vaqtda Xuroson saljuqiy ko‘chmanchilar bosqinchiligiga duchor bo‘ladi va xalq Mahmud G‘aznaviyning halokatli hokimiyatini boshdan kechiradi. Nosir Xisrav ko‘p sayohat qilgan (Armaniston, hozirgi Ozarbayjon, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Saudiya Arabiston).

1052 yil Xurosonga qaytgach, Nosir Xisrav bid’atchilikda ayblanib, mutaassibona yo‘naltirilgan olomon uyini buzib tashlaydi. U fotimiylik faoliyatidan voz kechishga majbur bo‘lib, oxir-oqibat qochib ketadi va Pomir tog’laridan panoh topadi. Nosir Xisrav 1088 yil (boshqa manbalarga ko‘ra 1075 yil) Pomirda Yomag‘onda vafot etgan.

Ismoiliylar ta’limotiga ko‘ra, Xudo faqat boshlang‘ich nuqta, avlod uchun turtki hisoblanadi, buning natijasida jahon zehni paydo bo‘lib, u allaqachon Dunyo ruhini yaratadi va u bilan birga olamni yaratadi. Xudo aqlning yaratilishiga buyruq beradi, ammo tabiat nuqtai nazardan qaralsa, aqlning o‘zi ham Xudo, avvalo borliq va sabablarning sababi hamdir.

Tabiatda aql u mavjud bo‘lgan tartib qonunida. Ilohiy kitob, ilohiy oydinlik — bu Qur’on emas, balki aynan tabiatdir. Qur’on — bu shunchaki tarjima, ilohiy so‘zlar inson so‘zlari kabi “tabiat kitobi”ning timsoli. Nosir Xisrav tabiatda ilohiy buyruq bo‘lib yozilgan belgilarni o‘rganganligini, ularni jamiyat hayoti uchun namoyish etganligini tushunish joiz. Dunyo haqida ilohiy yaratuvchanlik nuqtai nazari ila mulohaza qilarkan, Nosir Xisrav Xudoning va dunyoning yagonaligiga va uning boqiyligiga urg‘u bergan.

Xudo abadiy ekan, uning mahsuli bo‘lmish dunyo saxovati ham adabiydir, demak, dunyo ham abadiy. Dunyo va Xudo bir-biridan ajralmas va bu “tavxid” —  yakkaxudolikning belgisidir. Bu esa dunyoga, inson tabiatiga ulug‘ qadriyat bilan qarash joiz demakdir. Dunyoni anglab, uning ezguliklaridan foydalanib, inson undagi ilohiy tartibni buzmasligi, aksincha, “tabiat hayotini qo‘llab-quvvatlashi” lozim — Nosir Xisravning “E’tiqod qiyofasi” risolasidagi fikrlardan birida shunday keltirilgan.

“Tabiat” ni yuksaltirish g‘oyasi insonning mehnat faoliyati, uning hunarmandchilikdagi mashg‘ulotlarini ulug‘lash edi: “Hunarmandlarga maqtovlar bo‘lsin! Hunarmandlarga sharaflar bo‘lsin!”, — deya yozgan shoir. Nosir Xisrav ziroatchilar mehnatini ham ulug‘lagan: “Mehribon boquvchi, u barcha ne’matlar yaratguvchisi”.

Nosir Xisravning asosiy asarlari orasida: “Sayohat kitobi”, “Ikki donishmandlik to‘plami”, “E’tiqod qiyofasi”, “Baxt kitobi”.

Shuningdek, she’riy devon ham uning qalamiga mansub.

Aqlga ilm birla bergil ko‘mak,

Aql bu ilmga xaridor, demak.

* * *

Aqlning oltindan ortiqligi bor,

Odam oltin bilan bo‘lolmas xushyor.

* * *

Bilim qidirishga urdim boshimni,

Bekorga o‘tkazmadim umrimni bir dam.

* * *

Dono suhbat dami arzir jahonga,

Yuz nodon arzimas bir burda nonga.

* * *

Bahsda go‘yo sen uchqur toysan,

Qizishmasang, ko‘p yiqilmaysan.

* * *

Dono suhbatidan sira qochmagil,

Ta’sirin o‘tkazar senga ham u til.

* * *

Yoshlik, telbalikni chiqar boshingdan,

Onang xizmatida bo‘lgil yoshingdan.

* * *

Jaholat ahli birla qurma suhbat, Yetar har dam bu ishdin jona zahmat.

* * *

Jaholat o‘limdir, bilim tiriklik.

* * *

Ilm birla yetish mumkin, birodar,

Zarrachadan chiqib quyoshga qadar.

* * *

Keksaga doimo bergil saloming,

Ayama bir og‘iz shirin kaloming.

* * *

Keksaga ko‘mak ber suyangan tog‘ing,

Buni tushunarsan qarigan chog‘ing.

* * *

Kosibdan shodu xurram yo‘q, jahonda,

Hunardan yaxshi dur ham yo‘q jahonda.

* * *

Tutgil qarilarning qaltiroq qo‘lin,

Qarigach bilursan keksalik yo‘lin.

* * *

Qaydaki eshitsam ilmu donishni,

Eshigi tagida o‘ltirdim mahkam.

* * *

Qunt bilan o‘qisang, o‘rgansang hunar,

O‘zingning boshingdan sochursan gavhar.

Arboblar
Nosir Xisrav

manba:arboblar.uz