Normada katta liqildoq qachon bitishi kerak
Normada katta liqildoq qachon bitishi kerak👇 ⭕️Katta liqildoq normada 1 yoshda bitishi kerak Katta liqildoq o‘lchami qancha bo‘ladi👇 ⭕️Katta liqildoq romb shaklida bo‘lib, o‘lchami 2x2sm dan 3×3 smgacha bo‘ladi. Chaqaloq katta liqildoqni bitib tug‘ulishiga sabab nima👇 ⭕️Homiladorlik paytida ona organizmida Ca ni ko‘p bo‘lishi hisobiga. Nima uchun katta liqildoq 1 yoshdan keyin ham bitmasligi mumkin👇 ⭕️Bunga asosiy sabab bola organizmidagi Ca yetishmovchiligi. Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda katta liqildoqning kichik bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi nimadan dalolat beradi👇 ⭕️Yuqoridagi holat mikrosefaliya yoki kraniostenozdan dalolat berishi mumkin.(Nevropatolog ko‘rigi zarur) Katta liqildoqning shishib chiqishi yoki unda pulsatsiya(tomir urishi)ning bo‘lishi nimadan dalolat beradi👇 ⭕️Yuqoridagi holat gidrosefaliya, gematoma va intrakranial gipertenziya(cherepnoy davleniya)dan dalolat beradi. Katta liqildoqning ichiga botib kirishi nimadan dalolat beradi👇 ⭕️Ko‘pincha ich ketishidan keyin rivojlanadigan degidratatsiya(suvsizlanish) borligidan dalolat beradi.Normada katta liqildoq qachon bitishi kerak
DO`STLARGA ULASHING:
Normada katta liqildoq qachon bitishi kerak